O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish vositalari
1. Mehnat faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish.
2. Belgilangan vazifalarni tashkil etish va amalga oshirish.
3. O‘z mehnatini muntazam boshqarish va nazorat qilish.
4. O‘z-o‘zini nazorat qilish (refleksiya).
O‘qituvchi mehnatining ta’lim-tarbiyaviy mohiyati ijobiy natijalar berishi uchun, o‘qituvchi sinf jamoasi bilan o‘tkazilayotgan har qanday tadbirni belgilangan vaqtda amalga oshirishi, mehnat va dam olish uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalana olishi, o‘z mehnati faoliyatida sog‘-ligiga, ruhiy holatiga e’tibor berishi lozim.
Ayniqsa, yosh o‘qituvchilar mehnatini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda quyidagi boshlang‘ich yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega: -yo‘nalish. O‘qituvchi kasbiga oidfaoliyat:
a) o‘z ishiga, mutaxassisligiga oid bilimlarni mukammal egallash;
b) mamlakatimiz Qonunlari, ta’lim sohasiga taalluqli hujjatlarni puxta bilishi;
v) pedagogika, psixologiya va o‘z mutaxassisligiga oid eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib borish;
g) o‘quvchilar jamoasi va har bir shaxs haqida ma’lumotlarni o‘rganish;
d) ilg‘or va tajribali o‘qituvchilar mehnat faoliyatini o‘rganish va o‘z ishida tadbiq etish;
e) o‘z ustida ishlash va o‘z-o‘zini tarbiyalash.
2-yo‘nalish. O‘z kasbiy mahorat elementlarini hosil qilish:
a) pedagogik faoliyatga oid, shaxsiy pedagogik mahoratni takomillashtiruvchi ko‘nikma va malakalarni egallash;
b) o‘z mehnatini va qobiliyatini me’yorida to‘g‘ri ishlata olishi;
v) mutaxassislikka oid ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalana olishi uchun diqqatni jamlay bilish.
3-yo‘nalish. O‘quvchilar guruhi bilan ishlay olish:
a) pedagogik faoliyatning shart-sharoitlari va guruh jamoasidagi ma’naviy holatni boshqara olish;
b) guruh jamoasidagi psixologik muhitni doimiy nazorat qilish; v) ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarga ijodiy yondashuv;
g) pedagogik faoliyatga insonparvarlik va demokratik prinsiplar asosida yondashish;
d) o‘quvchilar xulqi va bilimini o‘z vaqtida rag‘batlantirib borisli;
e) jamoada shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni to‘g‘ri tashkil etish;
j) o‘quvchilarning kundalik rejimga to‘g‘ri va doimiy rioya qilishim
tashkil etish.
Pedagogik mehnatni ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda o‘qituv-chining kun tartibi muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchi o‘zi uchun eng optimal bo‘lgan va yuqori samara beradigan kun tartibini tanlay olishi lozim. O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda qo‘yiladigan talablar ilk bor I.P. Rachenko, R. Rasulova kabi olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Ularning tavsiyasiga ko‘ra o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etishda eng muhim talablar deb quyidagilarni e’tirof etadilar:
Dostları ilə paylaş: |