Shu bois o‘qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.
O‘quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o‘rin tutadi. Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek qo‘llab- quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo‘lib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.
Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: kundalik faoliyat an’analari; bayram an’analari.
Kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam turlari), va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o‘z ichiga oladi.
Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog‘liq sanalar (xususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navro‘z bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi. NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR