Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananyev singari yirik psixologlarning asarlarida o’z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug’ullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi o’zining kelib chiqishi, Ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi, Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir. L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi; 1. Chaqaloqlik davri inqirozm. 2. Go’daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha, bir yoshdagi inqiroz. 3. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz. 4. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz. 5. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha - 13 yoshdagi inqiroz. 6. Puberdat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, yoshdagi inqiroz.