Jumladan ushbu qonunda bilim olish huquqi: 1.
Davlat va nodavlat ta‟lim muassasalarini rivojlantirish;
2.
Ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta‟lim olishni tashkil etish;
3.
Ta‟lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o„qitish, shuningdek
ta‟lim muassasalarida shartnoma asosida to„lov evaziga kasb-hunar o„rgatish;
4.
Barcha turdagi ta‟lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o„quv
yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo„lishi;5.
Oilada yoki o„zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o„tgan
ta‟lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o„tish huquqini berish orqali
ta‟minlanishi belgilab qo„yilgan.
“Ta‟lim to„g„risida”gi Qonunga asosan ta‟lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida quyidagilar belgilab qo„yilgan: 1. Ta‟lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
2. Ta‟limning uzluksizligi va izchilligi;
3. Umumiy o„rta, o„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining majburiyligi;
4. O„rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi yo„nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar
kollejida o„qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
5. Ta‟lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
6. Davlat ta‟lim standartlari doirasida ta‟lim olishning hamma uchun ochiqligi;
7. Ta‟lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
8. Bilimli bo„lishni va iste‟dodni rag„batlantirish;
9. Ta‟lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg„unlashtirish.
Ushbu qonunda tegishli ma‟lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga
ega bo„lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug„ullanish huquqiga ega ekanligi xamda
pedagogik faoliyat bilan shug„ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta‟lim
muassasalarida bu faoliyat bilan shug„ullanishiga yo„l qo„yilmasligi aloxida ta‟kidlab
o„tilgan.
“Ta‟lim to„g„risida”gi qonunning 6-moddasida ta‟lim muassasasining huquqiy maqomi
nazarda tutilgan. Unga asosan, ta‟lim muassasasi yuridik shaxs bo„lib, qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda tashkil etiladi. Nodavlat ta‟lim muassasasi O„zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o„tgan paytdan boshlab
yuridik shaxs huquqlari va ta‟lim faoliyati bilan shug„ullanish huquqiga ega bo„ladi. Ta‟lim
muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan
amalga oshirilishi belgilab qo„yilgan.
Ushbu qonunga ko„ra, ta‟lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav
asosida faoliyat ko„rsatadi. Ta‟lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat
akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin. Ta‟lim muassasalari o„quv-tarbiya majmualariga hamda o„quv-ilmiyishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga
birlashishga haqli.
“Ta‟lim to„g„risida”gi qonunning 7-moddasida Davlat ta‟lim standartlari umumiy o„rta,
o„rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta‟lim mazmuniga hamda sifatiga qo„yiladigan talablarni
belgilaydi, deb ko„rsatilgan.
Davlat ta‟lim standartlarini bajarish O„zbekiston Respublikasining barcha ta‟lim
muassasalari uchun majburiy xisoblanadi. Ta‟lim muassasalarida ta‟lim berish tilidan
foydalanish tartibi Davlat tili to„g„risidagi O„zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga
solinishi aloxida qayd etilgan.