ishlarni olib borish, bu ishlarni olib boruvchi kishilarni faollikka chaqiruvchi fikrlar
ham mavjud.
O`zbekiston Yoshlar ittifoqi jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo`shgan
buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo`lish tuyg`usini
shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o`rganish va keng targ`ib etishga
qaratilgan mazmundor, ta`sirchan loyihalarni amalga oshirishga tashabbus
ko`rsatishi nur ustiga nur bo`lur edi. Boy tarixiy ma`naviy meros, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi asosida O`zbekiston fuqarolarida milliy g`urur
va iftixor tuyg`ularini shakllantirish va yuksaltirish g`oyaviy-mafkuraviy sohada
olib borish zarur bo`lgan asosiy vazifadir. Tarixiy ma`naviy meros, milliy va diniy
qadriyatlarni tiklash va shu asosda milliy g`oya va mafkurani shakllantirish va
mustahkamlash masalasiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasida so`zlagan nutqida ham e`tibor qaratilgan.
Jamuyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur
islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko`zlangan maqsad - “Inson manfaatlari
hamma narsadan ustun” degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish
ustuvor ahamiyatga ega bo`lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo
etishdan iborat”. Umuman olganda Prezident asarlarida tarixiy ma`naviy meros,
milliy va diniy qadriyatlar, barkamol insonni tarbiyalash masalalariga katta e`tibor
qaratilgan. Bugungi kunda jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy
vazifa milliy g`oyani shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iborat bo`lib,
milliy g`oyani shakllantirishda xalqimizning azaliy an`analariga, udumlariga, tiliga,
diliga, ruhiyatiga asoslanib, fuqarolarda kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-
toqal, adolat, ma`rifat tuyg`ularini singdirish masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda.
Milliy g`oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o`z oldiga qo`ygan
maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g`oyadir. Milliy g`oya o`z tarixi
va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalqning kelajagini
belgilaydi, unga yetishishning o`ziga mos yo`larini tanlab, ana shu jarayonga xos
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo`nalishlar bilan barcha g`oyaviy tamoyillarni ham
belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo`lgan g`oyalar muhim ahamiyat