13
Kadrlar ishining taktikasi, deb kadrlar bilan bo‘ladigan
munosabatga aytiladi. Bunda hozirgi sharoitda kadrlar siyosatini
ma’lum tartibda amalga oshirish qoidalari ko‘zda tutiladi. Bu
kadrlarni to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga qo‘yish, o‘qitish, ta’lim
berish, boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash demakdir.
Kadrlar bilan bo‘ladigan faoliyatning samaradorligi tizimli
yondashuvga asoslanishi kerak. Kadrlar ish tizimini boshqaruv
xodimlari bilan bo‘ladigan faoliyat shakli, usuli, yo‘nalishi va
o‘lchovlarining birlashmasi tashkil qiladi. Kadrlar bilan ishlash:
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, bir joydan ikkinchisiga
o‘tkazish va ularni yuqori lavozimlarga ko‘tarish, faoliyat
rejalarini tashkil qilish va rahbarlik qilish kabilarni o‘z ichiga
oladi.
«
Xodim
» iborasi o‘zbek tilining izohli lug‘atida «biror idora
yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi» ma’nosida talqin
etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, tibbiyot
xodimi, ilmiy xodim va h.k.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga
ikki xil yondoshuv mavjud:
—
inson resurslarini boshqarish;
—
xodimlarni boshqarish.
«
Dostları ilə paylaş: