Ijtimoiy bilimdonlik - dars mobaynida auditoriya bilan samarali o’zaro muomala shaklini tashkil eta olish, yoshlar bilan til topish va sog’lom ma’naviy muhitni hosil qila olish qobiliyati.
Uslubiy bilimdonlik - barcha bilimlarini, ko’rgan-kechirganlarni yoshlarga tushunarli, ravon tilda etkaza olishi, ta’lim texnologiyasi va metodlaridan samarali foydalanishi.
Ixtisoslik bilimdonligi - o’z fani va predmeti sohasi bo’yicha chuqur va har tomonlama mukammal bilimlarga ega bo’la olishi, o’z ustida ishlash qobiliyati.
Bugungi talaba ilmga, yangiliklarga bo’lgan kuchli qiziqishi, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalari yangiliklaridan boxabarligi sababli anchagina ma’lumotlarga ega, uning extiyojlar tizimini, o’qituvchiga bo’lgan talab-takliflarini aniq bilib til topisha olgan shaxsgina pedagogik jarayonda katta yutuqlarga erishadi.
O’qituvchida qobiliyatlardan tashqari bir kancha ijobiy sifatlarga - aniq maksadni ko’zlash, kat’iylik, mexnatsevarlik, kamtarlik kabi fazilatlarga ham ega bo’lishi kerak.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo’nalish bo’yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi.
Shuningdek, kompetenstiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o’rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o’z faoliyatida qo’llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi:
- murakkab jarayonlarda;
- noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo’la olishda
Kasbiy kompetenstiyaga ega mutaxassis:
o’z bilimlarini izchil boyitib boradi;
yangi axborotlarni o’zlashtiradi;
davr talablarini chuqur anglaydi;
yangi bilimlarni izlab topadi;
ularni qayta ishlaydi va o’z amaliy
faoliyatida samarali qo’llaydi
Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha yoritib beramiz.