Oliy o„quv yurtidan keyingi ta‟lim jamiyatning ilmiy va ilmiy- pedagogik kadrlarga
bo„lgan ehtiyojlarini ta‟minlashga qaratilib, u oliy o„quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot
muassasalarida (doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) amalga oshiriladi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash OTMlarda, maxsus ta‟lim
muassasalarida, Oliy maktablarda, qisqa muddatli o„quv kurslarida yoki boshqa
tashkilotlarda amalga oshirilishi mumkin bo„lib, uning asosiy maqsadi kasb bilim va
ko„nikmalarni chuqurlashtirish hamda yangilashni ta‟minlashga qaratiladi.
Maktabdan tashqari ta‟limbolalar va o„smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini
qondirish, ularning bo„sh vaqti va dam olishini tashkil etish, madaniy-estetik, ilmiy,
texnikaviy, sport va boshqa yo„nalishlarda ko„rsatiladi. Bu ta‟lim bolalar, o„smirlar ijodiyoti
saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar va o„smirlar sport maktablari, san‟at
maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog„lomlashtirish muassasalari va
boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
Mavzu: Maktabgacha ta‟lim tizimiga oid Qonun va qarorlar
Reja:
1. O„zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‟limga oid qonun xujjatlari
2. “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun
3. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta‟lim sohasidagi vakolatlari
O„zbekiston Respublikasida maktabgacha ta‟limga oid qonun xujjatlari.O„zbekiston Respublikasi “Ta‟lim to„g„risida”gi qonunining 19- moddasida Akkreditatsiya
qilingan ta‟lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi ma‟lumot to„g„risidagi hujjat (shahodatnoma, diplom, sertifikat, guvohnoma)
beriladi deb ko„rsatilgan. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma‟lumot
to„g„risidagi hujjat oilada ta‟lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya
qilingan ta‟lim muassasalarining tegishli ta‟lim dasturlari bo„yicha ekstern tartibida
imtihonlar topshirgan shaxslarga ham berilishi qonunda belgilangan.
Tegishli bosqichdagi ta‟limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi
ma‟lumotnoma beriladi deyilgan ushbu qonunda.
Davlat tasdiqlagan namunadagi ma‟lumot to„g„risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta‟lim
muassasalarida ta‟lim olishni davom ettirish yoki tegishli ixtisoslik bo„yicha ishlash
huquqini beradi.
O„zbekiston Respublikasi “Ta‟lim to„g„risida”gi qonunining 20- moddasida ta‟lim
oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish, ya‟ni me‟yoriy hujjatlarga muvofiq imtiyozlar,
stipendiya va yotoqxonada joy bilan ta‟minlash, 21-moddasida ta‟lim muassasalari
xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanishi, haq to„lanadigan yillik
uzaytirilgan ta‟tillar, hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, ta‟lim
muassasalari ish haqiga mo„ljallangan mavjud mablag„lar doirasida mustaqil ravishda
stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq
to„lash va uni rag„batlantirishning turli shakllarini qo„llashga haqliligi, 22-moddasida yetim
bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni
o„qitish va ularni boqish davlatning to„la ta‟minoti asosida qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda amalga oshirilishi, 23-moddasida esa jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni
bo„lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo„lgan bolalar va o„smirlarni o„qitish,
qisman yoki to„la davlat ta‟minotida bo„lishi belgilab qo„yilgan.