Pedagogik psixologiyaning taniqli namoyondasi B,A.Kruteskiy insoning ontogenetik kamolotini quyidagi bosqichlardan iboratligini ta’kidlaydi: 1. Chaqaloqlik (tug’ilgandan 10 kunlikkacha); 2. Go’daklik (10 kunlikdan 1 yoshgacha); 3. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); 4. Bog’chagacha davr (3 yoshdan 5 yoshgacha}; 5. Bog’cha yoshi (5 yoshdan 7 yoshgacha); 6. Kichik maktab yoshi (7 yoshdan 11 yoshgacha); 7. O’smirlik (11 yoshdan 15 yoshgacha); 8. Ilk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15 yoshdan 18 yoshgacha). Yuqoridagi har ikkala tasnif puxtaligidan, ularga qanday nuqtai nazardan yondashilganligidan qatiy nazar inson kamolotini to’la ifodalab berishga ojizlik qiladi.
Hozirgi zamon psixologiyasining yirik vakili A.V.Petrovskiy inson kamolotiga, shaxsning tarkib topishiga ijtimoiy-psixologik nuhtai nazardan yondashib, shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlarda amalga oshishini ta’kidlaydi: 1, Ilk bolalik (maktabgacha tarbiya yoshidan oyadingi davr) -tug’ilganidan 3 yoshgacha. 2. Bolalik davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 3. Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 11 yoshgacha, 4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan 15 yoshgacha- 5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan 17 yoshgacha.

A.V.Petrovskiyning tasnifi mukammal bo’lsada, kamolotning oraliq bosqichlarini, ularning o’ziga xos xususiyatlarini ifodalamaydi vaholanki, o’sish ijtimoiy qoidalarga muvofiqmi yoki aksincha, qanday bo’lishidan qat’iy nazar, har ikkala yo’nalishning ham oraliq jabhalari bo’lishy ehtimoldan holi emas. Ma’lumki, har bir yosh davr, o’ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi, bo’larga: oilada va maktabda bola holatining o’zgarishi, ta’lim va tarbiya shakllarining o’zgarishi hamda bolaning yangi faoliyat turlari, organizmdagi ayrim xususiyatlarning yetilishi singari jarayonlarni qiritish mumkin. Hozirgi zamon psixologiyasida yosh davrlarini shu nuqtai nazardan tabaqalash maqsadga muvofiqdir: 1. Ilk bolalik davri -tug’ilgandan 3 yoshgacha; 2. Bog’cha davri - 3 yoshdan 6, 7 yoshgacha; 3. Kichik maktab yoshi davri - 6, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha; 4. O’rta maktab yoshi (o’smirlik davri) - 10, 11 yoshdan 14, 15 yoshgacha; 5. Ilk o’spirinlik (kollej va lisey o’quvchilari) 14, 15 yoshdan 17, 18 yoshgacha. Umuman, psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodologik negizga ega bo’lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo’shib, uning nazariy va amaliy muammolarini hal qilishda muhim o’rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo’lsada, hozir ontogenezni to’la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyasini yaratish zaruriyati mavjuddir.