Mavzu: Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari Reja: Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxs



Yüklə 105,75 Kb.
səhifə1/12
tarix24.05.2023
ölçüsü105,75 Kb.
#121129
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
21-MAVZU PSIXOLOGIYA

MAVZU: Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari Reja:

1. Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxs.

2. Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi.

3. Ta’lim va tarbiya psixologiyasining samaradorligini oshirish mexanizmlari

Ma’lumki, har bir odam o’ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muxitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya’ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulg’ayadi, shakllanadi. Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a’zosi sifatida, ma’lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyandasi sifatida va nihoyat, Tashqil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha bo’lgan muayyan jamoalarning faol a’zosi sifatida qatnashadi. Shaxsning mohiyati o’z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir. Shaxsdagi barcha psixik xususiyatlari, ijodiy faolligining rivojlaiish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog’liqlikda bo’lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Mana shu ma’noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e’tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi. Muhit, ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya, azaldan berilgan, genotik jihatdan qatiy belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina bo’lib qolmay, balki inson psixik xususiyatlarini tarkib toptiradi. Bu borada, birinchidanodam muhit ta’siri ostidagi passiv obyekt bo’lmay, balki faol mavjudotdir, Shu bois hayot sharoiti, tashqi ta’sir inson psixikasini belgilamaydi, balki odamning muhit bilan bo’lgan o’zaro ta’siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali belgilanadi. Shu sababli muhitning ta’siri haqida emas, balki odamning tevarak-atrofdagi muhit bilan faol o’zaro ta’siri haqida gapirish maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi pirovard natijada tashqi sharoitlarga, tashqi ta’sirotlarga bog’liqdir. Lekin bu rivojlanishini bevosita tashqi sharoitdan va tashqi vaziyatdan keltirib chiqarib bo’lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha odamning hayotiy tajribasi, uning shaxsi, individual psixologik xususiyatlari va psixik qnyofasi orqali ta’sir qiladi.


Yüklə 105,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin