Pedagogik ta’sir ko‘rsatish - kommunikativ qobiliyatning asosiy usuli sifatida
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-siyosiy mustaqillik qo‘lga kiritilgach, hayotning barcha sohalarida, shu jumladan, ta’lim sohasida ham tub islohotlar olib borilib ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Islohotlar respublikaning rivojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning nutqlari va qator asarlarida ta’lim va tarbiya O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinib, uning maqsad va vazifalari belgilab berilgan.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish o‘qituvchining muhim kommunikativ qobiliyatlaridan biri bo‘lib, avvalo o‘qituvchining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati, munosabatga kirishishi va nutq madaniyati asosida o‘quvchilar bilan muntazam tarbiyaviy faoliyat olib borish jarayonida namoyon bo‘ladi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish - tarbiyalanuvchiga ongli intizom va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, tarbiyani ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir ko‘rsatish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning xulq-atvori va dunyo-qarashini takomillashtirish, yosh avlodni muayyan maqsad asosida tarbiyalash, ijtimoiy ong va xulq-atvorni xalqimizning boy mafkuralari asosida shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-tuyg‘ulari rivojlanadi, unda ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, o‘qituvchining ta’lim va tarbiyaviy maqsadlarga erishishi qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularaing pedagogik jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish mazmunida tarbiya mohiyati ifodalangan bo‘lib, uning mazmuni mamlakatoing ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqib asoslanadi. Tarbiya mohiyati turli davrlarda har xil ifodalangan bo‘lsa ham, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyatiga ko‘ra bir-biriga o‘xshash g‘oyalarni ifodalaydi. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqligi qadimdan o‘z isbotini topgan.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab kamolotga yetkazishdan iborat.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy tarbiyaviy usullari hayotdan, millatning yashash tarzidan, milliy an’ana va urf-odatlardan kelib chiqib tanlanadi. Ular o‘quvchilar tarbiyasini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish nuqtai nazaridan tanlab oladi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini pedagogik jihatdan ma’lum bir maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish uchun foydalaniladigan vositalar tizimidan iborat. Ushbu vositalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning xulq-atvorini shakllantiradi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchi tomonidan pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.
Talab - ta’lim va tarbiya jarayonida o‘qituvchining tarbiyalanuvchiga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining u yoki bu xatti-harakati o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘-batlantirib boriladi yoki aksincha nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘yi-ladi.
Istiqbol - ta’sirchan pedagogik usul bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini tako-millashtiradi. Bu maqsadiar ulaming shaxsiy intilishlarida, qiziqish va muddaolarida namoyon bo‘ladi. Ushbu usul maktab o‘quvchilarini shaxs sifatida eng muhim insoniy fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluv-chanlikni rivojlantiradi.
Rag‘batlantirish va jazolash - tarbiyaviy ta’sirning eng an’anaviy usuli bo‘lib, o‘quvchilar xulq-atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. YAxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat, axloqiy hislat, topshiriqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun o‘quvchi rag‘batlantiriladi. Nomaqbul xatti-harakat, tartibbuzarlik, o‘z burchini bajarmaslik jazolash orqali bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni qo‘llash jarayonida o‘qituvchidan nihoyatda ehtiyotkorlik, sezgirlik va hushyorlik talab etiladi.
Jamoatchilik fikri - tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli bo‘lib, o‘quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natija-lariga qarab muntazam rag‘batlantirib borishda namoyon bo‘ladi. Jamo-aning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum bir yo‘nalishda amalga oshirilishini ta’minlaydi, o‘quvchilarning bir-birlariga do‘stona munosabatini shakllantiradi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullaridan samarali foydalanishning eng muhim sharti o‘qituvchining insonparvarlik nuqtai nazaridan yonda-shishini talab etadi. Ushbu usuiiar kasbiy mas’uliyatni his etadigan yagona intilishga qaratilgan jonli kishilarning jonli munosabatidir. Pedagogik ta’sir qilish o‘quvchilar psixikasining anglanmaydigan sohasiga qaratilgan bo‘lib, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning yaqindan aloqa-da bo‘lishini, ularning o‘zaro bir-birlariga ishonishini, o‘zaro tushunishini, ta’sir qilish mazmuni, shaxsning bir butun holatiga amaliy ta’sir qilishini nazarda tutadi. SHunday qilib, ta’sir qilish ta’lim-tarbiya samaradorligini hozirgi zamon talablari darajasida takomillashtirib borishda yo‘l-yo‘riq yaratib, o‘quvchilarning faolligini rag‘batlantiradi.
O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklarini, ularning o‘zaro kommunikativ munosabatlari hamda faoli-yatlari o‘rtasidagi bog‘lanishning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unutmasligi shart. O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishida muvaffaqiyatlarga eri-shishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro pedagogik munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni ijobiy tomonga o‘zgartirishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan va har jihatdan mukammal bo‘lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar tizimini tashkil etish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchi ruhiyatini chuqur bilib olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi, axborot berishi, fikr almashishi, ular qayg‘usini, tuyg‘ularini tushunishi va hamdard bo‘lishi zarur. Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi:
• o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi;
• munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi;
• bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish;
• munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida oqilona boshqarish;
• munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim.
O‘qituvchi tarbiyachi sifatida tarbiyalanuvchi o‘quvchilarni o‘zi uchun hamisha tarbiya ob’ekti deb hisoblashi kerak. Biroq tarbiyalanuvchi o‘qituvchi-tarbiyachi bilan erkin va ongli munosabatda bo‘lishga erishsagina, tarbiyaviy munosabatlar samarali xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ munosabatlar jarayonida o‘ziga xos qator qoidalari ham mavjud bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilarga pedagogik ta’sir ko‘rsatishda ushbu qoidalarni mukammal bilishi lozim:
O‘QUVCHILARGA PEDAGOGIK TA’SIR KO‘RSATISHDA O‘QITUVCHI AMAL QILADIGAN QOIDALAR
> tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi;
> tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa ekanligi;
> shaxsni jamoada tarbiyalanishida o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish;
> tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo‘lish va uning shaxsini hunnat qilish;
> tarbiyalanuvchining yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi;
> tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini ta’minlash.
4.3. O‘qituvchining kommunikativ qobiliyatida so‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish
So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish o‘qrtuvchining madaniy saviyasida va o‘quvchi muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki insonning "aql-zakovati, fikr-tuyg‘ulari, bilimi va madaniyat saviyasi, tafak-kuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi" (Aziz YUnusov). So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazishni amalda o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llovchi o‘qituvchi o‘z hissiyotlarini, ijodiy ta’sirlanishini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi va o‘z his-tuyg‘ularini faqat ta’lim-tarbiyaviy maqsadni amalga oshirish uchun ifodalashi hamda o‘quvchi qalbini noo‘rin so‘zlar bilan jarohatlab qo‘ymasligi, so‘zlarni aniq ifodalashda pedagogik takt normalaridan chiqib ketmasligi lozim. So‘z qudrati haqida R. Dekartning quyidagi fikrlari o‘qituvchilarga ham bevosita taalluqlidir: "So‘zlarning ma’nolarini, qudratini odamlarga aniq ifodalab tushuntirib bering, shunda siz insoniyat olamini barcha anglashilmovchiliklarning yarmidan xalos qilgan bo‘lasiz".
Bunda o‘qituvchining shirinsuxanligi mujassamlashgan notiqlik san’ati hamda aktyorlik qobiliyatini namoyon qila olishini alohida e’tirof etish kerak. O‘qituvchi aktyordek tayyor tekstni yod olmaydi, biroq u har gal takrorlanmas vaziyatda ijod qiladi. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish o‘qituvchidan fikrlarni, pedagogik qobiliyat texnikasini, ijodkorlikni talab qiladi.
