Mavzu: O'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz yashovchilar bilan tibbiy-ijtimoiy ishlar olib borish


Ijtimoiy xizmatlar va tibbiy-ijtimoiy yordamni shoshilinch ravishda ko‘rsatish



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə3/3
tarix12.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#112504
1   2   3
RAUPOV RIFAT

Ijtimoiy xizmatlar va tibbiy-ijtimoiy yordamni shoshilinch ravishda ko‘rsatish

  • Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamning uyda parvarish qilish xizmatlarini va sog‘lomlashtirishga doir tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha shoshilinch ravishda xizmat ko‘rsatish keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish qobiliyati to‘liq yo‘qolganligi, shuningdek unga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxslarning yo‘qligi sababli uning hayoti va sog‘lig‘i xavfli holatda ekanligi aniqlangan paytdan boshlab bir kecha-kunduz mobaynida tashkil etiladi. Uyda parvarish qilish va sog‘lomlashtirish tadbirlari bo‘yicha shoshilinch ravishdagi xizmatlarni tashkil etish uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamni shoshilinch ravishda amalga oshirish to‘g‘risida zudlik bilan buyruq chiqaradi hamda uyda parvarish qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining mas’ul xodimini belgilaydi. Zaruriyat bo‘lganda, tegishli davolash-profilaktika muassasalari jalb etiladi.
  •  Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamning uyda parvarish qilish xizmatlarini va sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha shoshilinch ravishda xizmat ko‘rsatish keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash amalga oshirilgungacha va u Shaxsiy ro‘yxatga kiritilgungacha amalga oshiriladi hamda keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash natijalarini va tuman (shahar) hokimining uni Shaxsiy ro‘yxatga kiritish yoki kiritishni rad etish to‘g‘risidagi qarorini hisobga olgan holda Shaxsiy ro‘yxatga tuzatish kiritish amalga oshiriladi.
  •  Ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamni shoshilinch ravishda ko‘rsatish bilan bir vaqtda keksa yoki nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash amalga oshiriladi va ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi belgilangan tartibda ishlab chiqiladi.

 Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiyaning, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining va tuman (shahar) hokimligining keksani yoki nogironligi bo‘lgan shaxsni yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etish bo‘yicha xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. Taqdimot O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASININg ''KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA QILISH VA QO‘LLAB-QUVVATLASHNI YANADA KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA''gi qarori asosida tayyorlandi.

E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin