6. Tarbiyachi faoliyatdagi zaruriy ko‘nikmalar. Tarbiya mahorati mazmunining asosi bilim va unga asoslangan ko‘nikmalardir. Tarbiyachining muhim ko‘nikmalariga turli pedagogik holatlarda bolalar dunyosida sodir bo‘layotgan turli jarayonlarni to‘g‘ri qabul qilish ko‘nikmasi, holatsh tanlashga nisbatan tadbiq etiladigan «Maqsad-vosita-natija» munosabatlarini tahlil qila olish ko‘nikmasi, diqqatni tez yo‘naltira olish va biridan ikkinchisiga tez o‘gkaza olish ko‘nikmasi, bolalar bilan o‘ynay olish ko‘nikmasi, ko‘plab pedagogik holatlardan muhimini ajratib olish ko‘nikmasi, turli tomondan holatlarni baholay olish ko‘nikmasi, tasodifiy omillardan muhimini ko‘ra bilish ko‘nikmasi, bir xil holatda turli-tuman ta’sir usullaridan foydalana bilish ko‘nikmasi, o‘zining kayfiyatani, hissiyotini va fikrini so‘z, mimika, harakatlar orqali yetkaza olish ko‘nikmasi.
YUqorida sanab o‘tilgan ko‘nikmalar bilan birga kuyidagilar xam muhimdir: o‘quvchilarning barcha faoliyatlarida ular bilan kontakt o‘rnata olish; individual yondasha olish ko‘nikmasi; o‘quvchilarni yomon va yaxshiga ajratmaslik; bolalar tashabbuskorligini rivojlantira olish; qiyin xolatlarda bolalarga yordam bera olish;
O‘quvchilar jamoasi fikrini kelishtirish ko‘nikmasi; o‘z-o‘zini boshqara olishning turli shakllaridan moxirona foydalana bilish; o‘quvchi ishonchini suiste’mol kilmaslik; har bir o‘quvchidan ijobiy sifatlar topa bilish va ulardan unumli foydalana bilish ko‘nikmasi; o‘quvchilarni yomon va yaxshiga ajratmaslik har bir nohaqlik, yomonlik, badbaxtlikka murosasiz bo‘lish; o‘quvchilarda axlokiy yo‘nalishni shakllantirish; yaxshilik va yomonlik to‘g‘risida bolalar tasavvurlarini rivojlantirish ko‘nikmasi va boshkalar.
«Kim tarbiya jarayoni texnologiyasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilsa, munosabatlar tuzilishini rivojlantirsa va shu orqali erishilgan muvaffaqiyatlar bilan chegaralanib qolmay, balki yanada yaxshiroq natijaparga erishishga intilgan bo‘lsa, u yanada mahoratli bo‘lib boradi». (Amonashvili SH. A, YEdinstvo syeli. M. 1987 g. 167-str).
Pedagogikada tarbiyachi mahorati yaxlit tizim sifatida uchta o‘zaro bog‘langan tizimchalarga bo‘linadi: texnologik; ijtimoiy psixologik (munosabat); ahloqiy. Texnologik tizimcha yoki texnologiya pedagog uchun o‘zining kuchini rejalashtirish va kerakli natijaga erishishga brdam beradigan shaxs va jamoaga ta’sir etadigan aniq vositalar hisoblanadi.
Kasbiy texnika asoslari nimalardan iborat? Albatta, tarbiyachi tomonidan o‘quvchilar amaliy faoliyatini tashkil etish, ularni ma’lum pedagogik vazifalarni bajarishga jalb etishdan iborat. Gap bu o‘rinda o‘quvchilarning o‘zlari hayotlarini tashkil etish, yo‘lga ko‘yish, demak, o‘quvchilar faol amaliy faoliyatlarini tashkil etishning samarali shakllaridan foydalanish haqida gap boradi. Bu shunday asoski, uning zamirida tarbiya yo‘lga ko‘yiladi.
Ochig‘ini aytish kerakki, ko‘pchilik sinf rahbarlari o‘zlari navbatchilik qiladi, kino, teatr, muzeylarga kollektiv bo‘lib olib boradi, ota-onalar majlislari, yig‘ilishlar, bayramlar, munozaralar, uchrashuvlarni o‘zlari tashkil etadilar. Hatto tarbiyachi nazoratisiz binoni tozalash, o‘ynash va boshqa ishlarni ham bajarishga ruxsat etilmaydi. Agar tarbiyachi faol tashkilotchi, lekin o‘quvchilar passiv ishtirokchi bo‘lgan bo‘lsa, u joyda tarbiya muvaffaqiyati xaqida gap bo‘lishi mumkin emas. Bu haqsa o‘z-o‘zini boshqarishga asoslangan maktablar tajribasi bizga ko‘p narsani aytib turibdi.
SHunday maktablar borki, ko‘plab jamoat ishlarini (tarbiyachi navbatchiligi, o‘z-o‘ziga xurmat, shanbalik) tarbiyachi ishtirokisiz bolalarning o‘zlari bajaradilar. Tarbiyachilar yesa bu ishlarni boshqarib, yo‘naltirib, maslahat berib turadilar. Bu yerda tarbiyachi qanday qilganda, o‘quvchilar o‘z-o‘zlarini mustaqil boshqarishi mumkin? degan savolga ijodiy izlanishlar orqali javob topib bo‘ladi.
O‘tkaziladigan u yoki bu tadbirlarni o‘quvchilar bilan birga muhokama qilib, ularning ilg‘or, yangi, foydali tomonlarini quvvatlash, ularni ijodiy faoliyat ko‘rsatishga yo‘naltirib turish zarur.
Tarbiyachining donoligi, ziyrakligi va mahorati shundaki, u har bir bola imkoniyatlarini yaxshilab o‘rganish va o‘sha imkoniyatlarni yanada ochish, undan foydalana bilish hamda rag‘batlantirib turishdan iborat.