Mavzu: pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik


-jadval. Individual rivojlantirish dasturi



Yüklə 61,12 Kb.
səhifə9/9
tarix01.12.2022
ölçüsü61,12 Kb.
#71732
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik

3-jadval. Individual rivojlantirish dasturi



Bilim, malaka va shaxsiy sifatlar

Mavjud daraja

Istiqbol vazifalar

Pedagogik bilimlar







Psixologik bilimlar







Mutaxassislik bilimlari







Didaktik malakalar:
bilishga oid (gnostik) loyihalash
ijodiy-amaliy (konstruktiv)
tadqiqotchilik
muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ) tashkilotchilik
izchillikni ta’minlovchi (prostesssual)
texnik-texnologik malakalar







Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish malakalari:
bilishga oid (gnostik)
loyihalash malakalari
ijodiy-amaliy (konstruktiv)
tadqiqotchilik
muloqotga kiruvchanlik (kommunikativ)
tashkilotchilik
izchillikni ta’minlovchi (prostesssual)
texnik-texnologik malakalar







Ruhiyatning kasbiy ahamiyatga ega xususiyatlari va shaxsiy sifatlar:
pedagogik fikrlash
tizimlilik
moslashuvchanlik
mobillik
ijodkorlik
hozirjavoblik
hissiy rivojlanganlik
pedagogik refleksiya







O’z-o’zini rivojlantirish maqsadlari







O’z-o’zini rivojlantirish uchun topshiriqlar







Pedagogning kasbiy jihatdan rivojlanish darajasini yana quyidagi shkala yordamida ham aniqlash mumkin (4-jadval):
4-jadval. Kasbiy rivojlanish shkalasi





Kasbiy kompetentlik sifatlari

Shkala ko’rsatkichlari

10

9

8

7

6

5

4

3

2

1

1. Ijtimoiy kompetentlik

1)

ijtimoiy tashkilotlar va sub’ektlar bilan o’zaro munosabatda bo’la olish ko’nikma, malakalariga egalik































2)

kasbiy muloqot va xatti-harakat uslublarini o’zlashtira olganlik































2. Shaxsiy kompetentlik

1)

doimiy ravishda kasbiy o’sishga erishish va kasbiy malakani oshirib borish































2)

kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqara olish































3. Maxsus kompetentlik

1)

mustaqil ravishda kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish































2)

odatiy kasbiy-pedagogik vazifalarni to’g’ri hal qilish va o’z mehnatining natijalarini real baholash malakasiga egalik































3)

mutaxassisligi bo’yicha yangi bilim va ko’nikmalarni mustaqil ravishda izchil o’zlashtirib borish qobiliyatiga egalik































4. Texnologik kompetentlik

1)

kasbiy-pedagogik bilim, ko’nikma va malakalarni boyitadigan ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish qobiliyatiga egalik































2)

zamonaviy didaktik vositalar (texnik vositalar, o’quv qurollari)dan foydalanish malakasiga egalik































5. Ekstremal kompetentlik

1)

favqulotda holatlarda (tabiiy ofatlar sodir bo’lganda, texnologik jarayon ishdan chiqqanda) oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik































2)

muammoli vaziyatlarda (pedagogik ziddiyatlar yuzaga kelganda) oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik































O’qituvchining professional kompetentligi kreativlik bilan tavsiflanadi. Kreativlik – kasbda ishlash usuli, yangi pedagogik borliqni yaratish istagi va ko’nikmasi. Professional-kompetent pedagog refleksiyaga qodir bo’lishi lozim. Refleksiya - fikrlashning alohida usuli. U pedagogik jarayonga hamda o’z shaxsiga muayyan kasb egasi sifatida chetdan nazar tashlashni ko’zda tutadi.
Pedagogning menejer sifatidagi muvaffaqiyati nima bilan belgilanadi?
N.M.Karamzin: “Buyuk odamlar iste’dodi boshqa odamlarda iste’dodlarni kashf etishdan iboratdir”, degan edi. O’z-o’zidan ravshanki, menejment pog’onasiga ko’tarilgan har bir pedagog shu uslubda ishlashi shart. O’z o’quvchilarida iste’dodlarni kashf etish pedagog etuk mahoratining tasdig’idir.
Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o’z mohiyatiga ko’ra jarayon tarzda namoyon bo’ladi. Kasbiy etuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g’oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatningyakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo’lgan jarayondakechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o’zgarishining o’zaro mos kelishi,ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlar hamda inson ontogengizi – tug’ilishidan boshlab to umrining oxirigaqadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog’liq.
Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko’nikma va malakalarning integrastiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat ko’nikmalarining o’zlashtirilishi nafaqat amaliy ko’nikma va malakalarning integrastiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo’lish,ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining etarli darajada o’zlashtirilishi talab etadi.
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o’zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog’liq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lishi taqozo etadi.
So’nggi yillarda etakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida talaba va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko’plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko’rish mumkin.
Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, o’qituvchilar kreativlik asoslarini o’rganishga jiddiy kirishganlar
Ken Robinsonning fikriga ko’ra, “kreativlik – o’z qiymatiga ega original g’oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o’z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo’lib, u o’zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo’lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo’yicha o’zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko’nikmalarga ham ega bo’lish” demakdir.
“Kreativlik” tushunchasi o’zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G’arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik
Ko’plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o’rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o’rtasida hech qanday bog’liqlik yo’q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuyg’usi va erkinlik mavjud bo’lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.).
Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug’ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.).
Garchi g’arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo’lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko’ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masalayuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o’quv topshirig’i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to’g’ri g’oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko’p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo’lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasbetadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani echishda talaba echimning bir necha variantini izlaydi (ko’p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to’g’ri echimda to’xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda
Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin:
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his- tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”.
Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o’qituvchilarham o’zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslanganva shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o’tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagifaollik,tezkor fikrlash, o’ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo’yicha baholash imkoniyatini yaratadi. Talaba tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javobla aynanmana shuto’rtta mezonni qanotlantirishi lozim.
E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi:
- muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;
- farazni tekshirish va o’zgartirish;
- qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;
- muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama- qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlik
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. O’qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So’nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo’lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati
“Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:

  1. o’qituvchilar tomonidan o’quv fanlarini past o’zlashtirayotgan va ularini o’rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o’zlashtirishga jalb etish;

  2. o’qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag’batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.

Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lmasligi tufayli alabalar ham qiziqarli va ajoyib g’oyalarga ega bo’lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo’l qo’yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi.
Muallif tomonidan tavsiya qilingan vosita va strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda o’qituvchilar uchun qo’l keladi hamda talabalarda o’quv fanlarini o’rganishga bo’lgan qiziqish, intilishni rivojlantiradi.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo’ladi. Ular quyidagilardir. Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog’liq bo’ladi. Psixologiyada E.P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab chiqilgan.
Yüklə 61,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin