Mavzu: Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari Reja: Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxs



Yüklə 105,75 Kb.
səhifə5/12
tarix24.05.2023
ölçüsü105,75 Kb.
#121129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
21-MAVZU PSIXOLOGIYA

Shveysariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g’oyalar bilan yo’g’rilgandir. J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o’sishi o’zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o’ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o’tadi. Ta’lim - bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hyech qanday jiddiy ta’sir ko’rsata olmaydi. Demak, ta’lim rivojlanish qonunlariga buysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur yetilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o’rgatish foydasizdir. Ta’limning turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib yetiladigan muayyan yoshidan qat’iy nazar bog’liqligi ana shundan kelib chiqadi. Ta’kidlash joizki, ta’lim yetakchi rolni bajaradi, ta’lim va rivojlanish esa o’zaro bir-biriga bog’liqdir; ular alohida sodir bo’ladigan ikki jarayon bo’lmay, balki bir butun jarayondir Ta’limsiz to’la aqliy rivojlanish bo’lishi mumkin emas. Ta’lim rivojlanishga turtki bo’ladi, rivojlanishni o’z ortidan ergashtirib boradi. Zarur sharoit tug’ilganda ta’lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy rivojlanish uchun zamin bo’ladi, lekin, ta’lim rivojlanishga turtki bo’lish bilan bir vaqtda o’zi rivojlanishga tayanadi, erishilgan rivojlanish darajasining xususiyatlarini, rivojlanishning ichki qoidalarini albatta, inobatga oladi. Ta’limining imkoniyatlari juda keng bo’lsa-da, biroq cheksiz emas. Yirik rus psixologi L.S.Vigotskiy talim va taraqqiyot muammosiga ijtimoiy-tarixiy jarayon nuqtai-nazaridan yondashib, bilimlarni o’zlashtirish insoniyatning tarixi taraqqiyotida yaratilgan madaniyatda ishtirok etish jarayonidir, deb ta’kidlaydi. U olga surgan psixik funktsiyalar taraqqiyotining madaniy-tarixiy nazariyasiga ko’ra, psixik faoliyat taraqqiyot uning «tabiiy» shaklini bevosita qayta qurgan holda, turli alomatlar bilan avval tashqi, so’ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, «madaniy» shaklini egallash tushuniladi, Shu munosabat bilan L.S.Vigotskiyning psixologiyaga kiritgan «psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi tushunchasi muxim ahamiyat kasb etadi. Buning asl mohiyati, bolaning mustaqil faoliyat kattalar bilan hamkorlikda, uning rahbarligida amalga oshiriladi. L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan «psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi» tushunchasi «ta’lim taraqqiyotdan oldinda boradi» degan umumiy qoidaning yaqqol mazmunini tushunish uchun imkoniyat yaratadi


Yüklə 105,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin