Notiqlik san’ati. O‘qituvchi o‘z nutqining mukammal bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilishi va bunday nutq uning ishida ishonchli qurol bo‘lib xizmat qilishi lozim. Pedagogik nutq qanday talablarga javob berishi kerak?
3. Ta’lim-tarbiya ishlarida pedagog nutki uchun xarakterli bo‘lgan sifatlarni ikki gruppaga bo‘lish mumkin: nutqning turliligini ta’minlovchi sifatlar va ta’lim berish, tarbiyalash vositasi tufayli uni amalga oshiruvchi sifatlardir. Birinchi gruppadagi pedagogik nutq sifatiga
nutq leksikasi, uslub fonetikasi, talaffuz etilishi, so‘zlardagi urg‘u jumlalarning benuqson bo‘lishi, shevachilik, arxaizmdan qochish, nutqni buruvchi ortiqcha so‘zlarni ishlatmaslik kiradi. Har bir o‘qituvchining nutqi shunday bo‘lishi lozim.
Ammo nutqi noto‘g‘ri o‘qituvchilar ham uchrab qoladi. Bu kamchiliklar ko‘pincha bilimsizlikdan emas, balki ehtiyotsizlik, ba’zan maktabda dars berayotganda o‘z nutqi ustidan yetarli nazorat qilmasligidan va maktabdan tashqari joyda madaniyata kam kishilar orasida ularga ixtiyorsiz taqlid qilish tufayli sodir bo‘ladi.
Turli odatlar nutq sifatiga ta’sir qiladi, shuning uchun ham boshqalarga qaraganda, o‘qituvchi ko‘proq o‘zini, ayniqsa yashab turgan yerida gap orasida noto‘g‘ri so‘z, jumlalar ishlatilganda o‘zining nutqini ham kuzatib borishi lozim.
To‘g‘ri (grammatika qoidalariga muvofiq) gapirshp mumkin, biroq, shunday bo‘lsa ham, nutq chiroyli chiqmaydi, «g‘aliz» bo‘ladi. Silliq, ravon, to‘xtalmay va keraksiz to‘xtalishlarsiz gapirilgan gapni, kerakli so‘zlarni tez topa bilganlar gapini yepshtash yoqimli.
Zarur iboralarni tez tanlay olish so‘z zahirasiga, fikrlash jarayonlarining tezligiga, gapiriladigan materialni yaxshi bilishiga, topqirlikka, kishining shu paytdagi umumiy holatiga va boshqa ko‘pgina sabablarga bog‘liqdir.
O‘z nutqini qulay va to‘g‘ri tuza bilishda badiiy adabiyotni o‘qib turish ayniqsa katta ahamiyatga ega. Kitob o‘qiganda kishidagi lug‘at boyligi ko‘payadi, fikrning obrazliligi ortadi, nutq ravshan, chiroyli va odobli bo‘ladi hamda grammatik jihatdan yaxshilanadi.
Tinglovchilarga tegishli ta’sir ko‘rsatadigan pedagogik xususiyatlar (ikkinchi gruppa) nutq sifatiga taalluqlidir. Bunga dastavval nutqning mazmundorligi, shuningdek, uning ravshan, yengil bo‘lishi, o‘quv materialini tushunarli qilib berishi kiradi. Bir hil ilmiy qoidani ikki o‘qituvchi boshqa-boshqa bayon etishi mumkin. Birining aytganini o‘quvchilar yengil va tez anglab oladilar, ikkinchisiniki esa ular uchun tushunarli bo‘lmaydi.
Bu yerda bayon qilish bir tekis sistemada bo‘lishi, materialni izchillik bilan tushuntirishi, ya’ni oldingi o‘tilgan materialga asoslanipsh, yangisini material asosida o‘tishi, qiyinchiliklarni asta-sekin tugata borishi ham katta ahamiyatga ega.
Nutqda murakkab jumlalar va notanish qiyin terminlar bo‘lmasa, u ravshan xamda tushunarli bo‘ladi. Qisqa jumlalar bayon etiladigan murakkab materiallarni tez tushunib olishga yordam beradi.
O‘qituvchi nutqining sodda bo‘lishi uni tor mazmunga aylantirib yubormasligi kerak. Uning sun’iy murakkablashib ketishidan, sohta bilimga aylanib ketishidan qochish lozim. Nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, sinfda «olim»lik iboralari bilan ish boshlagan o‘qituvchilar ham yo‘q emas.
Ammo nutq turlaridan eng yomoni pand - nasihat usuli hisoblanadi, ayniqsa, buni o‘quvchilar va o‘smirlar yoqgirmaydi. Holbuki ko‘pchilik o‘qituvchilar pedagogik ishdan nasihat juda zarur, deb hisoblaydilar. Bunday pedagoglar pand-nasihatlarning bolaga xech kanday yaxshi fikr, uning aqli va hissiyotiga hech kanday ozuqa bermasligini unutib ko‘yadilar.
4. O‘qituvchi, albatta, bolalarni koyiydi, ba’zan esa xayfsan xam beradi. Birok nasihatgo‘ylik qilish, ya’ni o‘zini uzoq va jonga tegadigan pand-nasihatlar kilishdan qochish lozim. O‘quv materiallarini bayon etish va tarbiyaviy suhbatlar imkoniyat boricha jonli o‘tishi lozim.
SHu o‘rinda notiqlarga berilgan qo‘yidagi maslahatlarni keltirib o‘tish mumkin.
1. Ma’ruzaga puxta tayyorlanish kerak.
Ma’ruzaga taalluqli bevosita yoki boshka muhim va qiziqarli materiallarni to‘plash lozim.
2. Ovozni fikrga bog‘lab o‘zgartirish, uni ko‘tarish va pastlatish lozim. Bunday ovoz diqqatni o‘ziga tortadi.
Og‘zaki nutqning ayrim qismlari orasida pauza qilishning ahamiyatini ham unutmaslik kerak.
Gapirayotganda qo‘l-gavdani harakatlantirish nutqni jonlantiradi, biroq bundan ehtiyotlik bilan foydalanish lozim.
Ma’ruzachidan sabotli bo‘lish va har qanday noqulay sharoitda ham o‘zini tuta bilish talab qilinadi.
SHovqin bo‘lganda kishilarni tinch o‘tirishga chaqirib, so‘ngra nutqni davom ettirish lozim.
5. Nutq shakli - oddiy, tushunarli bo‘lsin, ko‘rgazmali taqqoslash, o‘xshatish, ifodalash, epitetlardan foydalanish yaxshi ta’sir etadi.
Ma’ruzaning mazmuni auditoriyaga mos bo‘lmog‘i lozim.
Nutq oxirida xulosa qilish, ya’ni uning muqaddimasi bilan bog‘lash lozim.
Pedagog nutqi haqida gapirganda, shuni qayd qilish kerakki, u ichki nutqning taraqqiy etishi bilan takomillashadi. Jumladan, og‘zaki talaffuzni shakllantirishdan oldin, odatda, miyada yaxshi pishitib olish zarur. Talaffuz etishdan oldin shu onda zarur so‘zlarni miyada tanlash jarayoni ham yuz beradi.
SHunday qilib, pedagogik nutq masalasi o‘quvchilar bilan gaplasha bilish hamda o‘kituvchining o‘z-o‘zini tayyorlashda eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Buning natijasida u o‘quvchilarda zarur his-tuyg‘u hosil qiladi va shu bilan birga, ularga zarur tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, jonli fikr o‘yg‘otadi xamda emotsional o‘lchovda, ishonarli hamda tushunarli, yorqin gapirishni shakllantiradi.