Rivojlantiruvchi (bilish) vazifalar: O‘rganilayotgan materialdan eng muqimlarini, zarurini ajratib olish, qiyoslash - umumlashtirish, mustaqil fikrlay olish, ta’limda qiyinchiliklarni yenga olishga o‘rgatish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
5. Usta - o‘qituvchi darsining ishlamasi. O‘qituvchi shu darsning muallifi va dars uning mahorati, ijodkorligi, motivlariga bog‘liq bo‘lib, dars badiiy rangga ega bo‘lishi zarur. Avvalo, darsning ijodiy mushohadasi yuzaga keladi va u ishlanib, keyinchalik pedagogik asar sifatida amalga oshiriladi.
Darsning mushoxadasi quyidagi elementlardan iborat:
1) davlat programmasida belgilangan materialni o‘qituvchi tomonidan anglab yetish.
2) shu yoshda o‘qiyotgan o‘quvchilar saviyasini hisobga olgan holda
hozirgi zamon g‘oyaviy vazifalari bilan shu dars materiali o‘rtasidagi munosabatni belgilash.
3) o‘tiladigan materialning o‘qituvchining o‘z bilimi, tajribasi va g‘oyaviy tayyorgarligi bilan bog‘likligi.
4) oldingi o‘tilgan materialning bugungisi bilan o‘zaro uzviy bog‘liqligi.
5) o‘tiladigan materialning konkret sinf va konkret shaxs psixikasi bilan bog‘liqligi.
Eng yaxshi darsni hozirgi ilg‘or va yangi usullarga asoslanmay turib tashkil etish mumkin emas. SHuningdek, fanlar va turli yoshdagi o‘quvchilar gruppasining o‘ziga xos tomonlari ham hisobga olinishi kerak.
Masalan, M. Abdurasulov, V.F. Tursunov va S.N. Lisenkovalar tajribasi boshlang‘ich sinf uchun ma’kul bo‘lsa, V.F. SHatalov, N.P. Guziklarning tajribasi tabiiy matematik sikldagi fanlar uchun ma’qul,YE. N. Ilina, A, Jabborovlarning tajribalari adabiyot fani o‘qituvchilari uchun foydali. Dars mushoxadasini ishlab chiqish barobarida o‘qituvchi o‘quvchilarni darsning sub’ektiga, uning hammuallifiga aylantirish foydali.
Mushohadali o‘ylash - bu dars materiali uchun samarali prinsiplar va vositalarni o‘ylab topish, konkret sharoit uchun, ta’limiy, tarbiyaviy vazifalarni shu holat uchun belgilash kam vaqt, ortiqcha urinish qilmay materialni o‘quvchiga yetkazishdir. Masalan: darsni suhbat asosida yoki munozara usulida qanday tashkil etish mumkin?
Eng muhimi, darsni ishlashda uslubiy yo‘llar tanlash, keyinchalik darsning qolgan komponentlari haqida (vazifalarni tekshirish, mustahkamlash va h. k.) o‘ylash kerak.
Barcha tayyorgarlikda usullar tshimini tanlash uchun quyidagi maslahatlarga amal qilish kerak. O‘qitish - bu san’at - o‘qituvchi ishining ildizi mana shudir. O‘nlab usullarni sinab ko‘rish mumkin, lekin, o‘zingaznikidan qolmang, o‘nlab darslik va qo‘llanmalarni qarab chiqing, lekin birortasini asos qilib olmang - jonli o‘qitishning yagona yo‘li mana shu. Doimo yangilik yulang, toping, talab qiling. Takomillashib boring -o‘qituvchi ishchan hayotining yagona yo‘li mana shu.
Darsda o‘quvchilar bilish faoliyatiga raxbarlik. O‘quvchilar faoliyatini dars jarayonida boshqarish mahorati ko‘plab omillarga bog‘liq. SHulardan eng muhimi o‘z predmetning o‘quvchilarga qiziqarli qilib yetkazishdan iborat. Olimlarning takidladshcha, qiziqish shaxsning barcha psixik jarayonlari va funksiyalari, idrok, tasavvuri, diqqati, xarakteri, fikrlashlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilarda o‘qishga qiziqish, havasning yuzaga kelishi va rivojlanishida mohir o‘qituvchilar quyidagi asosiy holatlarga doimo rioya qiladilar:
1) bilimga qiziqishni rivojlantirish, o‘rganilayotgan predmetga muhabbat shu vaqtda yuzaga keladiki, agar aqlli o‘quvchilarni mustaqil, tolanuvchi xarakterda tashkil etilsa, ta’lim muammoli xarakter kasb yetsa;
2) boshqa mehnat kabi o‘quv mehnati ham turli-tuman bo‘lsa, qiziqarli bo‘ladi. Bir xildagi ma’lumotlar va bir xildagi ta’sir tizimi tezda zerikish uyg‘otadi;
3) o‘rganilayotgan predmet va ayrim mavzuga qiziqish uyg‘otish uchun
uning zarurligini, muhimligini maqsadga muvofiqligini tushuntirish zarur yoki uni anglab yetshp kerak;
4) oldingi o‘tilgan materiallar bilan yangi o‘rganilayotgan material uzviy bog‘lansa, u yanada qiziqarliroq bo‘ladi.
5) juda yengil yoki juda og‘ir materiallar bolalarda qyuiqish uyg‘otmaydi. O‘qish qiyin, lekin o‘quvchilar kuchi yetadigan bo‘lishi zarur;
6) o‘quvchi ishi qanchalik tez tekshirilib, baholanib turilsa, shplash shunchalik qiziqarli bo‘lib boradi.
7) o‘quv materialining yorkinligi, emotsnonalligi, o‘qituvchi his-tuyg‘u bilan materialni bayon etishidagi o‘zaro uzviyligi o‘quvchilarda shu materialga kuchli qiziqish uygotadi;
8) ta’sir tizimining xilma-xilligi, kompleksligi va ularning frontal differensial individual ishlarda unumli foydalanish o‘quvchilarda o‘rganilayotgan predmet va materiallarga qiziqishni oshiradi.
b) Darsda ish shakllarining xilma-xilligi. Mohir pedagoglar Dars-leksiya, dars-seminarlar, dars-munozaralar, dars-konferensiya, dars-ekskursiya, o‘kuv kabinetlari tizimida mustaqil ishlar darsi, dars- konkurslarni o‘tish va ularni o‘tkazish texnikasini yaxshi egallash bilan ularning mahorati ajralib turadi.
v) Muammoli ta’lim. Masalan, birinchi sinf o‘quvchilariga tayyor materialni daraxt va boshqa poliz ekinlari misolida berish mumkin (Daraxtda yagona katta ustun bo‘lib, undan bir nechta shohchalar, barglar o‘sib chiqadi, poliz yekinlarida yagona katta ustun yo‘q va yerdan birdaniga bir necha barglar o‘sib chiqishi mumkin), Lekin ular oldiga muammoli holatni ko‘yish mumkin. Birinchidan bu holatda bolalar materialni yeslab qoladi, ikkinchidan, mustaqil yechimni izlaydi.
g) Ijodiy xarakterdagi masalalar. Mohir o‘qituvchi darsi pedagog va o‘quvchining haqiqatni birgalikda izlash mashg‘uloti, madaniy fikrlash laboratoriyasi. Bunday darsda har bir o‘quvchida bilimga qiziqish, yangilikka intilishga ehtiyoj seziladi. O‘zlari savol berib unga javob axtaradilar. An’anaviy darslarda o‘qituvchi savol beradi, o‘quvchilar darslik bo‘yicha javob beradilar. SHu bilan haqiqat topilgan, ular darslik va qo‘llanmalarda mavjud degan tasavvur xosil bo‘ladi. YAna nimani istash kerak?
Nima uchun istash kerak? Haqiqat topilgan, faqat uni qabul qilish zarur degan tushuncha yuzaga keladi. Bunday holat darsni zerikarli, ehtirossiz, o‘lik bir narsaga aylantiradi. SHuning uchun beriladigan savollar oldindan o‘ylab, sistemalashtirilgan, bolalarni o‘ylantiradigan fikrlarni to‘qnashtiradigan, ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga turtki beradigan, mustaqil fikr yuritishga undaydigan, yangilikni o‘zi izlab topishga turtki beradigan aniq, qisqa savol berishga alohida e’tiborni qaratmoq kerak. Mantiqiy fikr yuritishga undaydigan savollar bolalarni, keyinchalik ijodiy fikr laboratoriyasini kengaytirishga yordam beradi.
d) Darsda mustaqil ishlar. Mohir o‘qituvchilar yosh o‘qituvchilarga nisbatan kam kuch, vaqt sarf qilgan xolda o‘quvchilarning mustaqil ishlashini tashkil qiladi va bu borada yaxshi natijalargaerishadilar. Buning uchun ular kuyidagi qoidaga amal kiladilar agar mavjud mavzu ish sharoit uchun kuchi yetadigan bo‘lsa, u xolda o‘quvchilarga shu materialni mustaqil o‘rganishini tashkil etish, agar qiyin bo‘lsa, u holda, o‘qituvchi o‘zi materialni bayon qilib berishi kerak.
Mustaqil ishlashning juda ko‘plab ko‘rinishlari - o‘qituvchi o‘quvchilarni yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlashda qo‘llaydi. Birinchi navbatda, bu ishlar qaytarish xarakteriga ega. Jumladan, oldingi o‘tilgan materiallarni qo‘llash bo‘yicha mashk va masalalar, o‘kituvchi topshirig‘i bo‘yicha darslik materiallarini tanlab o‘qitish, oldingi o‘tilgan materiallarni umumlashtirish uchun turli sxema va tablitsa tuzish zarur. Mustaqil ishlar yangi materialni samarali o‘zlashtirish maqsadida ham foydalaniladi.
Tajribali o‘qituvchilar, o‘quvchilarni kitob bilan ishlash, konspekt olish texnikasi, ijodiy ishlar tashkil etish va bajarish metodikasi bilan ham tushuntirib boradi.
Masalan: V.F. SHatapov, o‘quvchilar tomonidan mustaqil tarzda har bir kashfiyotni juda yuqori baholaydi va har tomonlama izohlaydi. Ayniqsa, o‘quvchilar uchun mustaqil tahlil umumlashtirish va xulosalar asoslarini egallashga yordam bergan ijodiy va yarimijodiy xarakterdagi mustaqil ishlar o‘quvchilar uchun juda ahamiyatli hisoblanadi. O‘quvchilar kitob bilan ishlash jarayonida tajribali o‘qituvchilar tez-tez o‘qiydiganni tormozlamaydi, sekin o‘qiydiganni tezlashtirmaydi.
To‘g‘ri javob bergan o‘quvchiga darrov boshqa savolni beradi, xatoga yo‘l qo‘yganiga darrov qo‘shimcha topshiriq beradi.
ye) Darsda kayta aloqani amalga oshirish.
O‘quvchilar tomonidan bilish jarayonni to‘g‘ri tahsil etish uchun o‘qituvchi qayta aloqani oqilona tashkil eta bilishi kerak. O‘qituvchilariga ushbu ko‘nikmalar, kuzatuvchanlik, hayotning yaxshi rivojlanishidan, har bir pedagog o‘quvchilar bilan muloqotda o‘ylab qadamini qo‘yishi kerak.
Psixologlardan A.A. Bodalov, S. V. Kondrat’yeva a’lochi, o‘rtacha, yomon o‘zlashtiradigan o‘quvchilar to‘g‘risidagi mohir pedagoglarning turli tiplarga ajratish to‘g‘risidagi tasavvuri o‘z vazifasini formal bajaradigan o‘qituvchilardan ancha boy hisoblanadi. Eng yaxshi o‘qituvchilar o‘quvchilarda o‘zlashtirmovchilikni keltirib chiqaruvchi sabablarni dars jarayonida quyidagicha tiplarga alohida ajratib olganlar:
a) bilish sohasining bo‘sh rivojlanganligi (e’tiborsizlik, xotiraning yomonligi, fikrlash operatsiyalarining shakllanmaganligi, bilimdagi kamchilik)
b) hissiy-irodaviy sohalardagi kamchilik (kuchli tormozlanish, ortiqcha hayajonlanish, chidamlilikning yo‘qligi va boshqalar).
v) integral shaxsiy sifatlarning bo‘sh namoyon bo‘lishi (bilishga qiziqish, mustaqillik, mas’uliyat va boshqalar).
g) bir vaqtning o‘zida bir nechta kamchiliklar mavjudligi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘quvchilarni faqat ikki tipga ajratadi: dangasa, aqlsiz. Qayta aloqani o‘rnatishning samarali shartlaridan biri tarbiyachi psixologiyasiga chuqur kirib borishdir.
SHu o‘rinda A. A. Bodolevning ta’kidlashicha, o‘qituvchi sinf o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rishi, o‘quvchi bo‘lib ko‘rishi va shu tariqa pedagogik holatai yechishi kerak.
Masalan, darsda o‘quvchilar turli-tuman mustaqil va nazorat ishlarni alohida toza varaqda bajaryapti. SHu varaqlar u yoki bu mashqlarni bajarishda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi uzviy aloqani bog‘lovchidir. Mustaqil ishni bajarish ketyapti. Doskada 5 ta mashq har bir o‘quvchi o‘zi xohlagan mashqni bajarishdan boshlaydi bir o‘quvchi ma’lum topshiriqni bajarib bo‘ldi, lekin u to‘g‘riligini yonidagidan so‘rash ta’qiqlangan. SHunda darrov o‘qituvchiga ko‘rsatadi, to‘g‘ri bo‘lsa, kulib davom ettirishni aytadi, boshqalarga halaqit kam bermadi.
Ish chala, noto‘g‘ri bo‘lsachi? U holda darrov tuzatish yo‘lini ko‘rsatkb beriladi va x. k.