7. Tarbiya jarayoniga ijodiy yondashuvi. Endi kollektiv ijodiy ishlar qanday tashkil etilshpini ko‘rib chiqamiz. Buni uch bosqichda amalga oshirsa bo‘ladi:
jamoa bo‘lib rejalashtirshi;
tadbirlarii jamoa bo‘lib o‘tkazish;
jamoa bo‘lib tahlil etish.
Lekin, bu masalani quyidagi 6 bosqichda ko‘rib chiqilsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘lur yedi:
1-bosqich: jamoaning dastlabki ishlari. Bunda quyidagi savollarga javob topish zarur. Nima va kim uchun qilamsh? Qachon? Qayerda? Kim bilan? Kim tashkilotchi bo‘ladi?
2-bosqich: jamoa bo‘lib rejalashtirish. Reja oldin kichik jamoalarda ishlab chiqiladi. Uning bajarilish muhokamasi umumiy yig‘ilishga qo‘yiladi. Keyin bu rejalar muhokama etilib, keyin tasdiqlanadi. Bu davr ichida, sen nima hilishni xohlarding? Kim uchun? degan savollar yechimi hal etilishi zarur.
3-bosqich: jamoa bo‘lib ijodiy ishlarga tayyorgarlik. Buning uchun kengash tuziladi va vazifalarni birga bajarish maslahatlashiladi.
4-bosqich: jamoa bo‘lib ijodiy ishlarni o‘tkazish. Buvda jamoa rejasi amalga oshiriladi.
5-bosqich: natijalarni jamoa bo‘lib yakunlash va quyidagi savollarni hal etish maqsadga muvofiq. Nimaga ershpdik va nima uchun? Rejadagi qaysi shplar bo‘lmadi, nima uchun? Kelajakda qanday xulosa chiqarish mumkin? Qanday?
6-bosqich: yakuniy muhokama. Tajribalarni keyinchalik qo‘llash, uslubiy o‘ziga xosliklar tahlili, pedagogik o‘ziga xos yondashuvlarning xarakteri. Uslubiy tavsiyalar ishlanadi va ular qarab chiqshshdi.
6) munosabatlar tizimchalari.
Tarbiyaviy ishlarda kattalar bilan bolalarni o‘zaro bog‘lovchi mazmun va shakl hamda usullar bo‘yicha jamoa ta’sirining o‘zaro munosabatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachining mahorati bolalar munosabatlarini yo‘naltira olish san’ati bilan xarakterlanadi.
Munosabatlar tizimchasida to‘g‘ri baholay olishni, fixrlashning shakllanishi asosida har bir jamoa a’zosining qimmatli tomonlari shaxs sifatida ochilib boradi. SHu jamoa ijodiy faoliyatini tashkil etishda dastlabki suhbatlashish shshsh tugallash bosqichi uchun zarurdir. Bu o‘rinda bolalar kanday o‘zgarganligi qanday sifatlarga ega bo‘lganligi hisobga olinadi. Baho bu o‘rinda samimiy, o‘zaro bir-birlarini to‘g‘ri tushunish asosida bo‘lishi kerak.
To‘g‘ri munosabatlar shakllanishiga yakuniy yig‘in, «chaqmoq» chiqarish tarbiyalanuvchi xulki va muammolarni muhokama etish, har bir vazifalarni bajarishda ayrim shaxs ishini baholash va to‘g‘ri tahlil etishdan iborat bo‘lmog‘i zarur.
Bolalar muhitida munosabatlarni to‘g‘ri boshkarish uchun ustoz tarbiyachiga jamoa ichidagi va jamoalar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni, ziddiyatlarning kelib chiqish tabiatini bilish muhim xisoblanadi.
Jamoada shaxslararo mua^sholarni tadkiq ztuvchilar bir necha qarama-qarshiliklarni ajratib ko‘rsatadilar.
a) sinf jamoasining har bir a’zosini belgilab ko‘yilgan maxsus vazifasi bilan ayrim o‘quvchidar o‘rtasidagi ziddiyat;
b) tashkilot faoliyatining asosiy rejasida belgilangan maqsad bilan, jamoaning har bir a’zosining shaxsiy maqsadlari o‘rtasidagi ziddiyat;
v) axloqiy va huquqiy omillar o‘rtasidagi ziddiyat;
g) bola tarbiyalanayotgan mikromuhitdagi axloqiy tajriba bilan ijtimoiy axloq normalarining to‘g‘ri kelmasligi;
d) tarbiyalanuvchida yetarli iroda sifatlarining, erinchoqlik (saranjom-sarishtalik) ning yetishmasligi, bir tomondan, tarbiyachining talabchanligi, ikkinchi tomondan, to‘g‘ri kelmasligi.
Bu ziddiyatlar yechimi tarbiyachi shaxsiga, u bilan tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar mahoratning yo‘naltirilganiga bog‘liq.
Tarbiyachi u yoki bu tadbirni o‘tkazish uchun xar xil usullardan foydalanadi: ba’zilari buyurib, ba’zilari iltimos qilib, ba’zilari o‘zlarining ibrati orqali u yoki bu tadbirni bajarishga erishadi.
Ko‘proq uch xil yondashuv bor.
1. Komanda berish xolati: Bu tasodifiy hollarda buyruq tarzida amaliyotda komanda berish kamdan-kam xolda qo‘llaniladi va bu tasodifiy hollarda yuz beradi.
Kirishib, qo‘shilib ketish holati: bolalar bilishdan avval taqlid qilish orqali o‘rganishlarini hisobga olgan xolda tarbiyachi shaxsiy ibrat ko‘rsatadi. Ishga sadoqati, e’tiqodi, hech qanday manfaatsiz jamiyatga foyda keltirishni o‘ylab o‘z orkasidan boshqalarni ham yergashtiradi. SHuningdek, tarbiyachi hamma qatori maktab faoliyatiga - o‘quv, sport, mehnat, sayohat ishlariga ham kirishib ketish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
Betaraf bo‘lish holati: tarbiyachining hech nimaga aralashmasligi. Uning ma’nosi bolalar faoliyatiga aralashmaslik, chekkada kuzatuvchi sifatida turish.
v) axloqiy tizimlar.
Texnologik va munosabatlar tizimchalari tarbiyachi mahorati tizimida yaxshi o‘zlashtirilishi mumkin. Ajoyib yo‘l va usullar ortida yetakchi g‘oya bo‘lmasa, yuqori natijaga erishib bo‘lmaydi. Pedagog va jamoa diqqat markazida - maktab, sinf o‘quvchilari nima maqsadda faoliyat ko‘rsatayotgani ularga ma’lum bo‘lsa, chukur ijtimoiy motivlar tursagina faoliyat foydali
bo‘ladi. Eng muhimi, bu o‘rinda shunday g‘oyalarni shakllantirishda ajoyib pedagog I. P. Ivanovning prinsipial qoidalariga e’tibor berish zarur. «Inson unga hayot ta’sir etayottani uchungina tarbiyalanayotgani yo‘q, balki dunyoga o‘zi kuchli ta’sir yetayotgani uchun tarbiyalanyaptn. Dunyoni o‘zgartira borib, o‘zi ham o‘zgarish, tarbiyalanib borishi mumkin: («Uchjg. gazeta». 1987. 31 mart).
Buyuk maqsadlar pedagoglarning samarali, ijobiy ta’sirining muhim shartlari bo‘lib, tarbiya jarayonini asoslovchi prinsiplari tizimiga tayanishni talab etadi.
a) hayot bilan tarbiya birlipg,
b) bolalar mustaqilligi va o‘z-o‘zini tarbiyalash;
v) axloqiy norma va xulqiy odat borligi;
g) insonparvarlik va insoniylik;
d) axloqiy va estetik birlik;
ye) talab va ishonch birligi;
j) bola kelajagini ishonch bilan loyihalashtirish;
z) o‘quvchi shaxsiga ehtiyotlik bilan munosabat;
i) jinsiy farqni hisobga olish;
k) bolalarning - jismoniy va axlokiy sog‘ligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik: l) me’yor prinsinlari.
Axloqiy tasavvurlar tarbiya texnologiyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi uchun tajribali pedagoglar turli mavzularda axloqiy suhbatlar tgoimini amalga oshiradi. Jumladan, ota-ona, kattalarning Vatan oldidagi burch va masuliyati, xohshp va burch uyg‘unligi, xohish va haqiqiy ehtiyoj: vijdon tushunchasining axloqiy ma’nosi, vijdon poyushgi va boshqalar. Har bir konkret holatda pedagog mahorati ijodkorlikdir, Pedagog hamma vaqt u yoki bu holatda, tarbiyalanuvchiga to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishning ijodiy yechimini topa oladi. Masalan, 6-sinf o‘quvchisi uchinchi qavatda bitta oynani ochib, undan tashqariga chiqib, yuskinchi oynaga o‘tishi va bunga o‘quvchilarning munosabati.
O‘qituvchi: Axmad haqiqatan qo‘rkmay harakat qilgan, lekin hech qanday maqsadsiz, befoyda harakat. Agar qilayotgan harakatimiz, ko‘rqmaslik, botirligimiz ko‘pchilikka, xalqqa, Vatanga biron foyda keltirsa, o‘z hayotini qurbon qilish evaziga ko‘pchilik hayotini vatan boyligini saqlab qolsa, bu haqiqiy qaxramonlik. Aks holda bu harakatlar befoyda.
Buning o‘rniga tarbiyachi: «Agar Ahmadga biron narsa bo‘lganda, meni sud qilishardi, ota-onaga jabr bo‘lardi. Maktab, sinf, jamoa isnodga qolardi» deganda foydali bo‘lmasdi. Buni bolalar to‘gri tushunmas edi ham.
Ma’lumki, rejalashtirish ijodiy xarakter kasb etganligi sababli hamma uchun bir xilda shaklni taklif etib bo‘lmaydi. Lekin, yosh, yangi ish boshlayotgan tarbiyachilar uzoq yillar ishlab, tajriba orttirgan tarbiyachilar ish rejalari asosida g‘oya, yo‘nalishni belgilab olshilari mumkin. Tajribalarni maqsad asosida berish individual ijodkorlikdir. Quyida 4-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan rejaning «Vatanparvarlik va xalqlar o‘rtasidagi birodarlikni tarbiyalash» bo‘limidan bir qismini keltiramiz. Bu rejada bajarish muddati va bajaruvchi shaxs ko‘rsatilmagan.
Sinfdagi tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning taxminiy ko‘rinishi.
Ish mazmuni
Ish shakli
Mavzular
Vatanga, ona yurtga, uning o‘tmishi va hoziriga muhabbatni shakllantirish.
Sinf yig‘ilishi, uchrashuvlar, suxbatlar. Vatanimiz boyligi beqiyos. Vatanimiz bayrog‘i, gerbi, gimni.
Xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik. Qo‘shni respublikalar va ularning xalklari turmush tarzi va madaniyati. Toshkent - ko‘p millatli shahar turli millat kishilari bilan uchrashuvlar, savol-javob kechalari.
Qo‘shning tinch-sen tinch. Qondoshimiz-qardoshim. Butun dunyo bo‘ylab mening do‘stlarim bor;
Mustaqilligimizning 10 yili mobaynida viloyatlardagi, jumladan, Andijonimizning erishgan muvaffaqiyatlari. Sayohat. Albom, turli plakatlarni tayyorlash ona yurt tabiati va uning go‘zalligi. Germaniyaga (Fransiya, Angliya va boshqa davlatlarga) sirtqi sayohat.
Bu o‘rinda rejada keltirilgan ish mazmuni, uni amalga oshirish shakllari, o‘tkazilajak tadbirlar mavzulari ham aniq va tushunarli ekaniga e’tiborni karatmok kerak.
Ma’lum ish tajribalari asosida suhbatlashish.
6) «Qiyin» bolalar bilan ishlash. Buning uchun quyidagi prinsiplarga amal kilgan holda individual reja ishlab chiqish zarur.
Ular xatti-harakatlarini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqpash maqsadida bolalar sub’ektiv dunyosini - xayotiy ko‘rinishlari jihatlarini diqqat bilan o‘rganish.
Qarashlar va xulqdagi chetga chiqishlar sabablarini aniqlash.
Turmush tarzini ijobiy tomonlarga o‘zgartirishda yordam beradigan hayotiy ko‘rinishlardan tanlab olish.
4. YAqinlashish maqsadida kontakt (aloqa) o‘rnatish uchun o‘smirning xayotiy tajribasi darajasida uning «psixologik territoriyasidan» manba izlash kerak.