mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari 2-mavzu. Oʼqituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat 15



Yüklə 197,32 Kb.
səhifə5/46
tarix15.09.2023
ölçüsü197,32 Kb.
#143829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
qirgiz tili

Adabiyotlar:
1. Xaliqov A,A, Pedagogik maxorat, Darslik,- Toshkent, Iqtisodiyot moliya, 2012.
2. Якушева С.Д. Основь педагогического мастерства. Учебник.- Москва. Академия. 2012.
3. Omonov N.T., Madyarova S.A. , Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat ,- T.: Iqtisodiyot moliya, 2009.
4. Maxmudov N, M. O’qituvchi nutq madaniyati. Darslik,- Toshkent, O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007.
5. Azizxodjayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorta,-T.: “Fan va texnologiyalar” nashiryoti, 2006.
6. Ochilov M., Ochilva N. O’qituvchi odobi , Saylanma, - T.:O’qituvchi, 1997.


2-mavzu. Oʼqituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat


Reja:

  1. Qоbiliyat va pеdаgоgik qоbiliyat haqida tushuncha.

  2. Pеdаgоgik qоbiliyatning turlari va ularning tavsifi.

  3. Pеdаgоgik qоbiliyatni shakllantirish yo’llari

  4. Kommunikatsiya haqida tushuncha

Tayanch so’z va iboralar: qobiliyat,pedagogik qobiliyat, malaka,kommunikativ malakalar,muomala madaniyati


Pedagogik qobiliyat to’g‘risida tushuncha.
Qobiliyat - shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish sub’ektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig‘indisidir. Zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo‘lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg‘ulariga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo‘yilishi kerak.
Qobiliyatni inson tug‘ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi.
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to‘plami deb atadi va uning ettita jihatini ajratib ko‘rsatdi. Biz intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini o‘qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim Olga Matveeva ushbu jihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va o‘qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib o‘tadi:
1. Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati. O ‘qituvchi o ‘qitvchilar bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim yarata oladi.
2. Voqealarni oldindan ko‘ra olish qobiliyati: Ushbu qobiliyat turi har bir o‘qituvchining sergakligida, o‘quvchilarning ruhiyatini, ichki dunyosini ko‘ra olishida namoyon bo‘ladi. SHunda o‘qituvchi kim nimaga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi.
3. Eshitish va his qilish qobiliyati. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan insonlar musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, deklamatsiya asosida proza va poeziyani yaxshi o‘qishadi, eshitgan narsasini xotirada saqlaydi, ayniqsa, she’r va qo‘shiqlarni sevib tinglaydi.
4. Kinestetik (teri-muskul) qobiliyat. O‘qituvchining o‘z hatti hara-katlarini muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his qilgan holda yo ‘naltiradi, vaqtni harakat sur’ati bilan his qiladi, o‘zi uchun maishiy qulayliklarni yarata oladi, hayot marhamatlaridan rohatlanishni biladi.
5. Mantiqiy qobiliyat. Falsafiy mulohazalar yuritishni, raqamlarni, matematikani, murakkab masalalarni hal qilishni sevadi, sababiyat va oqibat natijalarini tushunish malakasiga ega, voqelikda asosiylikni ikkin-chi darajalisidan ajrata oladi;
6. SHaxsning ichki qobiliyati. O‘z-o‘zini mukammal bilishi, tushunishi va his qilish qobiliyati, erkin shaxsda ichki qobiliyat mukammal rivojlanadi, irodasi mustahkam, qat ‘iyatli, har qanday vaziyatda o ‘z fikr-mulohazasini erkin bayon eta oladi.
Qobiliyat o‘qituvchining individual imkoniyatlarini xarakterlaydi. Bir xil sharoitda qobiliyatli o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarida ham qobiliyati past kishilarga qaraganda ko‘proq yutuqlarga erishadilar.
Qobiliyat shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida tezroq oldinga siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini ta’minlaydi. Qobiliyatli kishi muta-xassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga erishadi hamda ishlab chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi.
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim - bu ilmiy mutolaalar nati-jasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo‘lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi.
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malakalardir.
Ko‘nikmalar - o‘qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Malakalar - o‘qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig‘indisi.
Ular o‘qituvchi kasbiy faoliyati mexanizmining asosini tashkil qiluv-chi jarayonlar bo‘lib, qobiliyat bilan birgalikda pedagogik mahoratga erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida o‘qituvchilar kasbiy faoliyatida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lmagan noshud o‘qituvchi ko‘p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko‘nikma va malakalarni chuqur egallashda ro‘yobga chiqadi.
Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko‘nikma va malakalari ko‘p qirrali va mukammallashgan bo‘ladi. Ko‘nikma va malakalar etarli bo‘lmagan qobiliyatni birmuncha to‘ldirishi yoki qobiliyatning kamchiligini tuzatishi mumkin. Ko‘nikmalarni umumlashtirib mohirlik ham deb ataydilar. Mohirlik ham qobiliyatning o‘zginasidir. Demak, qobiliyat ko‘nikma va malakalarning paydo boiish jarayonida shakllanadi.
Pedagogikada o‘qituvchi qobiliyati - bu imkoniyatdir, uning mohir-ligi zaruriy darajasi faqatgina o‘qitish va tarbiyalash jarayonida takomil-lashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. Tug‘ma qobiliyatlar zehn deyiladi. Iqtidor, iste’dod, daholik - insonning ijodiy faoliyati jarayonida erishiladigan qobiliyatlarning rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar xarakter kabi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo‘lgan sifatlaridir.
Psixologiyada qobiliyat - insonning kasbiy bilim, ko‘nikma va mala­kalarni qiyinchiliksiz, osonlik bilan mukammal egallashi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishiga aytiladi. U o‘qituvchining kasbiy faoliyatida ham yorqin namoyon bo‘ladi.
Kasbiy faoliyatning ta’lim mazmunini belgilovchi sifatlari o‘qituv­chining ijodkorligida namoyon boladi. Ijodkorlik - bu sifat jihatidan yangi, original va takrorlanmas biror yangilikni paydo qiluvchi faoli-yatdir.
Mahsuldor ijodkorlikda belgilangan har qanday muammo muvaf­faqiyatli hal qilinadi; ijod qilishga layoqatli bo‘lgan o‘qituvchilarning asosiy qismida bu jihatlar namoyon bo‘ladi.
Evristik ijodkorlik, jamiyatda ro‘y berayotgan kasbiy faoliyatga oid yangiliklarni dadil o‘zlashtirish va targ‘ib qilishni anglatadi, ya’ni uning asosida g‘oyalar (farazlar) hosil qilish jarayonini intensifikatsiya qilish va ularning haqiqatga yaqinligini (ehtimolligini, ishonchliligini) izchil amalga oshirish va bunda yangi holatda dadil harakat qilish qobiliyati, fikrlash jarayoni asosida tafakkurni rivojlantirishkuzatiladi.
Kreativ ijodkorlikda o‘qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi nazariyalarni yaratadi, o‘z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o‘qituvchilargina bunga erishishi mumkin.
Tabiiy anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui insonning iste’dodi deyiladi.
Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig‘indisi. iste’dodining yuksak cho‘qqisi - uning intellektini belgilaydi. "livuleld - bu aqlan ish ko‘rish, ratsional fikrlash va hayotiy muammolarni mohirona hal qilishning global qobiliyati" (Veksler), ya’ni intellekt insonning atrof muhitga to‘liq moslasha olish qobiliyati deb qaraladi.
Intellektning tarkibiy tuzilishi olimlar tomonidan quyidagicha ta’riflanadi:
Intellektning asosiy sifatlari
Ijod
O‘qituvchi faoliyati­da mehnatning moddiy va ma’naviy mahsulotini yaratish, yuksak natijalarga erishish qobiliyati
Fikrlash tezligi
Ta’lim-tarbiya jara­yonida yangi holatga tez va to‘g‘ri munosabat bildirish; faoliyatni tanlashda tafakkur tezligi.
Pedagogik faoliyatda erishilgan muvaffaqiyatlar o‘lchovi; kasbiy bilimlarni mukammal bilish qobiliyati
CHuqur idrok etish yangi bilimlarni o‘zlashtirishda narsalar va hodisalar mohiyatiga chuqur kira bilish sababini tushunish, ilmiy tafakkurga ega bo‘lish.
Epchillik - bir g‘oyadan boshqasiga, shujumladan, o‘zinikiga qarama-qarshi bo‘lgan g‘oyaga o‘ta olish qobiliyati.
Intellekt — lotincha intellectus — anglash, tushunish, egallash. Individdagi aqliy qobiliyatlarning nisbatan mukammal tuzilishi
Tanqidiylik - bilimlarni va hodisalarni o‘rganishda ob’ektiv baholash, farazlar va echiralarda shubha uyg‘otish istagi
O‘qituvchining intellekt utgchttchtuup art
Fikrlash - amaldagi intellekt
Aqliy teranlik muammoni boshqa hodisalar bilan o‘zaro aloqadorlikda idrok etish qobiliyati
Tezlik-muammolarni hal qilish tezligi, kasbga oid g‘oyalami ishlab chiqarish qobiliyati.
Originallik – yangi ilmiy g‘oyalami yaratishga bo‘lgan mulish
«Biz iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivoj-lanishni ma’naviy o‘nglash, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un bo‘lishni» - istayotgan bir davrda yashayapmiz. Bu istak esa yoshlar ta’lim - tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan kasb egalarini yuksak kasbiy tayyorgarlikka, g‘oyaviy -siyosiy e’tiqodga, tashkilotchilik va boshqaruvchilik malakalariga ega bo‘lish lozimligini taqozo qilmoqda. CHunonchi, bu hoi ta’lim tizimi va kasb-hunar ta’limi muassasalari yangilanayotgan, ta’lim - tarbiyaning mazmuni, shakli, usullari, vositalari majmuiga, o‘quv - tarbiya jarayoniga o‘zbekona urf - odatlar faol kirib borayotgan bir sharoitda o‘zgarmoqda. Bu o‘zgarishlar har bir o‘qituvchini yangicha fikrlashga, sharqona ish yuritishga, tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka, ma’naviy - ma’rifiy ishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga undaydi. SHuning uchun ham bugungi kunda o‘tgan davrdagidan ko‘proq pedagogika fani oldida yan­gicha fikr yuritadigan o‘qituvchi - tarbiyachini tayyorlash, uning kasbiy mahorati va malakasini takomillashtirish uchun o‘qitish va tarbiyalashning zamonaviy shakl, usul, vositalarini ishlab chiqish juda muhimdir. Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘qituvchilik kasbini tanlagan har bir yigit va qiz o‘ziga shu kasbni sevishi yoki sevmasligi to‘g‘risida savol beradi. Zero masalaning yana bir muhim tomoni borki, bu bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik qobiliyatga egami yoki yo‘qmi degan muammo paydo bo‘ladi. Vaholanki har bir kasb, qobiliyat orqali egallanadi va mukammal o‘rganiladi.
Pedagogik qobiliyatlar o‘z funksiyasiga ko‘ra umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo‘lganda o‘qituvchi o‘z pedagogik kasbiy faoliyatini mukammal egallab, mohirona olib borish bilan birga, boshqa turli xil faoliyatlar bilan ham muvaffaqiyatli shug‘ullanadi. Umumiy qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida har qanday qiyinchilik va ziddiyatlarni qiynalmasdan bartaraf etadilar.
O‘qituvchining pedagogik qobiliyatini tahlil qilgan N.V. Kuzmina shunday yozadi: "Ta’lim - tarbiyada ro‘y beradigan ko‘pgina kamchiliklar o‘qituvchi o‘z pedagogik qobiliyatining amaliy yo‘nalishlarini yaxshi bilmasligi, iste’dodning o‘qituvchida yo‘qligi natijasida ro‘y beradi".
Maxsus qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar faqat o‘zlari egallagan kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanadilar.
Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini ta’minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi.
Qobiliyat ko‘rsatkichlari
Ko‘nikmalarni egallash tezligi —► Erishilgan yutuqlar sifati
Qobiliyatlar
Insonning ma’lum fooliyat talablariga javob beruvchi va uning muvaffaqiyatli bajarilishining sharti hisoblanuvchi individual-psixologik xususiyatlardir
UMUMIY: aqliy faollik; tanqidiylik; tizimiylik; tahlil qilish; reaksiya tezligi;
sintezlash; diqqatni jamlash; e’tiborlilik;
MAXSUS: tashkilotchilik; injener-texnik; loyihalashtirish; matematik; ijodiy; badiiy; musiqaviy.
Qobiliyatlarni rivojlantirishning eng yuqori darajasi - TALANT
Barcha mutaxassisliklarda bo‘lgani kabi o‘qituvchilik kasbida ham pedagogik qobiliyat - uning shaxsiy iste’dod xususiyatlarini belgilab, kasbiy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirishda sub’ektiv shart -sharoitlar yaratadi.
Har qanday qobiliyat - shaxsga tegishli bo‘lgan murakkab tushunchadir, u faoliyatning talablariga mos xususiyatlar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi.
Har qanday faoliyat ham murakkab bo‘lib, u kishiga turli-tuman talablar qo‘yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talablarga javob bera olsa, kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda o‘z qobi-liyatini ko‘rsata oladi, agar xususiyatlaridan qaysi biri rivojlanmagan bo‘lsa, shaxs mehnatining muayyan turiga nisbatan kam qobiliyatli, deb xarakterlanadi.
Mana shuning uchun ham qobiliyat deganda birorta xususiyatning o‘zini emas, balki inson shaxsining faoliyat talablariga ja­vob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlay oladigan xususiyatlar ansambli yoki sintezini tushunish lozim.
O‘qituvchi qobiliyatini o‘rganishda xususiyatlar «ansambli» iborasini biz shuning uchun ham ishlatamizki, bunda xususiyatlarning oddiygina birgalikda mavjud bo‘lishini emas, balki ularning uzviy bog‘langan bo‘lishini, muayyan tizimda o‘zaro ta’sir qilishini ko‘zda tutayapmiz. Bu tizimda xususiyatlardan biri oldingi o‘ringa chiqib, yetakchi xususiyatga ega bo‘lsa, ayni vaqtda boshqalar uchun yordamchi xususiyatlar rolini o‘ynaydi.
Kishining qobiliyati juda katta ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega. Qobiliyat yuqori mehnat unumdorligini ta’minlashga, binobarin, ijtimoy boylikning son va sifat jihatidan tez o‘sishiga, jamiyat taraqqiyotiga yordam beradi. SHuning uchun ham bo‘lajak o‘qituvchilarning zakovati, qobiliyatini ochish hamda ulardan o‘z o‘rnida foydalanishini o‘rganib olishi zarur ekanligi haqidagi masala qat’iy talab qilinadi. O‘qituv­chining pedagogik mahoratni takomillashtirishida qobiliyat bilim olish va malaka hosil qilishni ta’minlaydi. Qobiliyatli kishining yuqori unumli mehnati uni moddiy hayot darajasi bilan ta’minlaydi.
Ta’kidlash joizki, qobiliyatli o‘qituvcljiga pedagogik faoliyat va mehnat engilroq bo‘ladi va u kamroq charchaydi, chunki sevimli mehnati unga huzur-halovat bag‘ishlaydi.
Qobiliyat bilim, ko‘nikma va malakalar mahsuli, shu bilan birga, faoliyat usullarini egallash tezligi, teranligi va mustahkamligida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti yuksak darajada muvaf­faqiyatli bo‘lishi uning pedagogik qobiliyatga qanchalik ega ekanligiga bogiiq. O‘qituvchilarning faoliyati yosh avlodni ma’naviy barkamol shaxs darajasida tarbiyalashda va kasbiy bilimlarni chuqur egallagan kadrlarni tayyorlashda namoyon bo‘ladi. Buning muvaffaqiyati o‘qituv­chilarning pedagogik qobiliyatiga bog‘liq. Qobiliyat kasbiy faoliyat jarayonida sayqallanib boradi. Buning uchun o‘qituvchida layoqat, zehn va qiziqish bo‘lishi kerak.

Yüklə 197,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin