D.B.Elkonin tasnifini ko’pchilik psixologlar tomonidan e’tirof etilsada, biroq uning birmuncha munozarali tomonlari mavjud. Umuman D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o’rin tutadi. Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A.ALyublinskaya inson kamolotini yosh davrlarga ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi; 1. Chaqaloqlik davri - tug’ilgandan bir oylikkacha; 2. Kichik maktabgacha davr - 1 oylikdan 1 yoshgacha; 3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr -1 yoshdan 3 yoshgacha; 4. Maktabgacha tarbiya davri - 3 yoshdan 5 yoshgacha; 5. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11, 12 yoshgacha; 6. O’rta maktab yoshi davri (uspirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha: 7. Katta maktab yoshi davri-15 yoshdan 18 yoshgacha.

Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyondasi B,A.Kruteskiy insoning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta’kidlaydi: 1. Chaqaloqlik (tug’ilgandan 10 kunlikkacha); 2. Go’daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha); 3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); 4. Bog’chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha}; 5. Bog’cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha); 6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha); 7. O’smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha); 8. Ilk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha). Yuqoridagi har ikkala tasnif puxtaligidan, ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganligidan qatiy nazar inson kamolotini to’la ifodalab berishga ojizlik qiladi.