Mavzu: personalni boshqarish tizimlarini takomillashtirish


-jadval Xodimlarni boshqarish tizimi



Yüklə 378,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix07.01.2024
ölçüsü378,29 Kb.
#202480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Reja Kirish. Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazi

1.2-jadval
Xodimlarni boshqarish tizimi

Tizim osti tizimlar
Boshqarish obyektlari
1
Ish sharoiti:
· mehnatning ruhiy-fiziologik talablariga rioya 
qilish;
· mehnat ergonomikasi talablariga rioya qilish;
· mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini 
ta’minlash;
· tabiatni muhofaza qilish va h.q.


15
2
Mehnat 
munosabatlari:
· shaxsiy va guruhlar munosabatlarini tahlil 
qilish va muvofiqlashtirish;
· rahbarlar munosabatlarini tahlil qilish va 
muvofiqlashtirish;
· ishlab chiqarishdagi ixtiloflar, nizolar, 
asabbuzarliklarni boshqarish;
· kasaba uyushmalari bilan o‘zaro 
munosabatlarni boshqarish va h.k.
3
Kadrlarni 
hisobga olish va 
rasmiylashtirish:
· ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, 
bir joydan ikkinchi joyga o‘tishlarni 
rasmiylashtirish;
· kadrlar boshqaruv tizimini axborotlar bilan 
ta’minlash;
· kasbiy yo‘nalishlarni aniqlash;
· bandlikni ta’minlash.
4
Xodimlarni 
rejalashtirish va 
xodimlar marketingi:
· xodimlarni boshqarish strategiyasini ishlab 
chiqish;
· kadrlar salohiyatini tahlil qilish;
· mehnat bozorini o‘rganish, xodimlarga 
bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish, reklamani 
uyushtirish;
· korxonani kadrlar bilan ta’minlovchi tashqi 
manbalar aloqalarini o‘rnatish;
· vakant (bo‘sh) ish joylari uchun nomzodlar 
tanlash va baholash;
· kadrlarni joriy baholab borish.
5
Kadrlar ongini 
rivojlantirish:
· kadrlarga iqtisodiy va texnikaviy bilimlar 
berish;
· qayta tayyorlash va malaka oshirish;
· zahiradagi kadrlar bilan ishlash;
· amal va martabani nazorat qilish va 
rejalashtirish;
· yangi xodimlardan kasbiy va ijtimoiy 
psixologik ko‘nikma hosil qilish.


16
6
Mehnatni 
rag‘batlantirish 
vositalarini 
takomillashtirish:
· mehnat jarayonlarini me’yorlashtirish va 
tarifikatsiyalash;
· ish haqi tizimini ishlab chiqish;
· ma’naviy rag‘batlantirish vositalaridan 
foydalanish;
· foyda va kapital bo‘yicha qatnashuvchi 
ishtirokchi hissasini ishlab chiqish;
· motivatsiya va uni boshqarish.
7
Huquqiy xizmat:
· mehnat munosabatlaridagi huquqiy masalalarni 
yechish;
· xodimlarni boshqarishga taalluqli farmoyishli 
hujjatlarni moslashtirish;
· xo‘jalik faoliyatidagi huquqiy masalalarni yechish.
8
Ijtimoiy tuzilmani 
rivojlantirish:
· umumovqatlanish muassasalarini boshqarish;
· kommunal xo‘jalik sohasini boshqarish;
· jismoniy tarbiya va madaniyat ishlarini 
rivojlantirish;
· sog‘liqni muhofaza qilish va xordiq chiqarishni 
ta’minlash;
· bolalar muassasalari bilan ta’minlash;
· ijtimoiy nizolarni boshqarish;
· aholi iste’mol mollari va oziq-ovqat mahsulotlari 
sotilishini tashkil qilish.
9
Boshqarishning 
tashkiliy tarkibini 
ishlab chiqish tizimi:
· boshqarishning shakllangan tashkiliy tarkibini 
tahlil qilish;
· boshqarishning tashkiliy tarkibini loyihalashtirish;
· shtatlar ro‘yxatini ishlab chiqish;
· boshqarishning yangi tashkiliy tarkibini tuzish.
Xodimlarni boshqarish 
deyilganda, korxonada band bo‘lgan 
kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, 
ularning normal (mo‘’tadil) faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy 
shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan tashkiliy-
iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.Bunday 
boshqaruv funksional va tashkiliy boshqaruvlarga bo‘linadi.
Funksional boshqaruv deganda, bevosita kadrlar masalasini 
yechish bilan bog‘liq masalalar, ya’ni kadrlarni 
tanlash, 
ishdan bo‘shatish, malakasini oshirish, ish haqi 
va hokazolar 
tushuniladi.


17
Tashkiliy boshqaruvi deyilganda, kadrlar ishi uchun bevosita 
javob beruvchi barcha shaxs va institutlar, ya’ni rahbarlar, 
kadrlar bo‘limi, kasaba uyushmalari va boshqalar tushuniladi.
Boshqaruv tizimi tqg‘risida ikki og‘iz so‘z
. Xodimlarni 
boshqarish tizimi deganda, korxonada band bo‘lgan kishilar 
salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, 
ularning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-
sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan iqtisodiy-tashkiliy 
va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Tarkiban bu tizim 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi, (1.2-jadval).
Xodimlarni boshqarish ikki guruhdan iborat tamoyillarga 
asoslanadi.

Yüklə 378,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin