Qattiq holdagi suv (muz) uchun taxminan 10 ta modifikatsiya ma’lum: I, Ic, II, ….VIII va shishasimon muz, bunda molekulalar vodorod bog‘lari O-N ... O va to‘rtta qo‘shni molekulalar bilan shunday bog‘langanki, kislorod atomlari tetraedr burchaklarida va markazida joylashadi. Suvning barcha shakllari juda katta makromolekulalardir. Bu narsa go‘yoki bir-biriga teskari bo‘lgan mikro va makromolekula holatidagi suv tushunchalarining birligini ko‘rsatadi.
Vodorod bog‘ining energiyasi 88,89·103 j/mol bo‘lib, kislorod va vodorod orasidagi kovalent bog‘i energiyasidan (377,1.103 j/mol) ancha kichik, lekin induksion dipol va dispersion kuch (yoki van-der-vaals kuchi) dan ko‘pdir. Bu tirik sistemalardagi mikrob hujayralarining tarkibidagi ayrim molekulalarning tuzilishi va faoliyatida juda muhim. Masalan, suv teskari zaryadlangan molekulalarni gidrat qobiqlari tarzida ekranlashtiradi va ularning dispers muhitdagi turg‘unligini ta’minlaydi. Bu ionlar atrofida joylashuvchi gidratatsion suvga taalluqli bo‘ladi.
Suv dielektrik o‘tkazuvchanlik, sirt tarangligi va issiqlik sig‘imi bo‘yicha katta ko‘rsatkichlarga ega, shu sababli suv ko‘p moddalar uchun erituvchi, elektrostatik va issiqlik buferi hisoblanadi.
Dielektrik sifatida suv ionlarga ajraluvchi noorganik tuzlarni eritadi; alifatik spirt va kislotalarni eritadi, ko‘pgina aromatik hamda getorotsiklik hosilalarni eritadi.
Suvning yuqori sirt tarangligi tirik materiyalarda muxim biologik effektni aks ettiradi – biror bir moddalar ichki muhitga tushganda (yoki tashqaridan kirganda) keskin o‘zgarishlarga qarshi tura olish qobiliyati kelib chiqadi.
Agar bu moddalar suvning sirt tarangligini sezilarli yoki keskin o‘zgartirsa, ular, odatda, mikroorganizmlarga halokatli ta’sir etadi (kation va anion sirt foal moddalar) yoki hujayralar uchun fiziologik normal bo‘lgan sharoitlarda bilinmaydigan biror-bir effektni keltirib chiqaradi (ionogen bo‘lmagan sirt-faol moddalar).
Suvning yuqori issiqlik sig‘imi hujayra strukturalarini mumkin bo‘lgan chegaralarda termik infaolatsiya (faollikni yo‘qotish)dan saqlaydi.
Ma’lumki, mikroorganzmlar ma’lum harorat chegarasida yashashga moslashgan, shu sababli, ularning dispers muhitidagi issiqlik sig‘imiga tabiat tegishli tuzatishlarni kiritgan (mutatsiyalarni), bular dispers faza hisobiga kiritilgan.
Mikroorganizmlarning ko‘pchiligi mezofillar guruhiga kiradi. Ular uchun optimal harorat 20-450 S. 450 S dan yuqorida termofillar, 200 S dan pastda psixrofillar yaxshi o‘sadi.
Aniqlanishicha, biosferada biomassa hosil bo‘lish jarayonida azot tanqisligini qoplash uchun ammoniyli va nitrat tuzlari ko‘rinishidagi bog‘langan azot kamlik qilar ekan.
Evolyusiyaning dastlabki bosqichlarida tabiatda azotning aylanishi bugungi kundagidek bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emas edi, chunki u paytlarda o‘simlik hamda hayvon organizmlari hali yo‘q edi.Faqat keyinchalik sianobakteriyalardan keyin molekulyar azotni o‘zlashtira oladigan erkin yashovchi mikroorganizmlar va mikrob simbiontlar vujudga keldi. Erkin yashovchi aerob azot fiksatsiyalovchilarga azotobakteriyalar, aktinomitsetlar, ayrim vibrionlar, mikobakteriyalar, spirillalar, spiroxetlar kiradi.
Anaeroblardan klostridiy, sianobakteriya, fotosintezlovchi bakteriyalardan ham azotfiksatorlar ma’lum. Azotfiksatorlar - simbiontlar, rizobakteriyalar va aktinomitsetlar – tugunakli dukkakli o‘simliklarda, botqoq mirtasida, loxda, chakandada, olxada aniqlangan.
Simbiontlar vakili sifatida lishayniklar bor, ularda sianobakteriyalar va yashil suvo‘tlar molekulyar azotni to‘playdi va hujayraning yanada murakkabroq azotli birikmalariga transshaklsiya qiladi.