mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari 2-mavzu. Oʼqituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat 15


-mavzu. Oʼqituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish



Yüklə 197,32 Kb.
səhifə30/46
tarix15.09.2023
ölçüsü197,32 Kb.
#143829
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46
qirgiz tili

11-mavzu. Oʼqituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish


Reja:

  1. O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning mohiyati.

  2. O’qituvchining kun tartibi va ish o’rni.

  3. Pedagogik mehnatini ilmiy tashkil etish tamoyillari

  4. Pedagogik mehnatini ilmiy tashkil etishning asosiy yo’nalishlari



Tayanch so’z va iboralar:mehnat, dars,o’z-o’zini tarbiyalash, pedagogik tajribani to’plash.
1. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi va uni o‘tish.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun har bir o‘qituvchidan tashabbuskorlik, ijodiylik, mustaqil fikrlay olish, yechimlarning yangi, andozasiz yondashuvlarni talab qiladi. Maktabdagi dars pedagogik ijodkorlikning bosh platsdarmi hisoblanadi. Darsda o‘qituvchining asosiy extiyoji: uzatish, berish, o‘rgatish amalga oshiriladi. O‘smoqda bo‘lgan yosh avlodga o‘z bilim va tajribalarini uzatish jarayonida o‘kituvchi o‘z ijodkorligini namoyon qiladi.
Dars ishlarida an’anaviy metodika bo‘yicha ko‘plab kamchiliklar haligacha yo‘qolgani yo‘q. Masapan, dars o‘tish jarayonida ma’nosini anglamay, yod olish elementlari haligacha saqlangan. Ko‘pchilik o‘qituvchilar hozirgi zamon iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayotni yorita borib, etilib qolgan muammolarni tahlil qilishga e’tibor berishmaydi, bapki o‘quvchida materialning eng muhim joylarini yodlab olishni talab etadilar.
Bunday dars berishdan qochish kerak. O‘quv jarayonini tashkil etishga yangicha sifat yondashuvi kerak. SHuning uchun maktabdagi formapizmni bartaraf etishga qaratilgan yangi g‘oyalar, konstruktiv holatlar pedagogik jamoatchilik tomonidan katta e’tibor bilan kutib olinmoqda. Bu hakda gapirganda, birinchi navbatda, pedagogik hamkorlik haqida aytish o‘rinli. Bunday pedagogik hamkorlikning mualliflari o‘qituvchi-novatorlar V. F. SHatalov, YE. N. Lisenkova, P. I. Volkov, M. P. Shetinin va boshqalar hakida gapirish mumkin, Pedagogik xamkorlik metodikasiga tayanib ishlansa, ancha yengil bo‘ladi. Bu yerda o‘qituvchi hotirjam, bolalar ham xotirjam, o‘zaro ishonch, ularga yengil, o‘qituvchi ham xursand. Quyida o‘qituvchi-novatorlarning pedagogik hamkorlikka asoslangan ijodiy laboratoriyalari ishi bilan tanishimiz.
Pedagog-novatorning asosiy g‘oyalari.
O‘quvchilar bilan munosabat. O‘qituvchi oldida o‘quvchilarni ta’limning umumiy mehnatiga jalb etishdek muhim vazifa turadi. Pedagogik hamkorlik oldingi pedagogikadan, bolalarni o‘qgapga tortishda o‘qituvchi va o‘quvchiga birgalikdagi mehnati asosiga qurilgan. O‘qituvchilar bilan munosabatda novatorlik yondashuvshishg mohiyati shundaki, ijtimoiy sharoitlarning o‘zgarishi ta’lim tizimida adekvativ o‘zgarishlarni talab etadi. V.I. Juravlevning ta’kidlashicha, hamkorlik pedagogikasi nafaqat munosabatlar, balki bilish operatsiyasining tuzilishini, bilimlarni jamoa bo‘lib egallash va mustaqil bo‘lib yakka tartibda ishlashni (eng yaxshi sherik bo‘lish uchun) ham talab etadi.

Yüklə 197,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin