mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari 2-mavzu. Oʼqituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat 15


-mavzu. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi



Yüklə 197,32 Kb.
səhifə22/46
tarix15.09.2023
ölçüsü197,32 Kb.
#143829
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
qirgiz tili

8-mavzu. Pedagogik texnikani shakllantirish metodikasi.


Reja:

  1. Mimika, Pantomimika

  2. O’qituvchining pedagogic texnikasini shakllantirish yo’llari



1. Pedagogik texnikani namoyon etishda o'qituvchining tashqi ko'rinishi
O'qituvchining tashqi ko'rinishi pedagogik texnikasini namoyon etuvchi muhim xususiyatlaridan biridir. Har qanday insonning tashqi ko'rinishi atrofdagilarga estetik ma'no va zavq kasb etib, doimiy e'tiborda bo’lishini unutmaslik kerak. O'qituvchining tashqi ko'rinishini asosan namoyish etuvchi muhim hususiyatlari uning chehrasidagi mehribonlik, jiddiylik, yurishida bosiqlik, tabiiylikdir. O'qituvchi sinfga kirishi bilan so'zsiz o'quvchilar e'tiborida bo'ladi, ular bilan muloqotga kirishadi.
Sinf sahnasida bajarilayotgan uning xoh ijobiy, xoh salbiy xatti-harakatlari o'quvchilarga ta'sir o'tkaza boshlaydi. Ayniqsa, yosh o'qituv-chilar ilk bor darsga kirishlaridan oldin his-hayajonini, qo'rquvini engishlari, o'zlarini erkin tutishlari, birinchi dars paytida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday muvaffaqiyatsizlikdan o'zlarini yo'qotmasliklari lozim.
O'qituvchining tashqi ko'rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. O'qituvchining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, o'qituvchining imo-ishorasida, ma'noli qarashlarida, rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo'ladi va ular o'qituvchi-tarbiyachining pedagogik ta'sir ko'rsatishida, mashg'ulotlarni samarali va mazmunli o'tishida puxta zamin tayyorlab beradi.
MIMIKA - bu o'z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini qosh, ko'z va chehra muskullarining harakati bilan bayon qilish san'atidir. Ba'zan o'qituvchi chehrasining va nigohining ifodasi o'quvchilarga katta ta'sir ko'rsatadi.
Mimik harakatlar, ifodalar ma'lumotlarning hissiy ahamiyatini ku-chaytirib, ularni chuqur o'zlashtirish imkoniyatini beradi. O'quvchilar o'qituvchining muomalasi va xatti-harakatiga qarab kayfiyatini, muno-sabatini tezda «uqib» oladilar. Shuning uchun oiladagi ba'zi noxush­liklar, hissiyotga berilish, g'am va tashvishning o'qituvchi chehrasida va mimik belgilarida ifodalanishi mumkin emas. Chunki ushbu noxushliklar o'qituvchining pedagogik faoliyatiga dars mashg'ulotlarini mukammal bajarishida o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi. O'qituvchining chehra­sida, mimik belgilarida faqat dars mashg'ulotlariga xos bo'lgan, o'quv­chilarga ta'lim va tarbiyaviy topshiriqlarni yechishga yordam bera oladigan ko'rinishlarni ifodalash lozim.
O'qituvchining chehrasidagi ifoda, nutqi, o'quvchilar bilan o'zaro munosabati uning individual xarakteriga mos bo'lishi kerak. O'qituvchi chehra ko'rinishidagi mimik ifoda, ta'lim-tarbiya qonuniyatlariga mos ishonch, ma'qullash, ta'qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquv-chanlik, befarqlik, ikkilanish kabi xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Bunda ovozdagi turli o'zgarishlar, nutqning tushunarli bayon etilishi mu­him ahamiyatga ega. Mimik ifodaning asosiy belgilarini namoyish etish­da qosh, ko'z, chehra ko'rinishi ishtirok etadi.
Qosh, ko'z, chehra o'quvchilar javobidan qoniqish, xursand bo'lish, faxrlanish yoki e'tirof, norozilik, qoniqmaslik, xafa bo'lish va boshqa belgilarni ifodalash bilan birga, o'quvchilar diqqatini bo'lmasdan, bosh-qalarga xalaqit bermasdan ta'lim-tarbiya ishlarini samarali olib borishga ham yordam beradi. Shuni alohida qayd qilib o'tish joizki, mimik ifodalar o'qituvchining xarakterini, ichki dunyosini, ma'naviyatini, peda­gogik faoliyatining individual xususiyatlarini bekamu ko'st namoyish etadi. O'qituvchining mimikasi ifodalangan nigohi o'quvchilarga, yoki ayrim o'quvchiga qaratilgan bo'ladi. Doskaga, eshikka, derazaga, ko'rgazmali qurollarga yoki devorga nigoh tashlab mimik ifodalarni namo-yish qilish aslo mumkin emas.
PANTOMIMIKA - bu o'qituvchining gavdasi, qo'l, oyoq haraka-tini tartibga soluvchi uslubdir. O'qituvchilarning ta'lim-tarbiyaviy faoli-yatida o'quvchilar bilan muloqoti muhim ahamiyat kasb etishi barchaga ma'lum. Biroq o'quvchilar bilan muloqotda o'qituvchining pantomi-mikasi, ya'ni, gavda, qo'l, oyoq harakati to'g'ri ifodalanmasa, ta'lim-tarbiyaga asoslangan muloqot natija bennasligi mumkin. O'qituvchi o'z gavdasi, qo'li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik ma'lumotlarning obrazini "chiza" olsa, o'quvchilar bundan zavqlana-dilar, ular ichki his-tuyg'ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo'shilib butun ongini o'quv materiallari mazmunini o'zlashtirishga qaratadilar. Panto-mimika gavdani rost tutib yura bilish, qo'l va oyoq harakatlarining bir-biriga mosligi, fikrlarini aniq va toiiq bayon qilib qo'lini, boshini turli harakatlarda ifodalash o'qituvchining o'z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning uchun o'qituvchining o'quvchilar oldida o'zini tuta bi­lish holatini tarbiyalashi lozim. (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish). O'qituvchining yurishi, qo'l va oyoq orqali imo-ishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo'lishi kerak. Masalan: auditoriyada orqaga oldinga tez-tez yurish, qo'llari bilan turli imo-isho-ralar qilish, boshini har tomonga tashlash va hokazo. Bunday holatlar dars davomida o'quvchilarning e'tiborini bo'lib, g'ashini keltiradi va o'rganilayotgan fanga, o'qituvchiga nisbatan hurmatsizlik kayfiyatini uyg'otadi.
O'qituvchi mashg'ulot o'tish jarayonida faqat oldinga yurishi tavsiya qilinadi. Uyondan, bu yonga yurish talabalar fikrini bo'ladi. Old tomonga yurayotganida o'qituvchi muhim voqealarni bayon qilishi mumkin, chunki bunda talabalar o'qituvchini butun diqqatlari bilan eshitayotgan bo 'ladilar.
O'qituvchining pantomimik harakatlari tizimida o'z hissiy holatini boshqara olishi muhim ahamiyatga ega. O'qituvchi o'quvchilar bilan muloqot jarayonida qizg'in kuzatuv ostida boiadi. Uning kayfiyatidagi o'zgarishlar pantomimik harakatlarida namoyon bo'ladi. Shu tufayli o'quvchilarga ta'lim-tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish jarayonida (darsda, darsdan tashqari mashg'ulotlar paytida, tarbiyaviv ishlar jarayonida) o'z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo'lishi, umidbaxshlik, xayrixohlik kayfiyatida bo'la olish qobiliyatlariga ega bo'lishi zarur. Pantomimik harakatlar tizimi o'qituvchiga birdaniga paydo boiadigan ko'nikma emas. Buning uchun o'qituvchi o'z ustida tinimsiz ishlashi, ilk pedagogik faoliyati davrida kamchiliklarini tezda topib bartaraf eta olishi darkor. Chunki, yillar davomida o'qituvchi o'zining har bir harakatiga moslashib uni odat qilib olishi mumkin. Mukammal pantomimik malakalarga ega boigan o'qituvchi o'z-o'zini nazorat qila oladi, ko'p yillik faoliyati davomida sog'lom asab tizimini o'zida tarbiyalab asabiylashishdan, his­siy va aqliy zo'riqishlardan o'zini saqlay oladi.

Yüklə 197,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin