Mavzu: pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari


Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə54/124
tarix08.04.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#54931
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   124
MAVZU

Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi.

Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o‘rin tutadi. Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. Ushbu g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:



Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat.

Tarbiya jarayonining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o‘quvchi shaxsining o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog etakchi rol o‘ynaydi. CHunki u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan yaxshi xabardor, tarbiya shakl, metod va vositalarini asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.

Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda, ilmiy tahlil qilish mumkin.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin