Adabiyotlar: 1. Xaliqov A,A, Pedagogik maxorat, Darslik,- Toshkent, Iqtisodiyot moliya, 2012.
2. Якушева С.Д. Основь педагогического мастерства. Учебник.- Москва. Академия. 2012.
3. Omonov N.T., Madyarova S.A. , Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat ,- T.: Iqtisodiyot moliya, 2009.
4. Maxmudov N, M. O’qituvchi nutq madaniyati. Darslik,- Toshkent, O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007.
5. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorta,-T.: “Fan va texnologiyalar” nashiryoti, 2006.
6. Ochilov M., Ochilva N. O’qituvchi odobi , Saylanma, - T.:O’qituvchi, 1997.
3- va 4-mavzular. O‘qituvchi pedagogik faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.
Reja: Pеdаgоgik muloqot haqida tushuncha.
Pеdаgоgik muloqotning tuzilishi va metodlari.
Pеdаgоgik muloqot uslublari.
Muloqot madaniyati.
Pеdаgоgik nizo va uning sabablari.
Pеdаgоgik nizolarning oldini olish yo'llari
Ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining pedagogik muloqoti tizimida ko‘pincha, u yoki bu o‘quvchining idrok etishi, tafakkuri bir qolipda shakllanadi, o‘qituvchi ko‘z o‘ngida ular barqaror psixologik muloqot ob’ektiga aylanadilar. Mabodo, o‘quvchi o‘qituvchining ko‘z o‘ngida "yomon xulqlilar" qatoriga kirib qolsa, bu o‘qituvchining unga nisbatan muloqot amaliyotiga ta’sir o‘tkazadi. A.N.Leontev bunday muno-sabatning quyidagi belgilarini qayd etadi: o‘qituvchi dars jarayonida "yomon" o‘quvchiga mavzuga taalluqli savolga javob berish uchun, "yaxshi" o‘zlashtiradigan o‘quvchiga nisbatan, kamroq vaqt ajratadi, ya’ni diqqatini unga jalb qilmaydi, o‘ylashga vaqt bermaydi. O‘quvchi noto‘g‘ri javob bersa, o‘qituvchi savolni qaytarmaydi, yo‘naltintvchi savol, yoki fikr bermasdan, darrov boshqa o‘quvchidan so‘raydiyoki o‘zi to‘g‘ri javobni aytadi. Ba’zan, noto‘g‘ri javobni ijobiy baholab, "liberallik uslubini qo‘llashi mumkin. Ayni paytda, "yomon" o‘quvchini noto‘g‘ri javob uchun koyiydi. To‘g‘ri javob uchun maqtamaydi. "YOmon" o‘quvchining har qanday javobiga o‘qituvchining reaksiyasi sezilmaydi, boshqa o‘quvchini javob berish uchun chaqiradi, ba’zida hatto "yomon" o‘quvchilar bilan ta’sirchan pedagogik muloqotni olib bormaydi. Ushbu norasmiy muloqotning natijasi ma’lum, bunday holatda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni ijobiy tashkil qilolmaydi.
Muloqotning uchinchi yo‘nalishida o‘qituvchi pedagogik faoliyatida kommunikatsiyaning turli shakllaridan unumli foydalanib, quyidagi ko‘p funksiyali vazifalarni bajaradi:
• dars davomida o‘qituvchi ko‘plab pedagogik usul va vositalarni hamda shaxsiy kommunikativ vazifalarni hal qiladi;
• aslida, dars jarayonining turli qismlarida, o‘qituvchi tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishda muloqotning o‘ziga xos tizimlarini qo‘llash talab qilinadi;
• tajribali o‘qituvchilar ushbu tizimlarni deyarli osonlik bilan topadi, pedagogik faoliyatini endigina boshlagan yosh o‘qituvchilarga bu holat qiyinchilik bilan kechishi mumkin.
O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqotni pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilishda, uning kommunikativ madaniyatiga jiddiy taiablar qo‘yiladi. Dars hamda tarbiyaviy tadbirlar - o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari tizimini shakllantiruvchi jarayon bo‘lib, aynan ushbu faoliyatda o‘qituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik faoliyatini tarkib toptiradi. Tajribali o‘qituvchilar bilan o‘zaro suhbatlardan ma’lum bo‘ladiki, darsda o‘quvchilar jamoasi bilan muloqot shaklini tanlash uchun o‘qituvchi qaysidir ma’noda o‘rganilayotgan yangi material uchun pedagogik metodlarni ham tanlash talab qilinadi. SHu sababli, darsda yangi mavzuni o‘rganishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda hamda tarbiyaviy ta’sir rejasini tuzayotganida, muloqot tizimining o‘ziga xos mazmunan boy jihaflarini modellashtirish lozim.
Pedagogik faoliyatini endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida, ayniqsa o‘zining kasbiy pedagogik xatti-harakatlarida o‘ziga xos psixologik to‘siqlarga duch kelishini, o‘quvchilar bilan muloqotda ziddiyatlar paydo bo‘lishi mum-kinligini bilishi va bunga har tomonlama tayyorgariik ko‘rishi, chuqur pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
Yosh o‘qituvchi muloqot malakasiga ega bo‘lmasligi mumkin, bu esa unda esankirab sarosimaga tushish, erkin harakat qilolmaslik, nutqida so‘zlarni o‘rniga qo‘yib gapira olmaslik kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. YOsh o‘qituvchilarda muloqotning rivojlangan ifodali vositalari yetishmasligi, nutq texnikasidan foydalanishni bilmasligi, mi-mik va pantomimik harakatlarda no‘noqlik kuzatiladi. Ba’zan o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida muloqotning "avtoritar uslubi"ni qo‘llashlari natijasida o‘zaro munosabatlar salbiy oqibatlarga olib keladi. Ushbu holatlarda yosh o‘qituvchilarning chuqur bilimi va mahorati evaziga tayyorlangan ta’limiy vazifalar, xilma-xil topshiriqlar va tarbiyaviy tadbirlar, olib boriladigan pedagogik faoliyat o‘quvchilar jamoasi uchun mutlaqo qiziqarli bo‘lmasligi, yoki ular umuman beparvo bo‘lishlari mumkin. YOsh o‘qituvchilarning tasavuricha, qiziqarli bo‘lgan har qanday pedagogik tadbirlar o‘quvchilar jamoasiga ta’sir qilmasligi aslo mumkin emas. Ba’zan, o‘quvchilar bilan bir qolipdagi salbiy muloqot natijasida yosh o‘qituvchilar ular bilan "kelisha olmaydilar", oqibatda u sinf jamoasini tark etishga majbur bo‘ladi. YAngi o‘qituvchi sinf jamoasining oldingi o‘qituvchi bilan muloqotda sodir bo‘lgan norozilik kayfiyati sirlarini o‘rganadi, o‘zining muloqot pozitsiyasini qo‘llashga harakat qiladi. Biroq, shuni unutmaslik kerakki, o‘quvchilar jamoasining o‘qituvchi bilan muloqotidagi norozilik kayfiyati yangi paydo bo‘lgan o‘qituvchiga ham ta’sir qilishi, u sinf jamoasi bilan muloqot jarayonida o‘ziga nisbatan salbiy kayfiyatdan chiqara olmasligi mumkin.
Muloqotning to‘rtinchi yo‘nalishida pedagogik faoliyat uchun olib boriladigan muloqot tizimi modellashtiriladi va muloqotning amalga oshirilgan tizimi tahlil qilinadi. Pedagogik muloqotni tashkil etuvchi yosh o‘qituvchidan:
- o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatning o‘zgaruvchan har qanday sharoitlarida tez va to‘g‘ri psixologik mo‘ljal olib tahlil qilishni;
- kommunikativ tizimni mukammal rejalashtirgan holda amalga oshirishni va ayniqsa uning eng muhim tarmog‘i - nutq texnikasi va notiqlik san’atining ta’sirini puxta o‘zlashtirishni;
- o‘qituvchining individual kasbiy ijodkorligiga va turli vaziyatlarda o‘quvchilar bilan muloqot qilish qobiliyatiga hamda tarbiyalanuvchining shaxsiy xususiyatlariga mos keluvchi "kommunikativ vositalami" tez va aniq topishni;
- ayni paytda muloqotning teskari aloqasi ham mavjud ekanligini his qilib, uni modellashtirish va qo‘llab quvatlashni talab qiladi.
Yosh o‘qituvchilar ba’zan kundalik faoliyatida yuzaga keiadigan favqulotdagi holatlarda tez va aniq echilishi lozim bo‘lgan kommunikativ muammolarga duch keladi va bunda muloqotning kutilmagan vazi-yatlariga tayyor emasligini his qiladi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining aql-zakovati va pedagogik madaniyati, kasbiy tafakkuri, nutqining rivojlanganligi va leksik hamda kasbiy-leksik jihatdan so‘z boyligining mavjudligi, umumiy suhbatlashish madaniyati, o‘quvchilar bilan kommunikativ faoliyatga moyilligi asosiy rolni o‘ynaydi.
Kutilmagan, tayyorgariik ko‘rilmagan kommunikativ muammolardan nihoyatda uddaburonlik bilan ustunlikni qo‘lga olish o‘qituvchi kasbiy faoliyatida ulkan sinov bo‘lib, prins ipial ahamiyatga ega, negaki bunday vaziyatlarda muloqotning barcha variantlarini taxminiy reja-lashtirish aslo mumkin emas. Bunda o‘qituvchi muloqotda pedagogik improvizatsiya (tayyorgarliksiz) holatlariga ko‘nikma hosil qilish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak - vaziyatni va o‘quvchilar xatti-harakatini chuqur idrok qilib tez va haqqoniy baholashi, hech qanday mantiqiy mulohazasiz, o‘zining bilim va malakalariga, tajribalariga, pedagogik mahorati va aql-zakovatiga, sezgisiga asoslanib, aniq qaror qabul qilishi, vaziyatning o‘zgarishiga qarab munosabatini, shaxsiy pedagogik faoliyatini to‘g‘rilab, uzviy ravishda ushbu qarorni o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida qoilashi lozim.
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. SHu boisdan hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo‘lg‘usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chi-qarish ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dil-kashlik sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga "kirib borish"ga yo‘l ochadi;
uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’iim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va xotirjamligini ta’minlaydi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot madaniyati individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
MULOQOT MADANIYATIDA INDIVIDUAL USLUBLARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
1. O‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishi:
2. o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish;
o‘quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish;
o‘qituvchining muloqot madaniyatini to‘g‘ri tashkil etishi.
2. SHaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etishi:
kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish;
har qanday vaziyatda o‘quvchilarga qo‘pollik qilmaslik;
o‘quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish.
3. O‘qituvchi o‘zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay bo‘lgan uslublarini tanlab olishi:
pedagogik faoliyatiga monand muloqot madaniyati modelini ishlab chiqishi;
o‘z-o‘zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini muntazam taqqoslab borishi;
muloqotda milliy ma’naviyatimiz, urf-odat va an’analarimiz imkoniyatlaridan doimiy foydalanish.
4. Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik:
har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini ishlab chiqishi;
muloqotning tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e’tirof etish;
muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish.
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur.
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot ma-daniyati o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim:
- o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot mada-niyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar xatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish;
- o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni vujudga keltirish;
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-sharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘quvchilar bilan o‘zaro muomalaning "ustoz-shogird" an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob’ektining diqqatini o‘ziga jalb qilish;
- muloqot ob’ekti, ya’ni o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qilish deganda nimani anglash kerak? Buning ma’nosi o‘qituvchi o‘zining xushmuomalaligi, madaniyafi, go‘zal xulqi, muloqotda o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olishi bilan o‘z mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-psixologik negizni asos qilib olishidir.
Ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun, o‘qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-axloqiga, dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu fazilatlar o‘qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o‘quvchilar bilan aniq maqsadni ko‘zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni boshqara olishida muvaf-faqiyatlar garovidir.
Kasbiy faoliyatning noyob fazilati bo‘lmish pedagogik muloqot madaniyatiga amal qiladigan yosh o‘qituvchi quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi lozim:
- mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo‘lgan yuksak ma’naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e’tiqod, davlatimiz ideallari, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg‘ulari shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs;
- o‘quvchilarga samimiy mehr-muhabbat, ularning har qanday ehti-yojlari, qiziqishlari, xatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko‘nikmasi va malakasining shakllanganligi;
- jamiyatda ro‘y berayotgan hodisalar, jahonda ro‘y berayotgan voqealar, tabiatga, borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo munosabatlarga nisbatan pedagogik kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izla-nishga nisbatan intilish qobiliyatining mavjudligi;
- pedagogik faoliyatning barcha jabhalarida odamlarning xatti-harakatlari, munosabatlaridagi xususiyatlarni oqilona tushunish, o‘z faoliyatiga nisbatan refleksiv munosabatni tarkib toptirish;
- har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro‘y berayotgan yangiliklarga nisbatan hamda ijtimoiy - iqtisodiy o‘zgarishlarga omil-korlik va aql-idrok bilan munosabatda bo‘lish, o‘z oldiga to‘g‘ri maqsad qo‘ya olish, reja tuzish, bevosita nazorat qilish, boshqarish va o‘z imkoniyatlarini namoyon eta olish;
- pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy munosabatlarda ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik qobiliyatini namoyish etishi;
- dunyoqarashi va tafakkur ko‘lamining kengligi, dunyoviy bilimlarni bilishga nisbatan qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga moyilligi, muayyan ilmiy salohiyat va pedagogik mahorat darajasini muntazam oshirib borishi;
- o‘quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatining mantiqan ixcham, ma’noli, ta’sirchan kuchga egaligi, psixologik ta’sir o‘tkazish uslublari bilan qurollanganligi.
Har bir o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga to‘g‘ri, omilkor axborot uzatish va unga suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda o‘qituvchining muloqot madaniyati, ma’naviy olamining kengligi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchilarning pedagogik faoliyati uzluksizdir, u pedagogik muloqot madaniyatini muntazam shakllantirib borishida quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor berishi lozim:
1. YUksak pedagogik faoliyat nuqtai nazaridan o‘z-o‘zini anglashi, (muomalada o‘zining o‘zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va zaif tomonlarini bilishi) va shu asosda o‘zaro fikr almashish yo‘li bilan o‘z-o‘zini tarbiyalashi.
2. Kishilar bilan o‘zaro munosabatda kommunikativ iqtidorini shakl-lantirib borishi, muloqot asosida to‘g‘ri bashorat qilish sezgilarini mashq qildirishi, muloqotda o‘zining ideal tasavurlarini, imkoniyatlarini boshqalar (o‘qituvchilar jamoasi, o‘quvchilar, ota-onalar) qanday baholashi haqidagi refleksiv tasavurlarini tahlil qilishi.
3. O‘zida muosharat odobining muhim xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlashi.
4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan turli jamoat ishlarini olib borishi, bunda o‘zaro fikr almashish asosida pedagogik tashkilotchilik qobiliyatini takomillashtirib borishi.
5. Muloqot jarayonida paydo bo‘ladigan salbiy holatlarni engish ko‘nikmalarini shakllantirishi, dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlan-tiradigan vaziyatlar tizimini yaratishi.
O‘qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham, o‘quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo‘lishi tabiiy hol. Har qanday tajribali o‘qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida o‘ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. O‘quvchilar jamoasida sodir bo‘ladigan har qanday pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o‘qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik faoliyatida namoyon bo‘ladigan tipik hodisa.
Ayniqsa, ushbu holat endigina o‘z faoliyatini boshlagan yosh o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi. YOsh o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini doimiy nazorat qilish, ularga to‘g‘ri yo‘nalish berish, barcha o‘quv muassasalari pedagogik jamoatchiligiga, ustoz o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilishi lozim. Pedagogik faoliyatda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yadigan o‘qituvchining yoshiga va ish tajribasi ko‘lamiga odatda o‘quvchilar hech qachon e’tibor bermaydilar. CHunki, o‘quvchilar yoshidan va tajribasidan qat’iy nazar barcha o’qituvchilarni ustoz deb ataydilar. O‘zbekistonda ta’iim-tarbiya va pedagogik muloqotning o‘ziga xos an’analari, milliyligimizga mos shakl va metodlari mavjud.
Zero, I.A.Karimov asarlarida ta’kidlanganidek, "Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, biiyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’iim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda". Bu ulkan mashaqqatlar evaziga amalga oshirilib kelinayotgan ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishidir. Hozirgi zamon o‘qituvchisidan, hayot sinovlariga bardoshli bo‘lish, millat qadriyatlarini anglash, jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topish, yuksak ma’rifatli va ulkan salohiyatli bo‘lish, eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni mukammal bilish talab etiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli ziddiyatli vaziyatlarni tezda bartaraf etishi uchun, avvalo o‘z iqtidoriga, pedagogik mahoratiga tayanishi kerak. Pedagogik muloqot asosida erishiladigan yutuqlar o‘qituvchining ijodiy mehnati mahsulidir. Ushbu mehnatning salbiy va ijobiy tomonlari bo‘lishi shubhasiz. Har bir vaziyatni oqilona baholash, uni to‘g‘ri rejalashtirish, tarbiyaviy jarayonlarda aql-idrok bilan muloqotni tashkil etish zarur.
O‘qituvchi bilan o‘quvchilarning muloqotda bir-birlarini o‘zaro tushunmasliklari, muloqot vositalarining qashshoqligi, har bir o‘quvchining ruhiyatiga qarab muomala qilinmasligi, barchaga bir xil majburiy itoatkorlik munosabati, o‘quvchilarni tor doiradagi intizomga chaqiruvchi emotsional jihatdan salbiy tus berilgan buyruq shaklidagi muloqot doimiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Pedagogik muloqot usullari ustida ishlashning asoslangan tizimini tuzish uchun, har bir o‘qituvchi o‘zining muammolaridan, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklaridan kelib chiqib, qiyinchiliklarni tahlil qilish bilan bartaraf etishi lozim.
Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo‘nalishini mavjud pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir muloqot ishtirokchilarining imkoniyatlarini ochishga ko‘maklashuvchi uning shaxsiy hislatlarini rivojlantirib borishni ta’minlovchi vositalardan foydalanish taklif qilinadi. Muloqotga ba’zi o‘quvchilarning sub’ektiv qarashlarini aniqlash, shu o‘quvchi bilan muloqotni oqilona hal qiiinishi uchun zarur bo‘lgan vazifalarni belgilash, uning xulqini tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish kerak.
Mazkur vaziyatlarda o‘zaro harakatlarning tizimli vositalari majmuasi quyidagicha belgilanishi mumkin:
• muloqot jarayonida tarbiyalanuvchi ob’ektning javob harakati imkoniyatlarini oldindan ko‘ra bilish;
• ob’ektda psixologik to‘siq va salbiy qarashlarni keltirib chiqa-ruvchi vositalarni qo‘lga kiritish;
• vaziyatning o‘zgarishiga qarab foydalanish mumkin bo‘lgan muloqotlarning bir nechta modeliga ega bo‘lish;
• o‘quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga qo‘shilish, ularga hamdardlik ko‘nikmasini rivojlantirib borish;
• o‘zaro muloqot natijalarini baholash va erishilgan yutuqlar hamda kamchiliklarni pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o‘qituvchilikning shaxsi, uning qarashlari nuqtai nazarlarida va xulqida namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy siyosiy saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan uzviy bog‘liq. Bu asosiy hislatlardan tashqari o‘qituvchining umumiy va boshqa qobiliyati, uning moyilligi xarakteri, muvaqqat psixik holatlari, shuningdek, to‘plangan tajribasi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi shaxsining professional jihatlarini va o‘z-o‘zini tarbiyalash yoshlaridan biri o‘zining sifat va hislatlarini, shuningdek, pedagogik faoliyat va muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o‘qituvchi bilimining saviyasi va tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini tahlil qilishga doir mashqlarda ham namoyon bo‘ladi.