Pedagogik texnika va uning o‘qituvchi mahoratini shakllantirishdagi o‘rni. Texnika - usullar yig‘indisi. Uning vositasi nutq va muomalaning noverbal vositalari hisoblanadi. Pedagogik texnika tushunchasiga 2 xil gruppa komponentlari kiradi.
Birinchi gruppa komponentlari o‘qituvchi o‘zining xulqini boshqarishi bilan bog‘liq: emotsiyani (xis-tuyg‘uni), kayfiyatni boshqarish (psixik nafuzka - ijodiy kayfiyat), o‘z tanasini boshqarish (mimika, pantomima). Ijtimoiy, porsyeptiv qobiliyatlar, e’tibor, kuzatuvchanlik, diksiya, nutq tempi.
Ikkinchi gruppa komponentlari shaxs va jamoaga ta’sir etish bilan bog‘liq bo‘lib, didaktik va tarbiyaviy jarayonlar texnologik tomonlarini ochishga yordam beradi. Didaktik tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ, ko‘nikmalarni ko‘rsatish bilan bog‘liq, talab etishning texnologik usullari, pedagogik muomalani boshqarish jamoat ijodiy ishlarini tashkil etish va boshqarish bilan bog‘lik ko‘nikmalarni egallashda namoyon bo‘ladi.
Ayrim tadqiqotchi pedagoglarning olib borgan izlanishlari yangi ish boshlayotgan o‘qituvchilarda uchraydigan tipik xatolarni ochib beradi. Avvalo, bunday xatolar yangi ish boshlayotgan o‘qituvchilarda, bolalar, ularning ota-onalari bilan suhbatda achchig‘i chiqqanini bildirish yoki bildirmaslik, o‘zini qay vaqtda bosiq tutishni bilmaslik bilan xarakterlanadi. Pedagogik amaliyot davrida yozgan kundaliklarida, bevosita suhbat davomida, talaba o‘zlarining nutqi yaxshi emasligini bolalar bilan muloqotda ortiqcha kattiqqo‘llik yoki ortiqcha yumshoqko‘ngillik qilgani, tez gapirib yuborayotgani, o‘z o‘zidan qo‘rqish, o‘rinsiz doska oldida turib kolish, yurish, o‘tirish, turish me’yorini, qo‘llari og‘irlashib, uni qayerga ko‘yishni bilmasligini aytishib, bu borada maslahat berishni so‘raydilar. Talaba gavdasini, qo‘l harakatlarini, boshni tutishidagi nomuvofiqlik, uni bartaraf etshp yuzasidan nimalar kilish kerakligini bilgisi keladi.
Ovozini boshqarishdagi monotonlik, nutqning hissiz, ma’nosizligi kabi kamchiliklar aytib o‘tnladi. Bu kabi kamchidiklar o‘qituvchining o‘quvchiga samarali ta’sir ko‘rsatishiga halaqit beradi. Bo‘lg‘usi o‘qituvchining o‘zini boshqarishdagi bu va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish pedagog mutaxassislar tayyorlash sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan jiddiy masalalardan biri hisoblanadi.
Pedagogning tashqi qiyofasi.
Emotsional holatlarni boshqarish Quyidagi savollarga «Ha» yoki «Yo‘q» deb javob bering.
Siz doimo xotirjam va o‘zingizni bosiq tuta olasizmi?
Kayfiyatingiz?
Uyda va maktabda doimo e’tiborli va yig‘inchoqmisiz?
4. His-tuyg‘ularingizni boshqara olasizmi?
5. O‘rtoqlaringiz va yaqinlaringiz bilan doimo ham e’tiborli va samimiymisiz?
6. Materialni ongli o‘zlashtirasizmi?
7. YOmon, be’mani odatlaringiz bormi va ulardan qutilishi xohlayapsizmi?
8. Qaysi holatlarda o‘z xulqingiz, xatti-harakatingizdan norozi bo‘lgansiz?
Agar siz barcha savollarga faqat «Ha» deb javob bergan bo‘lsangiz bu sizning o‘ta hotirjamligingizdan, o‘zingshni boshqara olishingizdan, ortiqcha tashvish yo‘qligidan yoki o‘zingizga ortiqcha baho berib yuborganingizdan deb hisoblasa bo‘ladi. Agar javoblar salbiy bo‘lsa, u holda tashvishli, ishonchsizlikdan, o‘zingyudan qoniqmaslik, o‘z-o‘zingizga tanqidiy qarayotganingizdan dalolat beradi. Agar «Ha» va «Yo‘q» javoblar aralash bo‘lsa, u holda o‘zingizga tanqidyy qarayotganingazni, kamchiliklaringizsh ko‘ra olishingizdan dalolat beradi. Buni o‘zingizni tarbiyalashda dastlabki qadam deb hisoblash mumkia O‘z-o‘zingizni boshqarshn usullaridan eng muhimlari: