mavzu. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari 2-mavzu. Oʼqituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat 15


Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari



Yüklə 197,32 Kb.
səhifə6/46
tarix15.09.2023
ölçüsü197,32 Kb.
#143829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
qirgiz tili

Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari
Pedagogik-psixologiyada o‘qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo‘q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‘payib va o‘zgarib turishi raumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha "o‘zgarmas irsiyat" nasldan - naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqi-qotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib ko‘rsatilgan:
1. O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi.
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
3. Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish.
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5. O‘z mehnatiga ijodiy yondashish.
6. Javobgarlikni his etish.
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
O‘qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizimlari mayjud. Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
• asosiy xususiyatlar;
• tayanch xususiyatlar;
• yetakchi xususiyatlar;
• yordamchi xususiyatlar.
Pedagogik qobiliyatlar faqat pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishini va shart-sharoitini ifodalamasdan, balki ko‘p jihatdan muvaf­faqiyatli ishlashning natijasi hamdir. Pedagogik qobiliyatda o‘qituv­chining o‘zaro fikr almashuvi bilan bog‘liq xususiyatlari asosiy rol o‘ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning asosiy xususiyatlari o‘qituv­chining yuksak pedagogik-psixologik bilimlari natijasida doimiy shakllanib boradi:
Kommunikativ qobiliyat: o‘qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar, mahalla ahli bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqotida, ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdard bo‘lish, muloqotga kirishishida pok ko‘ngillilik. O‘qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo‘lishi, muomala madaniyattni muntazam o‘zida shakllantirib borishi lozim.
Perseptiv qobiliyat: tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, ya’ni kuzatuvchanlik muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchining shijoati nati­jasida rivojlanadi, takomillashadi. O‘qituvchi o‘quvchining psixologiyasini, psixik holatini o‘ziga singdirib idrok etadi, sinf jamoasining holatiga pedagogik vaziyatiga odilona baho beradi.
Empatik qobiliyat: bolalarga bo‘lgan muhabbatdan kelib chiqadigan o‘quvchilarning his-tuyg‘usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish, tushunish, idrok etish, ularga achinish xususiyatlaridir.
Ta’lim jarayonini muqobillashtirish qobiliyati: o‘qituvchi o‘z bilimini o‘quvchi ongi va tafakkuriga kam kuch sarflash evaziga yetkaza olishi, ta’lim va tarbiyada belgilangan muddatda maqsadga erishish qobiliyatidir.
Didaktik qobiliyat: o‘quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogika-ning ta’lim va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o‘zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir. SHuningdek, dars pedagogik texnologiyalar asosida jahon andozalariga, hozirgi zamon talablariga javob berishi kerak.
Tashkilotchilik qobiliyati: pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir. U sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga, to‘garaklarga jalb qila olishida, sinf jamoasining har bir o‘quvchiga faol vaziyatni ta’minlab berishida namoyon bo‘ladi.
Konstruktiv qobiliyat: o‘qituvchining o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko‘ra olishi.
Bilish qobiliyati: o‘qituvchining o‘z fanini va boshqa fanlarni chuqur bilishida, o‘zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi.
Anglash (tushunish) qobiliyati: o‘qituvchining ziyrakligi va udda-buronligi, voqea va hodisalarai chuqur idrok etib, ularga adolatli muno-sabatda bo‘lishi.
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlikka ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Bu - individual narsaning o‘ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilishi demakdir. Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o‘z-o‘zidan ravshan. Ulaming kuzatuvchanligi turlicha yo‘nalishda boiganligi sababli, har biri o‘z tafakkuri va dunyoqarashiga ega.
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavur qilishdir. Bu xususiyat faqat rassomga, matematika o‘qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‘lmasdan, balki aynan barcha fan o‘qituvchilariga ham tegishli,
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol o‘ynaydi.
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar quyidagilardan iborat:
• aql-idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga tanqidiy e’tibor, sobitqadamlik;
• o‘qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligining teranligi;
• aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayo‘liy fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish.
• pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish.
O‘qituvchi faoliyatida tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik aloqalarning uzluksizligi tarbiyaning asosiy qonuniyatlaridan biridir. O‘quv-chilar bilan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda ijobiy aloqalar o‘rnatish, ijobiy iqlim yarata olish, o‘ziga ishontira olish va jalb qilish - o‘qituvchi kom­munikativ qobiliyatining asosiy mohiyati bo‘lib, bunda bevosita o‘qi­tuvchi bilan bog‘liq bo‘lgan minglarcha ruhiy jarayonlar, ma’lum bir qolipdan chiqishi mumkin bo‘lmagan muomala turlari va shartlari mavjud. Tarbiyaning samaradorligi, pirovard natijada o‘quvchilar bilan aloqa o‘rnatishning shakl va uslublariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi bilan belgilanadi. Asosiy maqsad, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. O‘qituvchi tarbiya usullari tizimini belgilab olgandan keyin bir qator aloqa o‘rnatish vazifalarini rejalashtirishi kerak. Albatta, bu nihoyatda qiyin jarayon, zero tarbiyaning har bir usuli, tarkibiy qismi va tashkil etuvchi usullari muomala orqali aloqa o‘rnatishning samaradorligiga bog‘liq. Ushbu jarayon bevosita o‘qituvchining fikr almashuvi (refleksiya) bilan bog‘liq xususiyatlariga, o‘quvchi ruhiy holatini fikr tezligi bilan uqib olish san’atiga va pedagogik ta’sir ko‘rsatishning turli usullarini bir-biri bilan o‘zaro aloqadorlikda qo‘llay bilishiga taalluqli bo‘lib, ular uzluksiz shakllanadi.
O‘qituvchining fikr almashuvi bilan bog‘liq kommunikativ qobili­yatini shakllantiravchi asosiy xususiyatlari o‘quvchi ongiga qaratilgan faoliyat bo‘lib, nihoyatda murakkab jarayonda takomillashadi. O‘zaro fikr almashish omillari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kommunikativ qobiliyatning quyidagi yo‘nalishlari mavjud:
- o‘quvchilarni ishontirish;
- o‘quvchilar ongiga ta’sir etish;
- o‘zgalarga taqlid qilish.
O‘quvchilarni ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchi fikr-mulohazalarini ta’sirchan nutq orqali o‘quvchining bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, xatti-harakatiga ta’sir etadi va uni qisman o‘zgartiradi. Ishontirish o‘qituvchining kasb faoliyatiga taalluqli bo‘lgan murakkab faoliyatida asosiy ta’sir ko’rsatish vositasi bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida ishlatiladigan usullardan biri hisoblanadi. O‘quvchi ongiga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishontirish usuli o‘qituvchidan bahs, munozara asosida dalillar keltirishni, isbot va mantiqqa tayanishni talab qiladi. Ayniqsa o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida o‘rganilayotgan mavzuga taalluqli muqobillik mavjud bo‘lganda, tanqid va fikrlar kurashiga tayanilganda samarali bo‘ladi.
Ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan ekan, o‘qituv­chining his-tuyg‘usi, nutqi va ishontira olish san’ati bunda muhim ahamiyatga ega. U pedagogik ta’sir ko‘rsatish usuli sifatida darslarda yangi mavzuni tushuntirishda, o‘quv-tarbiyaviy soatlarda, turli uchrashuvlar va ijodiy suhbatlarda munozaralar shaklida qo‘llaniladi. Tarbiyaviy tadbirlarda ishontirish usuli sinf jamoasi bilan hamda alohida o‘quvchi bilan individual suhbatlar o‘tkazish, siyosiy mavzulardagi darslarda keng qo‘llaniladi. Ishontirish usuli yordamida o‘quvchilarning dunyoqarashi shakllantiriladi. Bu ayniqsa o‘quvchi ongini begona mafkuraviy g‘oyalardan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega, ishontirish asosida o‘quvchiga ideal va mustaqil fikrlar qayta’ quriladi, ularni ba’zi psixik ta’sirlar tufayli sodir bo‘ladigan tushkunlik holatidan asraydi, ularda erkinlikni hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stiradi, o‘ziga va kelajagiga ishonch uyg‘otadi, o‘z-o‘zini tarbiyalashda, mustahkam irodani shakllantirishga undaydi.
O‘quvchilar ongiga ta’sir o‘zaro fikr almashish jarayonida shakllanadigan murakkab psixologik xususiyat bo‘lib, o‘qituvchi kom­munikativ qobiliyatining universal omili hisoblanadi. O‘qituvchilarning o‘zaro suhbati va faoliyati jarayonida tarbiyalanuvchi ongiga ta ‘sir etishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, i o‘quvchilarning psixikasi va xulq-atvoriga sezilarsiz ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir o‘quvchilar ongiga, psixikasiga nazoratsiz kirib borishi bilan alohida ahamiyatga ega, o ‘quvchilarning ijodiy faoliyatida, xatti-harakatlarida, intilishlarida yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatish tarzida amalga oshiriladi.
Ongga ta’sir - shunday bir psixik jarayonki, o‘quvchilar o‘qituv­chining yoki biror shaxsning ta’siri ostida, o‘z ongining yetarli nazoratisiz voqelikni idrok etadi. Agar o‘qituvchi bunda pedagogik mahoratga, psixologik tajriba va bilimlarga ega bo‘lmasa, o‘quvchilar ongiga ta’sir qila olmaydi, natijada ta’lim-tarbiya jarayoni ijobiy natijalar bermaydi, o‘qituvchi o‘quvchilarning hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘la olmaydi. O‘qituvchi o‘z tarbiyalanuvchilari ongini tashqi muhitning salbiy ta’sirlaridan, sinf jamoasi norasmiy yetakchilarining turli yashirin buzg‘unchi g‘oyalaridan himoya qilishga mas’ul shaxsdir. O‘quvchi ongiga ta’sir o‘tkazishda o‘qituvchi yetakchilikni o‘z qo‘liga kiritishi uchun:
— o‘quvchilarning salbiy xatti-harakatlari tufayli sodir bo‘ladigan emotsional his-tuyg‘ularga berilmasligi;
— har bir o‘quvchining psixologik va ruhiy holatini puxta o‘rgan-masdan uning ongiga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga harakat qilmasligi;
— har bir o‘quvchiga alohida shaxs sifatida hurmat e’tibor bilan munosabatda bo‘lishi;
— sinf jamoasining norasmiy yetakchisini sezdirmasdan aniqlab olishi va uning hatti-harakatidan doimo ogoh bo‘lishi;
— pedagogik mahoratning muhim jihatlarini uzluksiz o‘zida takomil-lashtirib borishi;
— o‘ylanmay aytilgan har bir so‘z, noo‘rin fikr-mulohazaning oqiba-tini hech qachon tuzatib bo‘lmasligini o‘qituvchi doimo his etishi lozim.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda axborot texnologiyalari maydonining nihoyatda kengligi tufayli o‘quvchilar ongi tarbiyaga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi g‘oya va mafkuralar bilan band bo‘lishi tabiiy hoi. O‘qituvchilar yosh avlodni tarbiyalashda ongga ta’sir qilishning keng imkoniyatlarini o‘z o‘rnida qo‘llay olsalar, o‘quvchilar ongini turli keraksiz g‘oyalar va mafkuralardan himoya qila oladilar. SHuni unutmaslik kerakki, o‘quvchilar o‘zlarining yosh xususiyatlari va psixologik ta’sirga moyilligi tufayli har qanday ta’sirga nihoyatda beriluvchan bo‘ladilar.
Taqlid qilish shaxsning psixologik xususiyati bo‘lib, o‘zi sevgan biror inson harakatiga, namunasiga, ibratiga amal qilishidir. O‘quvchi o‘zi uchun ideal deb bilgan kishining xulq-atvor namunalariga ongsiz ravishda taqlid qiladi. O‘quvchilar o‘zgalar xulq-atvoridan andoza olib, taqlid qilish yo‘li bilan ulardan o‘zining muhitida foydalanadi. Taqlid qilishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, o‘quvchilar o‘z xatti-harakati va muomalasi jarayonida o‘zi ko‘rgan, kattalar bajargan harakat-larni takrorlashga intiladi. Taqlid qilishning yana bir xususiyati o‘quvchi badiiy asarlarda o‘qigan, kinofilmlarda ko‘rgan sevimli idealidagi qahramon obraziga, xarakteriga, jasoratiga, imo-ishora, nutq, kiyinish uslublariga beixtiyor taqlid qiladi, o‘z faoliyatida takrorlaydi.
Beixtiyor taqlid qilish o‘quvchi shaxsi shakllanishining ilk bosqich-larida muhim ahamiyatga ega. O‘quvchi taqlid qilish yo‘li bilan nutqni, buyumlarni, turli harakatlarni o‘rganadi, xulq-atvori shakllanadi, ruhiya-tidagi ushbu jarayon asta-sekin va ko‘r-ko‘rona davom etadi.
O‘qituvchi kommunikativ qobiliyati bilan pedagogik faoliyat olib borish jarayonida o‘zaro fikr almashish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatishning ko‘rib chiqilgan asosiy turlari - o‘quvchini ishontirish, o‘quvchi ongiga ta’sir etish, taqlid qilish - bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan psi­xologik xususiyatlardir va ayni vaqtda, o‘ziga xos farqlarga ega. Ishon­tirish va ongga ta’sirning o‘zaro bog‘liqligi shundan iboratki, biz ta’sir ko‘rsatish usulining unisidan ham, bunisidan ham foydalanganda ko‘pincha notiqlik san’atini namoyish etamiz. O‘qituvchining so‘z boyligi va notiqlik malakasi ishontirish va o‘quvchi ongiga ta’sir etishning muhim manbalaridir.

Yüklə 197,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin