Pedagogik kuzatish murakkab va maxsus xususiyatga egadir. Bunda kuzatilayotgan pedagogik hodisaning mohiyatini ko’ra bilish, o’qituvchi va o’quvchi harakatlarining o’zaro aloqasi dialektikasini, ulardan har birining individualligini aniqlay olish lozim. Har pedagog kuzatuvchan bo’lishi ayrim hodisa va dalillarning tavsilotlarini payqay olish, ularni tahlil qila bilish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Kuzatishlar biror maqsadga qaratilgan holda amaliy va sistemali yo’lga quyilgan bo’lsa, eng kerakli dalillarni, mazkur kuzatishdan o’z vaqtida chiqarilgan pedagogik - psixologik xulosalarni hisobga olgan holda tashkil qilinsa, samarali bo’ladi. Kuzatish ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirish maqsadida olib borilishi mumkin. Masalan, o’qitish jarayonida bolalarning qanday o’sayotganligi, darslar jarayonlarida bilim berish va tarbiyalash vazifalari birligi qanday amalga oshirilayotganligi; fan asoslarini o’rganishda o’quvchilarnig tafakkuri qanday faollashayotganligini va boshqalar aniqlanadi.
Ilmiy kuzatishda ba’zan tadqiqotchi chidamsiz, shoshqaloq va sistemali ish ko’rmasligi singari holatlarga yo’l quyilsa uning samaradorligi pasayadi.
Suhbat metodi. Ilmiy maqsadda olib boriladigan suhbatning aniq maqsadi, vazifasi, shakli va ularni o’tkazish metodikasi mavjud. Suhbatlar individual, guruhli va jamoa turlari bor. Tadqiqotchi suhbat olib borishni va uni kerakli maqsadli tomonga yo’naltira olishi g’oyat muhimdir. Suhbat olib boruvchi quyidagi pedagogik qoidalarga rioya qilishi shart: