Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual - o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘ rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1.Go‘daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr.