L.S.Vigotskiy o’zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq, bu mulohazalarda ancha munozarali, bahodi o’rinlar ham mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy tarixiy ahamiyatiga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to’g’risidagi mulohazali va olga surgan g’oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir. D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat nazariyasiga, har qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi, Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli, nazariyaning asosiy mohiyatini Tashqil qiladi. D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topdi: 1. Go’daklik davri - tug’ilgandan 1 yoshgacha - yetakchi faoliyat -bevosita emosional muloqot; 2. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - yetakchi faoliyat -predmetlar bilan nozik harakatlar qilish; 3. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolli o’yinlar; 4. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o’qish; 5. Kichik o’smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot; 6. Katta o’smirlik yoki ilk uspirimli davri - 16 yoshdan 17 yoshgacha; - yetakchi faoliyat - o’qish, kasb tanlash davri.