belgilangan tartibda ro'yxatdan o‟tkaziladi. Quyidagilar: davlat boshqaruv
organlari
mahalliy davlat
hokimiyati organlari
davlat korxonalari qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa
davlat tashkilodari
davlat maktabgacha
ta‟lim
muassasalarining
muassislari bo'lisfii
mumkin
Maktabgacha ta'lim muassasalari o'z ishining o'ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga
bo'linadi:
- umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim muassasalari;
ixtisolashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo'lgan bolalar
uchun);
- sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali
asosratlarga ega bo'lgan bolalar uchun);
Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z ustaviga, bank muassasalarida hisob raqamiga,
O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi ko'rsatilgan muhrga,
yuridik manzili ko'rsatilgan shtampga ega bo'ladi.
Maktabgacha ta‟lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan
attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi belgilangan davlat me‟yorlariga va maktabgacha ta'lim
muassasasiga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o'qitishni, ularga
qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog'lomlashtirishni ta‟minlaydi.
Maktabgacha ta‟lim muassasalarida ta'lim mazmuni O'zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan
belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z (mualliflik) dasturidan foydalanishga
haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim
vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta‟lim muassasasining ish kun tartibi iva u yerda qancha vaqt bo'Iishi Maktabgacha ta'lim muassasasi ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kecha-yu
kunduz faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'yiladi.
Maktabgacha ta‟lim muassasasida bolalarni o'qitish va tarbiyalash davlat tilida va
«Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib
boriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta'lim
muassasasiga yuklanadi hamda O'zbekiston Respubliksida tasdiqlangan sanitariya qoidalari
va me'yorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish ham, shtatdagi tibbiyot xodimlari ham Maktabgacha
ta'lim muassasalariga biriktirilgan sog'liqni saqlash organlarining tibbiyotxodimlari
tomonidan ta‟minlanadi, ular Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda
bolalarning hayoti, sog'lig‟i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari
o'tkazilishi, sanitariya-gigiyena me‟yorlariga, ovqatlanish kun tartibi va sifatiga rioya
qilinishi uchun javob beradilar.
Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog'liqni saqlash organlariga
yuklanadi. Maktabgacha ta‟lim muassasasi tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi
uchun tegishli lozim-sharoitlar yaratadi.
Maktabgacha ta‟lim muassasasining shtatdagi xodimlari sog'liqni saqlash organlarida
bepul tibbiy ko'rikdan o'tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan
ajratilgan mablag'lar doirasida belgilanadi.
Maktabgacha ta‟lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni
tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan
Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida qayd etilgan o'z maqsadlari va vazifalarini bajarish
uchun ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan tuzilgan Iozimnomalar
asosida oilaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda asosiy ta'lim dasturlaridan tashqari
qo'shimcha pulli ta'lim xizmatlari ko'rsatishga haqlidirlar. Pulli ta'lim xizmatlari muassis
tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy ta'lim faoliyatini uning doirasida ko'rsatilishi
mumkin emas.
Davlat maktabgacha ta‟lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayoni qatnashchilariDavlat maktabgacha ta‟lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va
vasiylik kengashi a'zolari ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni
saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavida
belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi vasiylikkengashining faoliyati O'zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom
asosida amalga oshiriladi.
Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalarni o'z ustavi,
kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar
shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat
maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lishi vaqtini, ta‟lim- tarbiya jarayonini tashkil etishda
tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.
Ota-onalar:
o'z bolalari uchun ta‟lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta'lim muassasasida
ta‟lim berish tilini tanlash;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta‟lim- tarbiya berish uchun zarur
shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda
bo'lishni talab qilish;
muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o'ziga
qulay bo'lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish
huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo'lishlari mumkin.
Ota-onalar quyidagilarga majbur:
belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta‟lim muassasasida
bo'lgan davri uchun badal to'lovini o'z vaqtida to'lash;
bolalarning to'laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena ko'nikmalari
shakllantirilishini qat‟iy kuzatib borish, bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga
ozoda kiyingan holda olib kelish.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari
o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy
xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan
tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Tegishli pedagogik ma‟lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega
bo'lgan shaxslar davlat maktabgacha ta‟lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan
shug'ullanish huquqiga ega.
Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishi
taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va
imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta‟lim muassasasi ustavida, shuningdek,
mehnat shartnomasida belgilanadi.
Xodimlarning vazifalari lavozim yo'riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasida
belgilab qo'yiladi.
Davlat maktabgacha ta‟lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat maktabgacha ta‟lim muassasasini boshqarishda o'z ustavida belgilanadigan
tartibda qatnashish;
o'z kasbiy sha‟ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'Iishi
mumkin.
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur: ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim
dasturlarini tatbiq etish;
ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy,
estetik va jismoniy rivojlantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart
sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta‟lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta‟lim
sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimma- tini hurmat qilish, bolalarni
tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota- onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;
o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o'z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Mavzu: O‟yin bola tarbiyasining muhim vositasi
Reja:
1. O 'yinning bola faoliyatidagi mohiyati va o'ziga xosligi 2. Taniqli pedagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari
3. Bolalar o‟yinlarining turkumlari
O'yinning bola faoliyatidagi mohiyati va o'ziga xosligi
O'yin inson o'zligining namoyon bo'lishi, uning takomilla- shuv usulidir. O'yin kattalar
hayotida muayyan o'rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni
«bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan, U maktabgacha yoshdagi bolalar
hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta‟lim bilan uzviy aloqada bo'lgan
holda yetakchi faoliyat sifatida namoyon bo'ladi. Bola shug'ullanadigan ko'pchilik jiddiy
ishlar o'yin shaklida bo'ladi. O'yinda shaxsdagi barcha mavjud jihatlar ishga tushadi: bola
harakat qiladi, gapiradi, idrok etadi, o'ylaydi. O'yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida
namoyon bo'ladi.
O'yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf, san‟atshunos
olimlar diqqatini o'ziga tortib kelgan bo'lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va
uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o'z o'yinlarida ovchilik, urush,
dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o'sha davrdagi ba‟zi qabilalarning sholi
sepish jarayoni o'yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi.
YAKomenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaf- larning g'oyalari hozirgi
zamon bolalar o'yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o'yini ko'p asrlik
tarixga ega,
- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - U insonning o'zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli
tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji
ifodalangan».
Yan Amos Komenskiy o'yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to'g'ri
keladigan zarur shakli deb hisoblaydi. Uning fikricha, o'yin - bolaning barcha qobiliyat
ko'rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o'yinda borliq, dunyo haqidagi
tasavvurlar doirasi kengayadi va boyiydi, nutq rivojlanadi. Bola o'yin davomida tengqurlari
bilan do'stlashadi. Y.A.Komenskiy o'yinga quvnoq bolalik va bolani uyg'un rivojlanish
sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar o'yinlariga e‟tiborli munosabatda bo'lishni,
ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan edi.
P.F.Lestgaft bolalar o'z o'yinlarida tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini aks ettiradilar,
deydi. Bunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.
Shunday qilib o'yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o'yinda tevarak-atrofdagi borliq aks
ettirilishini ilg'or olim va pedagoglar o'zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqotlari orqali
isbotlab berdilar.
Tarbiyachilar bolalar o'yiniga rahbarlik qilishda quyida- gilarga rioya qilishi lozim.
1. o'yin bilan mehnat o'rtasida to'g'ri munosabat o'rnatish
2. o'yinda bolalarning bo'lajak mehnat ahliga xos bo'lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini
tarbiyalash.Shu tariqa o'yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo'lgan
ijtimoiy faoliyatdir; o'yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak, ijtimoiy hayot
o'zgarishi bilan uning mazmuni ham o'zgaradi; o'yin ma‟lum maqsadga yo'naltirilgan ongli
faoliyat bo'lib, uning mehnat bilan ko'p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga
xizmat qiladi. O'yin faoliyati asosida boladagi o'quv faoliyati rivojlanadi, bola qanchalik
yaxshi o'ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi o'qiydi.