mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari 2-mavzu. Oʼqituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat 15



Yüklə 197,32 Kb.
səhifə18/46
tarix15.09.2023
ölçüsü197,32 Kb.
#143829
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
qirgiz tili

Nutq madaniyati va texnikasi.
Insonlar hayotida nutqning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi har bir kishiga ham ma’lum, chunki odamlar til yordamida fikr almashish,bir-birlarini tushunishdan tashqari, o‘z istaklarini, his-tuyg‘ularini, irodalarini ham izhor etadilar.
Nutq kishilarning bir-birlariga ta’sir etishning qudratli vosigasidir. So‘z insonni ishontirishi mehnat va g‘alabaga chorlashi, yomon yo‘ldan qaytarishi, quvongarshpi yoki jahlini chiqarishi, hatto o‘ldirishi ham mumkin.
O‘qituvchi faoliyatida nutq juda muhim funksiyalarni bajaradi. O‘qituvchilar nutk orqali bilim, ishonchga ega bo‘ladilar, Muayyan his-tuyg‘ularga tushunib yetadilar, o‘qituvchining so‘zlari ta’sirida bolalarda muayyan psixik protsyesslar va psixik holatlar vujudga keladi, shaxsiy jihatlari shakllanadi.
Nutqning fiziologik asoslari I. P. Pavlov tomonidan tushuntirib berilgan. Uning ta’limotiga asoslanib, sezgilarimiz, idrokimiz va tasavvurlarimizni atrofimizdagi tashqi dunyoning birinchi signallari deb yuritamiz, nutq va tafakkur esa ikkinchi signal sistemasidan iboratdir. So‘z voqelikdagi narsa va hodisalarni idrok qilish hamda tasavvur etishdan iborat bo‘lgan bevosita sigaallarning signalidir.
Insondagi ikkala signal sistemasi birgalikda mavjuddir. So‘z asosida doimo konkret narsa, hodisa, voqelik yoki umumlashgan tushuncha tasavvuri mavjud bo‘lmog‘i zarur. Aks holda, nutq ham real hayotni aks yettira olmaydi, hamda tafakkur ham umumlashtirish vositasi bo‘lmay qoladi.
Inson tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan nutq ikkinchi funksiyani bajaradi.
Birinchidan, u boshqa odamlar bilan aloqa vositasi, bundan tashqari, nutq tafakkur formasi, chunki har birimiz «ichki nutq» deb atalmish «so‘zlar bilan fikr yuritamiz».
O‘zgalarga qaratilgan nutq og‘zaki va yozma ravishda bo‘lshpi ham mumkin. Nutqning bu ikkala ko‘rinishi bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lib, bularning birini egallash ikkinchisiga bog‘liq. Lekin, ba’zan shunday ham bo‘ladiki, og‘zaki nutqni yaxshi o‘zlashtira olmagan odam o‘z fikrni yozma nutqda yaxshi bayon etishi va, aksincha, yozma nutqi yaxshi rivojlanmagan odam yaxshi gapira olmasligi ham mumkin.
O‘qituvchi uchun nutqning ikkala turini bilish, ayniqsa, og‘zaki nutqni
yaxshi egallashi zarur. Nutq monolog (o‘kituvchida bu ma’ruza va himoya ko‘rinishida bo‘ladi) va dialogik (bu ikki shaxsning o‘zaro suhbatidan iborat bo‘ladi), turlari bilan ham bir-biridan farq kiladi.
Pedagog bu tajribasida tashqi nutkning ikkala turidan ham foydalanadi.
O‘qituvchining nutki o‘quvchilarga nimani o‘rgatmoqchiligiga karab turli xarakterga ega bo‘lishi mumkin va boshqa nutqlar kabi tuzilaveradi. Lekin faqat pedagogik nutqqagina xos bo‘lgan spesifik belgilarni ham ko‘rsatish mumkin.
O‘qituvchining nutqi, avvalo, yo‘naltirilgan yoki, boshqacha aytganda, undalma nutqdan iboratdir. Bunda gapirilayotgan gapni tinglovchilar qaysi darajada qabul qilayotgani hisobga olinadi. O‘qituvchi materialni turli shaklda bayon kilishi mumkin. Masalan, hikoya kilish, ma’ruza va suhbatlar shular jumlasidandir. Lekin sinf bilan doimiy aloqada bo‘lish zarur.
2. Har bir odam nutqining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi. O‘qituvchilarning o‘quvchilarga o‘quv materiallarini tushuntirishi, ular bilan suhbatlar olib borishiga karab quyidagi nutq xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin.
Ba’zi o‘kituvchilarning nutqi juda ta’sirchan bo‘ladi. Bunday o‘qituvchilar nutqi his-tuyg‘uga sug‘orilgan bo‘lib, ular o‘zlari gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadi, ana shundagina o‘quvchilarga ham muayyan kayfiyatini yuqtiradilar.
O‘qituvchining nutqi muayyan mazmuni natijasida bolalarning his-tuyg‘ularini uyg‘otibgina qolmay, balki uning dramalashtirish, to‘g‘ri ifodalash, so‘zlarni aniq, burro talaffuz etish tufayli xam ta’sirchan bo‘ladi.
Boshqa o‘qituvchilarda esa nutq ongga ohista ta’sirsiz, ham ifodali, qat’iy izchillikka rioya qilingan holda daliliy va mantiqiy bo‘ladi. Bunda o‘ziga xos nutq bilan hikoya qilgan o‘qituvchilar ilmiy masalalarni qanday hal kilish va o‘quvchilarni bunday aqliy ishlariga kanday jalb etishni rejalashtiradilar. Bunday nutqni «diskursov», ya’ni mulohazali nutk deyiladi.
Nihoyat yana bir xil o‘quvchilar borki, ularning nutklari emotsional hamda diskursov emas, ammo o‘quvchilar ularning nutqini yaxshi o‘zlashtiradilar. Bunday nutqlarda zo‘r ishonch kuchi yangraydi, gapirilayotgan gapga chuqur ishonch paydo qiluvchi kishining irodasi borligi sezilib turadi, o‘z o‘quvchilarida ixtiyorsiz ishonch xosil etadi.

Yüklə 197,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin