Ixtiyoriy ta’lim olish. Hamkorlik pedagogikasshshng prinsipi o‘quvchida qo‘rqshp hissini yo‘qotish, yerkin bo‘lish, o‘ziga ishonch uyg‘otish, unda to‘laqonli ijodiy ishlashga qobil insonni ko‘rshp, V.A. Suxomlinskiy so‘zi bilan aytganda, muvaffaqiyatdan yuzaga kelgan ko‘tarinkilik bo‘lsa, o‘sha yerda o‘qishga qiziqish bo‘ladi.
Qiyin maqsad g‘oyasi. Tajriba o‘tkazuvchi o‘qituvchilarning yozishicha, ularning ishlari an’anaviy darsdan shunisi bilan farq qiladiki, ular bolalar bilan hamkorlik g‘oyasini quvvatlab turadi, bolalar oldiga ko‘proq murakkab maqsadlarni qo‘yadi, ularning o‘ta murakkabligiga e’tiborni qaratadi va ushbu maqsad albatga amalga oshiriladi, bu o‘rinda mavzu yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lishi kerak. Mazkur holatda o‘quvchilarni maqsadning o‘zigina emas, balki qiyinchiliklarni yengishga bo‘lgan qat’iy ishonch ham birlashtiradi.
Tayanch g‘oyasi. O‘hituvchi-novatorlar predmet-so‘z axborotlariga turli-tuman tayanch sigaallarini kiritadi. CHunki bular xotirani, mantiqni, xayo‘lni, tafakkurni algoritmik ko‘rinishlarini - rivojlantirish vositasi hisoblanadi. V.F. SHatalov darsda tayanch signallaridan unumli foydalanadi.
Erkin tanlash g‘oyasi. O‘quvchilar ijodiy fikrlashni rivojlantirishning eng oddiy yo‘li hisoblanadi. Erkin tanlash maktab o‘quvchilari shaxsidagi ayrim sifatlar notekis rivojlanshshshing oldini olshp imkoniyatlarini beradi. Erkin tanlash g‘oyasiga misol: V. F. SHatalov o‘quvchilar ixtiyoriga juda ko‘plab misollar beradi va bolalar o‘z ixtiyorlari bilan xohlagan misolni tanlab oladi.
S.N. Lisenkovada o‘kituvchi doskaga qanday qiyin so‘zlar yozishini bolalaryaing o‘zlari tanlaydi. I. P. Vojov o‘quvchilarga faqat mavzu beradi, o‘quvchilar esa qanday materialdan nima tayyorlash mumkinligini aytadilar.
Ilgarilab ketish g‘oyasi. Bu g‘oya S. N. Lisenkova, V. F. SHatalov va boshqa o‘qituvchklarda yaxshi hal etilgan. An’anaviy tarzda o‘kituvchi darsda o‘tgan darsni kaygarib, yangisini bayon yetar ekan, u faqat «kechagi» va
«bugungi» ni bilar edi. Hozirgi zamon darsida ilgor o‘kituvchilar, masalan, S. N. Lisenkova misolida, darsning ma’lum vaqtini keyinchalik o‘qitilgan materialni o‘zlashtirishga ajratadi.
Yirik bloklar g‘oyasi. Tajriba shuni ko‘rsatyaptiki, agar materiallar yiriklashtirilib, yagona blokka birlashtirilsa, o‘quvchiga tushadigan og‘irlikni keskin kamaytirish hisobiga o‘rganiladigan material hajmini ko‘paytirish imkoniyati yuzaga keladi. Ijodkor novator-o‘kituvchilar darslikdagi 3-4 paragrafdagi tekstlarini bitta darsda o‘rganishni ma’qul ko‘radilar.
Darsga turlicha shakl berish g‘oyasi. Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchilarda dars o‘rganilayotgan predmet shakliga javob beradi. Masalan:V.F. SHatalovning matematika darsida teoremani isbotlay borib, ortiqcha bironta so‘z ishlatmaydi. Matematika o‘qituvchisining hikoyasi juda aniq bo‘lishi kerak. I.P. Volkovning ijodkorlik (mehnat) darsida o‘quvchilarning shovqin qilishiga yo‘l qo‘yiladi. O‘quvchilar unga ko‘plab savollar bilan murojaat qilishadi. YE. N. Ilin badiiy asarni tahlil eta borib, tahlil badiiy shaklda bo‘lishiga xarakat qiladi.
O‘z-o‘zini tahlil etish g‘oyasi. Ilg‘or o‘kituvchilar bolalar o‘qishining dastlabki davridan boshlab individual va jamoa bo‘lib o‘z-o‘zini tahlil etishga o‘rgatib boradi. SH.A. Amanashvili kichik yoshdagi bolalarni baho berish va muxokama yuritishga o‘rgatib boradi. Uning o‘quvchilari dars vaqtida o‘z o‘rtoqlarining ishlarini tekshirib, baxrlab, bir-birlarining yozma ishlariga taqriz yozishga o‘rganib boradilar.
Sinfning intellektual asosi. Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchilarning sinflarida bilimga bo‘lgan intilish, yukori maqsadlarga erishish doimo hukm suradi. Sinfning umumiy maqsadlari va boyliklariga uning intellektual fondi (asosi) kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar qiyinchiliklarni yengishga, aqliy zo‘riqishdan ko‘rqmaslikka, yevristik quvonchni ko‘ra olishga o‘rgatadi.
SHaxsiy yondashuv. Ilg‘or o‘qituvchilar dars o‘tish jarayonida, har bir o‘quvchi o‘z shaxsini his etib turishiga o‘rgatadi, o‘qituvchining o‘ziga e’tibor berayotganini sezib turadi. Bu, asosan, har bir o‘quvchining dars davomida o‘z mehnatiga berilayotgan bahoni olib turishi bilan xarakterlanadi. Har bir o‘quvchi o‘ziga vazifa tanlaydi. Hech kim undan qobiliyatiz deb gumonsiramaydi, sinfda hamma har tomonlama himoyalangan.
O‘quv jarayonida darsning o‘rni. Maktab amaliyoti va pedagogika asosli ravishda tasdiqlaydiki, dars o‘qituvchining butun fikr va harakatlari doimo qaytarilib turadigan va aylanib turadigan markaz hisoblanadi. Dars pedagogik jarayon zanjirida shunday halqaki, M. N. Skatkin so‘zi bilan aytganda tomchida quyosh aks yetganidek, unda barcha tomonlar aks etadi. «Darsda hammasi bo‘lmasa ham pedagogikaning asosiy kismi markazlashgan». (Sovershenstvovaniye protsyessa obucheniya, M. 1971. 149 str).
Tarbiyalanuvchi shaxsini yaxlit shakllantirish nuktai nazaridan har qanday darsning foydali koyeffitsiyentini aniqlash yuzasidan ma’lum bir mezonni topish qiyin.
Dars ta’limning mazmuni, metodi va shakli kabi tushunchalar doirasida chegaralanib qolmaydi. Maktablarni ta’lim, tarbiya va rivojlanishni pedagog va o‘quvchilarni o‘zaro hamjihat, hamkorlikdagi faoliyatlari orqali amalga oshirishni nazarda tutadi.
Har bir o‘qituvchi o‘zining kasbiy faoliyati davomida 25 mingdan kam bo‘lmagan dars beradi. Qaysi o‘qituvchi darsning mazmunli va qiziqarli bo‘lishini xohlamaydi? Kim mohir o‘qituvchi bo‘lishni xohlamaydi?
Buning uchun uzoq yil ishlagan o‘qituvchi bo‘lish yetarli emas. Dars mustaqil va mas’uliyatli ijodiy ish sifatida o‘qituvchidan rivojlanuvchi ijodiy pedagogik fikrlashni, pedagogik mahoratni egallashi talab etadi.
Biz bu yerda pedagogika kursini o‘rganish jarayonida aytilgan gaplarni qaytarshpni maqsad qilib, qo‘ymoqchi emassiz. Faqat hozirgi zamon yetuk darslarning bo‘sh darslardan farqini, mohir pedagoglarning tayyorgarlik tizimi va darsni o‘tishining asosiy, muhim texnologik tomonlarini ko‘rib o‘tamiz.
3. Usta o‘qituvchining ta’lim vositalari. O‘qituvchining muvaffaqiyati uning, birinchi navbatda, g‘oyaviy, nazariy va kasbiy tayyorgarligiga bog‘liq. Darsga tayyorgarlik shu fan bo‘yicha darslik, psixologik-pedagogik va uslubiy xarakterdagi kitoblar o‘qishdan, uslubiy jurnallar, ko‘shimcha adabiyotlar, gazeta va turli materiallarni o‘qishdan iborat bo‘lshii kerak. Bibliografik kartochkalar, boshqa o‘qituvchilarning konspektlari, rejalari, dars loyihalari, turli tahlillar va boshqa manbalar ham zarur. SHuningdek, yana turli o‘quv fanlari, diafilmlar, diapozitiv, texnik vositalardan ham foydalanish muhimdir. SHu mavzu (darsga oid) bo‘yicha turli ilmiy manbalardan, qonun va qarorlardan olingan sitatalar, tezislar, fikrlar keltirilsa ham maqsadga muvofikdir.
SHuni hisobga olish kerakki, barcha o‘qituvchilar uchun bir xilda bo‘lgan ta’lim vositalari bo‘lipsh mumkin emas. Uning turli-tumanligi o‘qituvchi fanning o‘ziga xosligi bilan, uning imkoniyatlari, ehtiyoji, intellektual faolligi, yangilikni his etishi, pedagogik bilimga chanqoqligi va b. q. bilan belgilanadi.
4. O‘rganilayotgan material mazmunining tahlili. Darsning yaratilishi - bu fikrlarning paydo bo‘lishidir. U bir nechta elementlardan tashkil topgan. Bulardan eng muhimi davlat programmasi tomonidan belgilab ko‘yilgan materialdir, Tajribali o‘qituvchilar o‘kuv programmalarining asosiy yo‘nalyushshi, ularning har bir bo‘lagini juda yaxshi biladi. Bunga maqsad, vazifa va shu programma tuzilishi kiradi. YAxshi o‘kituvchini doimo shu mavzuga oid materialni shu vaqt uchun kanday o‘tish kerak degan masala qiziqtirib keladi (shu tema bir necha bor oldin o‘tilgan bo‘lsa ham). Bu yesa, bugungi maktab o‘quvchilari shaxsini rivojlantirishga qanday ta’sir etadi? Oldingi yildaga darsdan farqli o‘laroq bu yilgi darsni, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy holatni, ilmiy yangilik, madaniy sohadagi o‘zgarishlarni ifodalash hakida jon kuydiradi. Tajribali o‘qituvchilar - kompleks tarzda rejalashtirishni o‘ylaydi. Har bir dars o‘zida ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarni belgilaydi:
Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarda ma’lum ilmiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy dunyoqarashlarni shakllantirish, ularda vatanparvarlik, insonparvarlik va boshqa insoniy sifatlarni yuzaga keltirishdan iborat.
Ta’limiy maqsad; o‘quv programmalari talablari asosida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.