mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari 2-mavzu. Oʼqituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat 15


Pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘nalishlari



Yüklə 197,32 Kb.
səhifə8/46
tarix15.09.2023
ölçüsü197,32 Kb.
#143829
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
qirgiz tili

Pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘nalishlari
Ta’kidlash joizki, o‘qiujvchining pedagogik faoliyatida o‘quvchilar bilan olib boradigan muloqoti muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu pedagogik muloqotning butun tizimida uning ma’naviy maz-mundorligini oshirishni talab etadi, zero aynan pedagogik muloqot, ta’lim-tarbiyaning ma’naviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Ijti­moiy-psixologik, tarbiyaviy va ma’naviy vazifalarning murakkabligi o‘qitovchilarning kommunikativ faoliyatiga yuksak talablarni qo‘yadi. O‘qituvchilar kasbiy faoliyatida yuksak pedagogik va psixologik nati-jalarga erishishi uchun, ko‘p yillik nazariy va amaliy tajribalar asosida tadqiqotchi olimlar tomonidan taklif etilgan muloqotning quyidagi yo‘nalishlaridan foydalanish tavsiya etiladi:
1. Muloqotning birinchi modellashtirish yo‘nalishi: O‘qituvchi tomo-nidan o‘quvchilar bilan muloqotga bevosita tayyorgarlik jarayonida o‘quvchilar bilan bo‘lajak har qanday muloqot turini modellashtirish.
2. Muloqotning ikkinchi yo‘nalishi: O‘quvchilar bilan dastlabki muloqotni tashkil etish jarayonidayoq o‘zaro ta’sir metodlaridan bevosita foydalanib, tashabbuskorlikni qo‘lga olish.
3.Muloqotning uchinchi yo‘nalishi: Tobora takomillashib, rivojlanib borayotgan pedagogik faoliyatda muloqotning turli texnologik shakllaridan unumli foydalanish va uni boshqarish.
4. Muloqotning to‘rtinchi yo‘nalishi: Keyingi pedagogik faoliyat uchun olib boriladigan muloqot tizimini modellashtirish va muloqotning amalga oshirilgan tizimini doimiy tahlil qilib borish.
Muloqotning birinchi, modellashtirish yo‘nalishida, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan dars jarayonida uchrashishga tayyorlanib, nafaqat oldindagi faoliyat mazmunini, balki muloqotning mumkin bo‘lgan usul-lari va ta’sirchan ohanglarini o‘ylab olish lozim. Pedagogik muloqotning ushbu bosqichi naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini tasavur qilib, kommunikativ vazifalarning bajarilish holatini oldindan puxta o‘ylash kerak. U har qanday darsning kommunikativ tizimini mukammal, o‘ziga xos ravishda rejalashtirishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu prognostik yo‘nalishda pedagogik vazifalarni kommunikativ vazifalar sohasiga o‘tkazish bo‘yicha murakkab jarayon amalga oshi­riladi. Ularning bir-biriga muvofiq kelishiga erishiladi. Ayni paytda o‘quvchilar idrok etish orqali o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan yan­gi dars materiallarini va o‘qituvchining xatti-harakatini kuzatib baho-laydilar.
O‘qituvchi o‘zi uchun bo‘lajak darsning noyob xususiyatlarini va kommunikativ rejasini tuzishi mumkin. Unda darsning har bir pedagogik vazifasiga, kommunikativ vazifaning ma’lum bir usullari mos kelib, uni hal qilishning o‘ziga xos yo‘nalishlari namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirishning muhim sharti o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro emotsional birligi bo‘lib, u o‘qituvchiga darsning quyidagi ehtimoliy atmosferasini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini beradi:
- bo‘lajak darsda o‘quvchilar jamoasi bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni oldindan ko‘ra olish;
- o‘quvchilar bilan o‘zaro demokratik ~va erkin munosabatning har xil darajalarini tashkillashtirish, uni rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
- darsda o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishini va ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish.
Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonida o‘quvchilar bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish juda muhim. Zero, bu jarayon darsning didaktik tamoyillarini har tomonlama belgilab beradi, o‘qituvchini ijodiy faoliyatga yo‘naltiradi, unda o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning mukammal shakllariga nisbatan turli muloqot modellarini takomillashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Muloqotni modellashtirish bevosita yangi dars oldidan tezda bajarilishi mumkin, ba’zan esa doimiy xarakter kasb etadi. U o‘qituvchiga o‘zining dars jarayonidagi kommunikativ munosabatini va emotsional xulqini, his- tuyg‘ularini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini yaratadi.
Muloqotning ikkinchisini boshlang "yo‘nalishida - o‘quvchilar bilan bevosita munosabatni tashkil qilish uchun o‘qituvchi tashabbuskorlikni va kommunikativ ustunlikni o‘z qo‘liga olishi kerak, bu unga keyingi yo‘nalishlarda doimiy muloqotni o‘zi boshqarish imkoniyatini beradi. Muloqotda tashabbuskorlikni qo‘lga olish, o‘qituvchining ta’lim-tarbiya-viy jarayonni hamisha oqilona, ziddiyatsiz boshqarishini ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, barcha o‘qituvchilar hamisha sinf jamoasi bilan kom­munikativ muloqotda ustunlikka erishish imkoniyatini qo‘lga kirita olmaydilar.
Ikkinchi boshlang‘ich yo‘nalishda bolajak muloqotning shart-sharo-itlari va tizimi aniqlashtiriladi, oldindan rejalashtirilgan muloqot modeli tatbiq etiladi. Kommunikativ muloqotning dastlabki daqiqalaridayoq o‘qituvchi tanlangan ta’lim metodlaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashtirishi, o‘quvchilarning umumiy kayfiyatini, ulardagi ijodkorlikni va ishchanlik kayfiyatini his qilishi lozim.
Hozirgi zamon ijtimoiy-psixologik tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, inson muloqotda uning tashabbuskori bo‘lishi ham mumkin, ba’zan esa, vaziyatga qarab, o‘zaro munosabatning faol yoki passiv sub’ekti sifatida qatnashishi ham mumkin. Kasbiy-pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘qituvchining tashabbuskorligi bu o‘rinda mulo­qotni boshqarish vositasi sifatida yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ham boshqaradi. Aytish lozimki, ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan dars jarayonida o‘qituvchi hamda ta’lim oluvchilarning o‘zaro ijodiy faoli­yatida bilim olishga qaratilgan izlanishni boshqarish, faqat pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan muloqot natijasida amalga oshiriladi.
Masalan, darsda yangi mavzuni o‘quvchilar ongiga singdirish, yangi materialni tushuntirishda yoki muammoli vaziyat hosil qilishda sinf jamoasi bilan muloqotni to‘g‘ri tashkillashtirish, o‘qituvchi uchun naqadar zarur, buning natijasida o‘quvchilar birgalikda ahil jamoa bo‘lib, darsda, bilimlarni o‘rganishda o‘zaro erkin fikr yuritadilar va izlanadilar. Muloqotda o‘qituvchining tashabbuskorligi, ta’lim-tarbiyaviy hamda ijtimoiy-psixologik jihatdan qator strategik va taktik muammolar echimini topish imkoniyatini beradi: o‘qituvchining o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi yo‘naltiruvchanlik roli, o‘quvchilarning yaxshi kayfiyati, his-tuyg‘ularini shakllantiradigan, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat samaradorligini ta’minlaydigan kerakli ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish imkoniyatini beradigan qizg‘in kommunikativ muloqotni pedagogik maqsadga muvofiq ta’minlaydi.
Darsda o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil qilishda o‘qituvchining tashabbuskorligi quyidagi vaziyatlarda namoyon bo‘ladi:
• sinf jamoasi bilan dastlabki suhbat jarayonini oqilona, puxta tashkil qilish;
• tashkiliy marosim va tadbirlardan (salomlashish, o‘quvchilarni tartib bilan o‘tqazish, davomatni tekshirish va hokazo) rasmiy va shaxsiy muloqotga tezkor o‘tish;
• o‘quvchilar bilan ijtimoiy-psixologik hamkorlikka oson erishish muammolarini izlash;
• o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning tashkiliy va sermazmun bo‘lishida har qanday salbiy to‘siqlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;
• o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatda o‘zining shaxsiy insomy fazilatlarini namoyon etish;
• ayrim o‘quvchilarga nisbatan bir qolipdagi va bir holatdagi salbiy munosabatlarni bartaraf qilish;
• butun o‘quvchilar jamoasi bilan yaxlit o‘zaro ijobiy munosabatni tashkil etish;
• o‘zaro hamkorlikning boshlang‘ich vaziyatlarida o‘quvchilar ja-moasini erkin muloqotga safarbar qila oladigan vazifa va masalalami ongli ravishda qo‘yilishi;
• ta’lim va tarbiya tizimida ta’qiqlangan pedagogik talablarni qo‘l-lamaslik, aksincha yangi, sinalgan, texnologik jihatdan mukammal deb topilgan pedagogik talablarni ko‘paytirish; .
• o‘qituvchi tashqi ko‘rinishi bilan (orastalik, tartiblilik, faollik, xushmuomalalik, muosharat odobi va hokazo) kommunikativ muno­sabatni ta’minlashga erishishi;
• o‘zaro hamkorlikning nutqiy va noverbal vositalarini (mimika, pantomimika, ma’noli qarash) qo‘llash orqali munosabatga faol kirishish;
• o‘quvchilar jamoasiga o‘zining xayrixohligini, moyilligini, do‘stligini «namoyish etish»;
• o‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik faoliyatning yorqin va e’tiborni tortadigan maqsadlarini qo‘ya bilish va ularga erishish yo‘Harini ko‘rsatish;
• o‘quvchilarning har xil vaziyatlarda ichki kayfiyatlarini, his tuy-g‘ularini tushunish, uni hisobga olish, hamjihatligini ko‘rsata bilish.
Pedagogikaga oid darslik va ko‘llanmalarda ta’lim - o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro birgaHkdagi hamkorlik faoliyati, bir-birlariga o‘zaro ijobiy ta’sir vositasi sifatida talqin qilinadi. Biroq, bu faoliyatning ijtimoiy-psixologik tizimi hamma vaqt ham e’tiborga olinmaydi. Bu o‘rinda ham qator muammolar yuzaga keladiki, ular ta’lim va tarbiyaning mazmun va metodik aspektlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. O‘zaro hamkorlik o‘qituvchi va o‘quvchilarning ijtimoiy-psixologik birligini ko‘zda tutadi. Dars jarayonida ko‘p holatlarda bunga e’tibor berilmaydi.
Pedagog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda aniqla-nishicha, dars davomida o‘qituvchi va o‘quvchilarning psixologik jihat­dan bir-birlariga moslasha olmasligining 25 dan 150 gacha bo‘lgan turli holatlari yuzaga keladi. Bular ongli nazorat qilinmaydi, demak o‘qituv­chilar tomonidan bu holatga nisbatan ma’lum bir maqsad belgilanmaydi. Aksincha, to‘g‘ri topilgan va darsda amalga oshirilgan muloqot tizimi o‘quvchilarni faollashtiradi, ularni o‘quv faoliyatiga qizg‘in ishtirok etishga mtilishini ta’minlaydi. SHunday qilib, o‘quv faoliyatining ijti­moiy-psixologik tomoni ta’limni optimallashtirishning amaliy zahirasi sanaladi. Ba’zan ta’limning yangi metodlarini emas, balki mavjud bo‘l­gan metodikasining ishonchii ijtimoiy-psixologik ta’minotini izlash kerak bo‘ladi.
Darslardan o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar xulqidagi chekinishlarning psixologik xususiyatlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, uning salbiy hislatlari, tengdoshlari bilan munosabatda passivligi, xulqining o‘zga-ruvchanligi nafaqat o‘z faoliyatidan, balki o‘quvchilar jamoasidagi holatidan hamda u bilan do‘stona munosabat yetishmaydigan muloqot-dan qoniqmasligi oqibatida paydo bo‘ladi. Bu holatlarning barchasi o‘quvchining psixologik kayfiyatini keskin salbiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi.



Yüklə 197,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin