Mavzu: Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja: Pedagogning kasbiy vakolatlari mazmuni "Kasbiy kompetensiya" tushunchasining ma'nosi


Reja: 1. Aqliy tarbiya haqida tushuncha



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə26/29
tarix16.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#113844
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Mavzu Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja P

Reja:
1. Aqliy tarbiya haqida tushuncha
2. Aqliy tarbiyaning vazifasi
3. Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta‟lim berishning o'ziga xosligi
Aqliy tarbiya haqida tushuncha
Aql - keng ma'noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o'z ichiga
oladigan bilish jarayonlari yig'indisidir.
Aqliy tarbiya - bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga
muvofiq pedagogik ta‟sir ko'rsatish. U yosh avlodning insoniyat to'plagan bilimlar, malaka
va ko'nikmalarda, qoidalarda o'z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning
rejali jarayoni sifatida ro'y beradi. Bu ta‟sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va
bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlovchi xilma-xil vositalar, metodlar, sha- roitlar
yaratishni o'z ichiga oladi. Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi bilimlar hajmi,
xususiyati va mazmunida namoyon bo'ladi. Ular aqliy faoliyatning jo'shqinligida, mustaqil
ijodiy bilishga intilishda o'z ifodasini topadi.
Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma'lum maqsadga qara- tilgan bo'lishini talab etadi.
Kishining aqli uning asosiy faoli- yatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan
belgilanadi.
Aqliy tarbiyasi yetuk, o'tkir zehnli, zukko va zakovatli in- sonlarni xalqimiz donishmand
kishilar deb ataydilar. Donish- mandlik - bu donolik. Donolik insonning eng buyuk va
olijanob fazilatidir. Donolik shunday bir noyob ne‟matdirki, u har kim- ga ham nasib
etavermaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, xalq donoligida «Aql toji oltindan, oltin har
kimda ham bo'lmas», deyiladi.
Insoniyat paydo bo'lgandan beri odamlar orasida yetishib chiqqan barcha olim-u fozillar,
shoir-u yozuvchilarning bar- chasi mukammal ilm egallash orqali o'z davrining e'tiborli
kishilari darajasiga ko'tarilganlar.
Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg'ariy,
Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va boshqa- lar, g'arb olimlaridan Yan Amos Komenskiy,
K.D.Ushinskiy
J.J.Russo va boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk
kashfiyotlar yaratganlar.
Tarixan ta'lim-tarbiya maxsus inson faoliyati sifatida shakl- lanib borish barobarida,
ta'lim-tarbiya yakunida tarbiyalanuv- chining sifatlari, yani ta'limiy maqsadlar ham
aniqlanib bordi.
Xitoyning Samarqanddagi elchisi Vey Sizinning hisobotlari- da: «Samarqand aholisi
mohir savdogarlardir. O'g'il bola besh yoshga to'lar ekan, unga savod o'rgata boshlaydilar»,
- deb qayd qilingan.Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ham ta‟lim-tarbiya masalalariga
katta ahamiyat berilgan. Unda «Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi, tayanchi bo'lib
hisob- lanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo, yaxshi o'qishni
keyin esa yozishni o'rganishi bilan eng yuksak pog'onaga ko'tarilsin» deyilgan.
Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta'lim-tarbiyaning
muhimligi, unda nimalarga e‟tibor berish zarurligi, ta'lim-tarbiya usul va uslublari haqida
fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to'g'risida», «Aql ma‟nolari
to'g'risida», «Ilmlarning kelib chi- kishi» kabi maorifiy asarlarida olimning ijtimoiy
tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan.
Farobiy ta‟limning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat
uchun xizmat qiladigan yetuk insonni yetishtirishdan iborat deb biladi.
Beruniyning bilimlarni egallash yo'llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham
dolzarbdir. O'quvchilarga bilim berishda ularni zeriktirmaslik; uzviylik, izchillik, yangi
mavzu- larni qiziqarli, asosan ko'rgazmali bayon etish va hokazolar- ga e'tibor berish
kerakligini uqtiradi. Olim bilim oluvchilarga qalbni yomon o'zi sezishi mumkin bo'lmagan
holatlardan, be- huda raqobatdan, shon-shuhratdan saqlanish zarurligini ayta- di. Beruniy
inson kamolotida uch narsa muhimligini ta‟kidlaydi. Bu irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishning birinchi mezo- ni sanalgan bilim egallashga
da'vat etadi. Bilimsiz kishilar jo- hil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk
bo'lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarur deb
biladi. U ta‟limda quyidagi talablarga rioya etish zarurligini ta‟kidlaydi: bolaga bilim
berishda birdani- ga kitobga band qilmaslik, ta'limda yengildan og'iriga borish orqali bilim
berish, olib boriladigan mashqlar bolaning yoshiga mos bo'lishi, o'qitishda jamoa bo'lib
o'qitishga e‟tibor berish, ta'lim berishda bola qiziqishini va qobiliyatini hisobga olish,
o'qitishni jismoniy mashqlar bilan birga olib borish.
Abu Ali ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.
Mushohada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy ka- tegoriyalarini
tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich. Ikki xil fikrni idrok etish. Uchinchi bosqich.
O'zlashtirilgan bilim, fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi.
Olim aqlni 3 bosqichga bo'lar ekan, birinchi bosqichda yodlay oladigan, lekin hali
harflarni ham, yozishni ham bil- maydigan bolalarni nazarda tutgan.
Ikkinchi bosqichda tayoqchalarni chiza boshlagan, qalam- dan foydalanishni
o'rganayotgan bolalarning aqli tasavvur qilinadi.
Uchinchi bosqichda inson aql shakllarini va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan
bo'ladi.
Ibn Sino aql deganda insoning tug'ma iste'dodini, bilish jarayonida shakllanadigan
fikrlash qobiliyatini tushunadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin