Mavzu Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja P
Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta‟lim berishning o'ziga xosligi Ta‟lim - maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatla- rining muntazam rejali
ravishda rivojlantirib borish, MTMning ta‟lim-tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy
bilimlar siste- masi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni shakllan- tirishdan iborat.
Maktabgacha ta‟lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta‟lim yetakchi rol o'ynaydi.
Ta‟lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta‟lim - bolalarga
izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish
jarayonlarini, tafakkur faolligini ri- vojlantirishni nazarda tutadi.
Ta‟lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkov- lik, ziyraklik, tanqidiylik
kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta'lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini
mu- vaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTMda bolalarga madaniy -
gigiyenik ko'nikmalar, asosiy harakatlar o'rgatiladi, ular madaniy axloqiy qoidalarini
o'zlashtirib oladi- lar.Ta‟lim jarayonida bolalarda o'quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda
muvaffaqiyatli o'qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta‟limni ikki yo'l bilan
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Mashg'ulot - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishning asosiy shakli
Mashg'ulot ta'lim muassasida bolalarga ta‟lim berishning asosiy shaklidir. Mashg'ulot -
pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir.
Tarbiyachi bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini
boyitadi, madaniy, gigenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi
turli-tu- man malaka va ko'nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta‟lim berishda bosh
rolni mashg'ulot egallaydi. Mashg'ulotlar maktabgacha ta'lim muassasasida ta‟limni tashkil
etish shaklidir.
.
Ta‟lim shakli deganda ta‟lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan
faoliyati tushuniladi va kun tarti- bida ma‟lum bir vaqtda o'tkaziladi.
Ta'lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o'rtasidagi D'zaro ta‟sir xususiyatiga,
o'tkazish joyiga shuningdek, kun tar- :ibida egallagan o'rniga qarab bir-biridan farq qiladi.
Maktabgacha ta‟lim muassasasida ta'limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka
tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta‟lim berish ishlari
ekskursiya, didaktik o'yinlar orqali kun davomida bolalarning mashg'ulotdan tashqari har
xil faoliyatlarida, ularning o'yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi.
Mashg'ulot maktabgacha ta'lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur
mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma'lum o'rin va vaqt ajratjlgan. Mashg'ulot
tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi mashg'ulotda bolalarni yangi
bilimlardanxabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg'ulotlarini tashkil etadi. O'quv
materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg'ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahami- yatga ega. Mashg'ulot orqali
bolalar o'quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta
olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta'lim berish nati- jasida bilimga
qiziqishlar rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi
faoliyatda bolalar bir-birlari- ga faol ta‟sir etishadi, o'z tashabbusi, topog'onligini namoyon
qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar oldiga umumiy zo'r berishning talab etuvchi vazifa
qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm
qirqib yo- pishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o'yinlarini
ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o'qishda paydo bo'lgan birgalikdagi kechinmalar
bolalarning birlashgan do'stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg'ulotda ta'lim
berish orqali bolalarda maktabdagi o'qishga qiziqish tar- biyalanadi, javobgarlik hissi, o'zini
tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to'g'ri sifatlar hosil
qilinadi.
Bolalarni maktab ta‟limiga ruhiy jihatdan tayyorlash- ni ularning boshlang'ich sinflarda
dastur materialni yax- shi o'zlashtirib olishlarini ta'minlovchi bilim va malakalar
mashg'ulotlar jarayonida hosil qilinadi.
Mashg'ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi,
tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan
voqeadagi asosiy g'oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni
rivojlantirishga katta e'tibor beriladi.
Mashg'ulotda tarbiya vazifalari hal etiladi. Mashg'ulot bolalarning yosh va o'ziga xos
xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta‟lim muassasasi ta‟lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomi- da o'tkaziladigan
mashg'ulotlar soni va vaqti belgilab qo'yilgan.
Mashg'ulotlarda ta'lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab etadi, ya'ni
u bolani aktiv faoliyati bilan bog'liq bo'lib bola ma'lum natijaga erishish uchun intiladi, bu
esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shutting uchun mashg'ulotga
tayyorlanishda bolalar yoshini, im- koniyatini e‟tiborga olish zarur: mashg'ulotning vaqtini,
kun tartibidagi o'rnini dasturning har xil bo'limlarini to'g'ri al- mashtirib turishni oldindan
o'ylab, aniq belgilab olish zarur.
Mashg'ulotlarni kuning birinchi yarmida o'tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki
birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug'lik
bilan yaxshi ta'minlangan bo'ladi.
Har bir yosh guruhida necha marta mashg'ulot o'tkazilishi, uning mazmuni va har bir
mashg'ulot yosh guruhlari bo'yicha necha daqiqa davom etishi MTM tarbiya dasturida
ularning yosh xususiyatlarini e‟tiborga olgan holda belgilab berilgan.
Birinchi kichik guruhda mashg'ulot bolalarni ikki guruhga bo'lgan holda o'tiladi.
Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo'ladi. Mashg'ulot jadvalini tuzganda haftada
bolalarning ish qobiliyati yuqoriroq bo'ladigan kun tanlanadi. Ma‟lumki haf- taning
o'rtalarida (seshanba, chorshanba, payshanba) bolalarning ish qobiliyati yuqori bo'lar ekan,
bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvchi murakkabroq mashg'ulot tanlanadi
(elementar matematika, nutqni rivojlantirish, savodga o'rgatish va h.k). jadval tuzganda bu
mashg'ulotlarni birinchi qo'yish kerak, bolalardan ko'p harakat qilishni, hissiy nagru- zkani
talab etuvchi mashg'ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib
qo'yildi.
Bolalar o'zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiya- lovchi bo'Iishi kerak. Maktabgacha
ta'lim muassasasi dasturi Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilim
larning (bular tabiatga muhabbat uyg'otadi, o'simliklar va hay- vonlarga g'amxo'rlik bilan
qarash hissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishni nazarda tutadi: bilimlarni o'zlashtirib olish
asosida bolalarda jonajon shahriga, o'z vataniga, xalqiga muhabbat, ulug' kishilarga
muhabbat va hurmat, o'lkaning ijtimoiy hayo- tiga qiziqish paydo bo'ladi. Maktabgacha
yoshidagi bolalarda ijtimoiy hodisalar, voqealar to'g'risida, umumlashgan tasav- vurlar
tarkib topadi. Masalan, qo'shni o'lkalardagi bolalarning hayoti, oddiy kishilarning mehnati,
boshqa xalqlarning hayoti va do'stligi haqidagi dastlabki tasavvurlar vujudga keladi. Tar
biyachi yangi mashg'ulotlarning mazmunini belgilar ekan, ular u yoki bu mashg'ulotlarda
o'zlashtirilgan bilimlar bilan qanday bog'lanishini o'ylab ko'radi. Masalan, oshpaz,
kutubxonachi bilan o'qituvchining mehnati haqidagi bilimlar xilma-xil mehnat turlari
haqidagi ma'lumotlar sistemasining bir qismidir.
Pochtadagi turli xodimlar mehnati haqidagi bilimlar - ijtimoiy mehnatning jamoa
xarakteri to'g'risidagi bilimlar sistemasining bir qismi. Mehnatning ijtimoiy xarakteri, mohiyati- ni tushunish uchun bola shunga o'xshash ko'pdan ko'p mehnat turlari bilan
tanishishi lozim. Mashg'ulot quyidagi turlarga bo'linadi:
Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg'ulotlarni o'tkazishdan maqsad - ularni yangi
bilimlardanxabardor qilish, tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, voqealar to'g'risidagi bil
imlarini aniqlash va kengaytirishdir. Bunday mashg'ulotlarga yangi obyektni kuzatish,
hikoya qilib so'zlab berish va boshqa- lar kiradi. Mazkur mashg'ulotlar hamma yosh
guruhlarida o'tkaziladi..
1. Bolalarning to'plagan bilim va tajribalarini mustahkam- lovchi va sistemaga soluvchi
mashg'ulotlar. Undan ko'zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarning anglab olish va
dast- labki umumlashtirishga o'rgatishdir. Buning uchun tanish obyekt kuzatiladi, ikki
narsa, solishtiriladi (xona o'simliklari, daraxtlar, hayvonlar), didaktik o'yinlar, suhbatlar
o'tkaziladi. Bunday mashg'ulotni o'tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi
o'zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o'zlashtirilmaganini bilib oladi. Tarbiyachi mashg'ulot
jarayonida bolalarning bili- mini yangi narsalar - detallar bilan boyitib boradi.
2. Bolalarning bilimini sinovchi mashg'ulotlar. Bunday mashg'ulotlardan maqsad
tarbiyachi bolalar dastur bo'yicha o'zlashtirilishi lozim bo'lgan bilim va malakalarni
o'zlashtirib oladilarmi-yo'qmi, shuni bilib oladi va o'zining bo'lajak ish mazmuni, metodini
belgilaydi. Mashg'ulotning tarbiyachi o'z xohishi bilan kvartal, yarim yil va yilning oxirida,
shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan o'tkazishi mumkin.
3. Kompleks mujassam mashg'ulotlar bolalar bog'chasi tajribasida keng tarqalgan bo'lib,
bunday mashg'ulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi, egallangan bilimlar mustahkamla
nadi va takrorlanadi, sistemaga solinadi, olgan bilim va malakalarni amalda qo'llashga
o'rgatiladi. MTMda tasviriy faoli- yat, konstruksiyalash, tevarak-atrofdagi ijtimoiy hayot va
tabiat bilan tanishtirish, nutqni o'stirish, savod o'rgatish, eng od- diy matematik
tasavvurlarni rivojlantirish, musiqa va jismoniy tarbiya mashg'ulotlari o'tkaziladi.
Mashg'ulotga to'g'ri tayyorgarlik ko'rib, uyushgan holda o'tkazilganda bolalar oldiga ma'lum
aqliy vazifa qo'yilgan taqdirda, ularning fikrlash faoliyati rivojlanadi, Aqliy vazifalarning
birligi va muayyan qiyin- chilik bolalarni uyushtiradi va ularning diqqatini ma‟lum to
monga yo'naltiradi. Eng avvalo, bolaning aqliy vazifani hal etish yo'lidagi qiyinchilikni
yengish imkoniyati tug'iladi, nati- jada bolada faoliyatga qiziqish uyg'onib, u malakani
egallash uchun mustaqil intiladi, o'ylaydi va vazifaning uddasidan chiqish uchun fahm
farosatini ishga soladi.
Nusxa olish tarzidagi vazifani bajarish natijasida bola tarbiyachi ko'rsatmasi va namunasiga
qarab malaka va ko'nikmalarni o'rganadi. Bu bolalarni amaliy va aqliy faoliyat usullarini
egallab olishlari uchun zarurdir. Bolalar qalamni, mo'yqalamni, qaychini ushlashni, rasm
chizish, narsa yasash, solishtirish, umumlashtirish, abstraktiyalashni o'rganadilar. Tarbiyachi
bir narsaning takrorlanaverishiga yo'l qo'ymasligi kerak.