O‘qituvchining imo-ishoralari va yuz harakatlari so‘z bilan og‘zaki ta’sir qilishni kuchaytiradi. YUz harakatlari va imo-ishoralar nutqda ovozning baland-pastligi bilan mos kelishi kerak. Ogohlantiruvchi so‘zlar, notiqlik san’ati asosida ta’sir etish, vazifani ijro etishga undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan iboralarni ishlatmaslik, hazil orqali fikrini anglatish, o‘quvchining erkin mulohazalarini ma’qullash yoki nojo‘ya harakatlari uchun ayblash so‘zning og‘zaki ta’sir etuvchi komponentlaridir. So‘z bilan imo-ishoraning va yuz harakatlarining birligi ma’lum qilinayotgan axborot hajmdorligi va ta’sirchanligini kuchaytirishi lozim. Har qanday sharoitda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan sinfda uchrashishga maxsus hozirlik ko‘rishi lozim.
O‘qituvchining sinf jamoasi bilan bo‘lg‘usi muloqotga tayyorgarlikka doir ibratli misol F. Samuylenkovning "Masterstvo, pedagogicheskiy takt - ego avtoritet uchitelya" ("O‘qituvchining mahorati va takti - uning obro‘sidir") kitobida keltiriladi: "Men birinchi "B" sinfga kirishga otlanayotgan vaqtimda o‘qituvchilar xonasidayoq yuzimdagi tabassumni quvaman. Sinfga kirishdan oldin ongli ravishda bir lahza to‘xtab o‘zimni to‘g‘rilab olaman, o‘zimga jiddiy, deyarli ifodasiz tus beraman. O‘quvchilar bilan kam, juda aniq, keskin gaplashaman. Hech qanday hazilga qo‘ymayman. Dars berayotgan vaqtimda o‘tirmayman, bolalar bilan rasman xushmuomalada bo‘laman. Bunday maromni saqlash menga oson emas, lekin shunga o‘rganganman, chunki hozircha bu sinfda o‘zimni boshqacha tutishim mumkin emas: sinf tez ta’sirlanuvchan, tezda "qirg‘oqdan chiqib ketadi va yana qaytib oqimga tushishi qiyin". Olimning bu mulohazalar hozirgi kunda ham o‘z qudratini yo‘qotgan emas. U o‘qituvchining deyarli har bir harakatda jiddiy fikr yuritishga undaydi. Darhaqiqat, o‘qituvchining har qanday hazili yoki bachkana qilig‘i darhol teskari reaksiya berishi mumkin.
Hatto engil hazilga ham sinf o‘quvchilari qizg‘in javob beradi, ulaming fikrini qaytadan "jamlab" diqqatini jalb etish va ish kayfiyatini yaratish keyin juda qiyin bo‘lishi mumkin.
So‘z bilan og‘zaki ta’sir qilishda o‘qituvchi nutqi nihoyatda mux-tasar, ravon, va muloyim bo‘lishi, intonatsiyalar o‘z o‘rnida ishlatilishi kerak. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish qudrati SHarq xalqlarida azaldan ma’lum bo‘lgan. CHunki, o‘qituvchining "Ma’noli va bejirim gapira bilishi, nutq daryosidagi maqbul va nomaqbul to‘lqinlarni ilg‘ay olishi, so‘zning orqa-o‘ngini, munosib o‘rnini farqlay bilishi, nutqiy fahmi-farosat, ta’sirli so‘z odobi kabi fazilatlar Turonda inson umumiy aqlining, ma’naviy rasoligining tayanch ustunlaridan sanalgan", deb ta’kidlaydi tilshunos olim N.Mahmudov.
Hozirgi davrda o‘qituvchi faoliyatida uchraydigan kommunikativ munosabatlarda so‘z bilan og‘zaki ta’sir etish nihoyatda xilma xil bo‘lib. bevosita pedagogik ta’sir ko‘rsatishning nisbatan mustaqil ko‘rinishini o‘zida mujassamlashtiradi. Bilish, anglash, ekspressiv (his-tuyg‘uga berilish holati), ijtimoiy an’anaviy muloqot, inson holatini so‘zsiz tushunish, dilkashlik o‘qituvchining pedagogik faoliyatida uchfaydigan doimiy takrorlanib turadigan kommunikativ munosabatlarning turlaridir. Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda ularni nazarda tutish lozim.
