Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar: 1. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqotning ahamiyati haqida
gapiring?
2. Kasbiy pedagogik muloqot tushunchasini izohlang?
3. Pedagogik muloqot o‘qituvchi ijodkorligi tizimiga qanday ta’sir
etadi?
4. Pedagogik ta’sir etishning mantiqiy obrazini tasvirlab bering?
5. Ta’lim - tarbiya jarayonida o‘qituvchi qanday kommunikativ
vazifalarni amalga oshiradi?
6. Pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘nalishlariga tavsif bering?
7. Muloqotni tashkil etishda o‘qituvchining tashabbuskorligi qanday vaziyatlarda namoyon bo‘ladi?
8. Muloqotni kasbiy faoliyatga mos ravishda modellashtirish to‘g‘risidagi tasavvurlaringiz?
9. YOsh o‘qituvchi muloqot madaniyatiga qanday uslublar bilan erishadi?
11. YOsh o‘qituvchining darsda pedagogik–psixologik jihatdan tayyorgarligi?
12. Pedagogik – psixologik muloqot jarayonining asosiy mohiyati nimalardan iborat?
5-mavzu. O‘qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik nazokat va odob-axloq.
6-mavzu. Pedagogik takt va pedagogik etika
Reja: Takt va pedagogik takt haqida yushuncha.
Takt va taktika.
Pedagogik taktni qo’llash shartlari.
Pedagogik odob.
Pedagogning muomala odobi
Tayanch so’z va iboralar:Takt,pedagogik takt, taktika, pedagogic odob, muomala odobi
1. O‘qituvchi pedagogik odobi, nazokati va uni egallash.1. O‘qituvchilik kasbini sevish pedagogik odobning zarur talablaridan biri hisoblanadi. O‘z kasbini sevgan kishigina butun kuch – g‘ayratini, qalb qo‘ri va dil haroratini bu ishga bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi.SHuningdek, bolalarni sevish, ularga mehr-muhabbatli bo‘lish o‘qituvchilik kasbi, o‘qituvchi axloqiy qiyofasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchidan bolalarga mehribonlik bilan birga talabchanlik va qattiqqo‘llik ham talab etiladi.
Muallimning bilimdon bo‘lishi, ma’naviy barkamolligi o‘quvchi shaxsining shakllanishiga ijobiy axloqiy ta’sir o‘tkazadi. «Qadimgi ajdodlarimiz», - degan edi I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ro‘zasida, - komil inson haqida butun bir ahlokiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanlar".
O‘qituvchi halollik, rostgo‘ylik, axlokiy poklik, odamiylik, kamtarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi pedagogik odobining muhim talab- qoidasidir. Muallim deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol- javob qiladi, ularning yaxshi xulqi, ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimini baholaydi, nojo‘ya xatti - harkati uchun tanbeh beradi.
Albatta, o‘qituvchining fikri, mulohazalarida nisbiylik, sub’ektivlik alomatlari mavjud. U hammaga aynan birdek to‘g‘ri munosabatda bo‘la olmasligi mumkin, lekin u hamma o‘quvchilarga nisbatan xolis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barchaning ishonchi komil bo‘lmog‘i lozim. Sinfda o‘qituvchi"yaxshi ko‘radigan", "yomon ko‘radigani" bor degan taassurot tug‘ilmasligi kerak.
Fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi va nihoyat o‘quvchilarni ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgatish va jalb etishni talab qiladi. Xullas, yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun bo‘lajak muallim yuksak pedagogik odob madaniyatini egallashi zarur. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik odobning talab va qoidalarini bilib, o‘zlashtiri6 olishi, tajribada pedagogik faoliyatda qo‘llashi, o‘zining dunyoqarashi va ahlokiy tajribasi bilan boyitishi lozim, fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‘rish natijasida pedagogik odobning talab va qoidalari o‘qituvchining shaxsiy e’tiqodiga, axlokiy fazilatlariga aylanadi.
Haqiqatdan, o‘qituvchi yoshlarga ta’lim - tarbiya beruvchi kishi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida shunday yozilgan: "Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega". CHunki HO‘qumat xalk ta’limi sohasida o‘rtaga qo‘yilayottan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq.
Har qanday mutaxassis odob-ahloq namunalariga ega bo‘lishi tabiiy, lekin pedagogik odoblilik mutlaqo o‘zgacha holdir. CHunki tabiatga, jamiyatga, notanish kishilarga, jism va ashyolarga, o‘z-o‘ziga munosabatda haqiqiy mezon rolini bajaruvchi qobiliyatga ega bo‘lishlik aynan o‘qituvchi shaxsida mujassamlashadi. Pedagogik nazokat etnopsixologik his-tuyg‘ulari, milliy xarakter xususiyati, xulq, faoliyat, muomala qoidalari, qonuniyatlari va ko‘nikmalaridan me’yoriy ravishda maqsadga muvofiq tarzda foydalanishda o‘z aksini topadi:
emotsional his-tuyg‘ular, kechinmalar, stress va affektiv holatlar xossalari, chegaralariga batamom rioya qilish;
xulq-atvor malakalarini amaliyotda oqilona qo‘llash;
bachkana qiliqlar, ortiqcha harakatlar qilishdan o‘zini tiyish;
nutq madaniyatidan tashqari chiqmaslik, shaxsiyatga tegadigan iboralar ishlatmaslik, qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik;
hissiy, aqliy bilish jarayonida muayyyan me’yorlarga asoslanish, manmanlikni namoyish etmaslik;
o‘quvchilar va o‘kituvchilar jamoalari bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatga kirishishda rasmiy, qat’iy ishbilarmonlik uslublariga asoslanish va hokazo.
O‘qituvchi - ziyolilar ichida ma’naviy dunyosi muayyan darajasi bilan tafovutlanib, ko‘rsatkichi bo‘yicha ancha yuksaklikka ega inson. Uning bu darajaga erishishi manbalari - o‘qituvchining kundalik, ijodiy izlanish faoliyatining ko‘rinishidan, ijtimoiy status va. rolni qat’iy ijro etishdan iborat. O‘qituvchining kasbiy mahoratidan tashqari, uning siyosiy, iqtisodiy, tarixiy bilimlarga ega bo‘lishidek zaruriyati, ehtiyoji, imkoniyati alohida ahamiyat kasb etadi.
2. Pedagogik nazokat o‘qituvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, bolalar bilan psixologik kontaktni saqlashga yordam beradi. O‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib o‘zida muloqotning demokratik uslubini shakllantiradi, o‘quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi.
Pedagogik nazokat o‘qituvchiga bolalar bilan muloqotda konflikt (qarama - qarshilik)dan qochishga, o‘zaro munosabatni to‘g‘ri kurishga yordam beradi.