Ayniqsa, pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etishda so‘zning ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogik muomala madaniyatiga va tarbiyachining shirin so‘zligiga alohida talablar qo‘yiladi. So‘zlashganda odob va ehtirom o‘qituvchining pedagogik mahoratida uchraydigan muhim insoniy fazilati sifatida namoyon bo‘ladi. Xushmuomalalik - o‘qituvchi va tarbiyachilarning sinfda individual ish olib borish jarayonida ota-onalar hamda o‘quvchilar bilan muloqotni aniq bir tarbiyaviy maqsadni ko‘zlagan holda tashkil eta olishi va ta’lim-tarbiyaviy faoli-yatni to‘g‘ri boshqara bilishidir. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida xushmuomalalikning yosh o‘qituvchi amal qiladigan quyidagi mezonlarini alohida ta’kidlab o‘tamiz:
YOSH O‘QITUVCHI AMAL QILISHI LOZIM BO‘LGAN XUSHMUOMALALIK MEZONLARI
|
>
|
o‘quvchilarga og‘zaki ta’sir qilishda shirinsuxanlik va insoniylik tuyg‘ularini namoyish etish
|
|
|
|
|
>
|
so‘z bilan og‘zaki ta’sir etishning barcha bosqichlarida hissiy osoyishtalikning namoyon bo‘lishi
|
|
|
|
|
>
|
o‘zaro fikr almashishga doir sifatlar, ko‘nikmalar va malakalarning mavjudligi
|
|
|
|
|
>
|
o‘quvchilarning ta’lim va bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish
|
|
|
|
|
>
|
mustaqil fikr yuritish, o‘z fikrini erkin bayon eta olish, insoniy qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirish
|
O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib borishi zarar. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarini tavsiya etish mumkin.
1. Kasbiy faoliyat jihatidan o‘z-o‘zini anglashni (muomalada o‘zaro fikr almashishga doir sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish va shu asosda o‘zaro fikr almashish asosida o‘z-o‘zini tarbiyalash dasturini ishlab chiqish.
2. O‘z kasbiy faoliyatiga quyidagi yo‘nalishlarda baho berish maqsadga muvofiq: kishilar bilan bo‘lgan muomaladan so‘ng olingan taassurotlarni tahlil qilish, o‘quvchilar bilan muomalaning so‘nggi holatlarini o‘rganib, muomala haqida o‘zining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, muomaladagi imkoniyatlaringizni atrofdagilar (o‘qituvchilar jamoasi, ota-onalar, o‘quvchilar) qanday baholashi haqidagi tasavurlarga ega bo‘lish.
3. O‘zida insonparvarlikning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan o‘z-o‘ziga ta’sir o‘tkazuvchi "autogen" mashqlar asosida ishlash.
4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan turli jamoat ishlarini olib borish, bundan o‘zaro fikr almashish faoliyatida ko‘nikma va malakalar (ma’ruzalar, suhbatlar, kamolot yoshlar uyushmalari) hosil bo‘ladi.
5. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazishda salbiy kayfiyatlarni engish tajribasini shakllantiradigan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vazi-yatlar tizimini yaratish.
6. Xushmuomalalikka milliy an’ana va urf-odatlarimiz, o‘zbekona muomala madaniyati, milliy ma’naviyatimiz nuqtai nazaridan yondashish.
7. O‘z ona tilida puxta, lo‘nda va jarangdor so‘zlar tuza olish va uni nutqiy mahorat bilan ifodalash ta’lim muassasalarida o‘rganilayotgan har bir fan o‘qituvchisi uchun eng zarar kommunikativ qobiliyatlardan biridir.
Taklif etilgan ushbu tizim asosida pedagogik faoliyat olib borish o‘qituvchi kasbiga oid shaxsiy fazilatlardan biri bo‘lgan insonparvarlik va xushmuomalalikni shakllantiradi. O‘qituvchi kasbiy faoliyati davomida nutqidagi so‘z qudratini takomillashtirib boradi. U o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali so‘z boyligini go‘zal, ravon, ifodali, ta’sirchan bo‘lishiga intiladi. Zero, go‘zal va ta’sirchan so‘zlay bilish ham san’at. Bu san’atdan bebahra bo‘lgan o‘qituvchining kasbiy mahorati shakllanadi. Qaysi fanni o‘qitishdan qat’iy nazar, o‘qituvchining asosiy quroli so‘z boyligidir, u so‘z qudrati asosida kommunikativ qobiliyatini namoyish etadi.
O‘qituvchining eng muhim sifatlaridan biri uning o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikda ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi, ular bilan qizg‘in muloqot qila olishi va ularga jonkuyar, mehribon rahbar bo‘lishidir. Pedagogik-psixologik yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy- tadqiqot ishlarida, o‘qituvchilarning sermahsul pedagogik faoliyatni amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan kommunikativ qobiliyati to‘g‘risida ko‘plab fikr va mulohazalar yuritilgan.
O‘qituvchi o‘z kasbiga qiziqmasa, o‘quvchilarga nisbatan mehr-mu-habbati bo‘lmasa, ular bilan qizg‘in muloqot qila olish qobiliyati, ya’ni kommunikativ xususiyatlari rivojlanmaydi. Uzoq yillar davomida pedagogika sohasida olib borilgan tajribalar shundan dalolat beradiki, kommunikativ faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun, o‘qituvchining integral fanlar asoslarini va o‘quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini chuqur bilishi yetarli emas. Zero, u bilim hamda amaliy ko‘nikma va malakalarini o‘quvchilarga faqat bevosita jonli muloqot vositasida bera oladi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqoti, ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatning muhim sharti va mazmuni sifatida namoyon bo‘ladi.
Insonning hayot tarzida eng muhim tarkibiy vosita bo‘lgan muloqot, har qanday kasbiy faoliyatning barcha turlarida mavjud. Biroq bir qator kasb egalarida (chunonchi, pedagog, shifokor, san’atkor va hokazo) u kasbiy faoliyatga shunchaki hamroh bo‘lgan oddiy omil emas, balki kasbiy ahamiyat kasb etadigan, uning asosini tashkil etadigan muhim kategoriya sanaladi. Bu holda muloqot insonlar o‘rtasidagi odatiy o‘zaro hamkorlik shakli emas, balki kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlovchi kategoriya sifatida mavjuddir. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda muloqot muhim funksional, o‘qituvchi uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli vosita sanalib, o‘zaro ta’lim va tarbiyaviy ta’sir quroli sifatida namoyon bo‘ladiki, bunda muloqotning muhim shartlariga va qonuniyatlariga, qo‘shimcha vazifalariga rioya qilishga to‘g‘ri keladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar bilan odatiy o‘zaro hamkorlik tizimida muloqot go‘yo, shunchaki o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladi. Ma’lum bir maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada o‘qituvchi pedagogik muloqot qonuniyatlarini puxta bilishi, kommunikativ qobiliyat va kommunikativ madaniyatga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Odatiy va kasbiy kommunikativ vaziyatni qiyoslab ko‘ramiz. Aytay-lik, do‘stingizga nimanidir gapirib berayapsiz. Masalan, biror ko‘rgan filmingiz to‘g‘risida, uning mazmun va g‘oyasini bemalol so‘zlayapsiz. Bu holda muloqotning turmushda ro‘y beradigan odatiy kommunikativ shaklidagi shaxsga yo‘naltirilgan tizimi bilan ish ko‘rgan bo‘lasiz. Tasavur qiling, Sizga shu vazifani auditoriyada, minbarda turib, o‘quvchilar oldiga chiqib gapirib berish taklif etildi. Siz kommunikatsiyani amalga oshirish vazifasini, avvalo, muloqotning tabiiy shakllari o‘rniga kasbiy-funksional javobgarlik hissini, ya’ni kasbiy jihatdan anchagina murakkablashgan pedagogik faoliyatni darhol his etasiz.
Kasbiy-pedagogik muloqot deganda, o‘qituvchi va ta’lim-tarbiya jarayoni ob’ektlarining o‘zaro hamkorlik tizimi tushuniladi, uning asosiy faoliyat mazmuni o‘zaro axborot almashish, shaxsni bilish, tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish sanaladi. O‘qituvchi bu jarayonni faollashtiruvchisi sifatida maydonga chiqadi, uni tashkil etadi va boshqaradi.
A.N.Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy-didaktik ahamiyatini baholar ekan, quyidagi fikrlarni bildiradi: faol pedagogik muloqot - o‘qituvchining, umuman olganda pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni bilish va o‘rganish kaliti va o‘quv faoliyatining ijodiy xarakteri, o‘quvchi shaxsining shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan, ta’lim-tarbiyada maqbul bo‘lgan emotsional muhitni ta’minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to‘siqlarning paydo bo‘lishini oldini oladigan, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik jarayonlarni to‘g‘ri yo‘lga solib boshqarishni ta’minlaydigan va o‘quv tarbiyaviy jarayonda o‘qituvchining o‘z pedagogik mahoratidan oqilona foydalanishi uchun imkoniyatlar yaratadigan muhim vositadir.
Pedagogik faoliyatda muloqot o‘quvchilarga zamon talablari asosida ta’lim berish vazifalarini hal qilish vositasi, tarbiyaviy jarayonlarni ijtimoiy-pedagogik jihatdan ta’minlash tizimi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni tahlili hamda taniqli olimlar A.S. Makarenko, V.A. Suxomlinskiy va boshqalarning pedagogik faoliyatini o‘rganish natijasida shunday xulosaga kelish mumkin, aynan o‘quvchilar bilan o‘qituvchi muloqotining pedagogik ta’sir vositasi nihoyatda beqiyos, muloqotni pedagogik mahoratning eng muhim birlamchi vositasi sifatida chuqur egallaganlik ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini har tomonlama oshirishni ta’minlaydi. A.S. Makarenko muloqotni pedagogik ta’sirning ajoyib vositasi sifatida ta’riflab, insonlararo muloqotni ta’minlovchi eng muhim va nozik faoliyat ekanligini aytadi. Pedagogik muloqot - shunchaki ijtimoiy-psixologik, pedagogik yoki kommunikativ hodisa emas, avvalo kasbiy axloqiy fenomendir (hodisa). Jamiyatda axloq normalariga qat’iy rioya qilish hamda pedagogik vositalarning ilg‘or jarayonlarini amaliy hayotga keng tatbiqi uchun o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlik texnologiyalarini mukammal egallash lozim. SHunday «texnologiya»larning mavjudligini pedagogik tadqiqotlar isbotlab berdi.
O‘qinivchining kommunikativ faoliyati maqsadli faoliyatga nisbatan ko‘pincha ikkilamchi xarakterga ega bo‘ladi, pedagogik mehnatning o‘ziga xosligi ham aynan kommunikativ faoliyat uning asosini tashkil etishidan iborat ekanligidadir.
Pedagogik muloqot o‘qituvchilar pedagogik ijodkorligining yaxlit tizimida qanday ahamiyat kasb etadi? Pedagogik faoliyatning muhim mikroelementlari nostandart echimlardan iborat, garchi o‘qituvchi faoliyatida pedagogik vaziyatlar bir qarashda bir biriga o‘xshash ko‘rinsa-da, o‘qitavchining ushbu vaziyatlardagi har bir xatti-harakati mutlaqo noyob va betakrordir. O‘qituvchining ijodiy pedagogik faoliyati tahlil qilinganda, mukammal shaklga ega bo‘lgan tizimlardan iborat ekanligini ko‘ramiz:
- o‘qituvchining sinfda, o‘quvchilar jamoasi bilan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan ijodiy tayyorgarligi;
- o‘quvchilar bilan bevosita o‘zaro hamkorlik asosidagi ijodkorlik.
O‘qituvchining pedagogik muloqoti jarayonidagi ijodkorligi bir nechta ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
- o‘qituvchining o‘quvchilarni mukammal bilish jarayonidagi ijodkorligi;
- ular bilan o‘zaro hamkorlik tizimidagi ijodkorlik;
- o‘quvchiga bevosita ta’sirni tashkil qilishdagi ijodkorligi;
- o‘z xulq-atvorini boshqara olishda (muloqotni o‘zini-o‘zi bilgan holda bir maromda olib borish) ijodkorlik;
- o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish jarayonida ijodkorlik.
Modomiki, shunday ekan, ta’kidlash lozimki, o‘qituvchining muloqoti kasbiy-ijodiy kategoriya bo‘lib, pedagogik faoliyatda o‘qituvchi tomonidan ko‘plab kommunikativ vazifalarni hal qilish jarayoni va ijobiy natijalar majmuasidir.
O‘qituvchi ta’iim-tarbiya jarayonida muntazam pedagogik ta’sir o‘tkazish metodlari bilan ishlaydi: masalan, dars jarayonida yangi mate-rialni tushuntirishda, o‘quvchiga aybi uchun dashnom berishda. Ushbu vaziyatda yosh o‘qituvchi avvalo nimalarga e’tibor berishi kerak: Birinchidan, vaziyat tahlil qilinadi; ikkinchidan, murakkab vaziyatdan chiqishning mumkin bo‘lgan variantlari saralanadi, uchinchidan, ushbu faoliyat, odatda tezkor amalga oshiriladi (bunda ham pedagogik kommunikatsiyaning o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi) va optimal metodlar tanlanadi, faqat shundan keyingina pedagogik ta’sir tashkil qilinadi. Biroq hali tanlangan ta’sir metodiga adekvat bo‘lgan, u orqali pedagogik ta’sir amalga oshiriladigan muloqot tizimini topishimiz kerak. YA’ni, ma’lum bir maqsadga qaratilgan umumiy pedagogik vazifani hal etgandan so‘ng, ta’sir metodini tanlab bevosita ta’sirni tashkil qilish uchun asosiy vazifa sifatida kommunikativ vazifa belgilanishi kerak.
Kommunikativ vazifa pedagogik faoliyatda, nisbatan ishlab chiqa-ruvchi xarakterga ega bo‘lib, murakkab vazifani hal etadi. Zero u pedagogik vazifadan kelib chiqqan, shu sababli o‘qituvchi tomonidan tan-lanadi va belgilanadi. Aytish mumkinki, kommunikativ vazifa aynan kommunikatsiya tiliga o‘tkazilgan pedagogik vazifaning o‘zi. Kommunikativ vazifa pedagogik vazifaning asosini aks ettirib, unga nisbatan yordamchi, instrumental xarakterga ega bo‘lgan jarayondir.
Pedagogik amaliyotlar natijasi shundan dalolat beradiki, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan o‘zaro hamkorlikning o‘ziga xos to‘g‘ri metodini tanlab hamda vaziyatni to‘g‘ri baholagan taqdirda ham, ko‘pincha o‘z pedagogik ta’sirini kommunikativ jihatdan ta’minlay olmaydi, ya’ni kommunikatsiyani o‘zaro muloqotda amaliy jihatdan tatbiq eta olmaydi.
Pedagogik ta’sirning o‘qituvchi tomonidan tanlanib qo‘llaniladigan metodlari bevosita muloqot orqali amalga oshiriladi. SHunday ekan, mazkur jarayonni yuksak mahorat bilan, ongli ravishda tashkil etish,. pedagogik faoliyatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday vaziyatda bu jarayonga tayyor turishi zarur. Buning uchun har bir o‘qituvchi mustaqil, o‘z pedagogik tajribalariga va mahoratiga asoslanib, o‘quvchilarga pedagogik ta’sir etishning quyidagi mantiqiy obrazi jadvalini tuza-di, o‘zi uchun kerakli bo‘lgan, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni mustaqil ravishda yig‘ib, qayd qilib borishlari hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarini oshirib borishlari mumkin:
Pedagogik vazifa va uni hal qilish jarayoni.
Belgilangan vazifani hal qilish uchun tanlangan pedagogik ta ‘sir metodlari tizimi.
Pedagogik ta ‘sir etish metodikasini amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan kommunikativ vazifalar tizimi.
Pedagogik tasir ko‘rsatish. (natijalar)
Dostları ilə paylaş: |