Statistik metodlarni qayta ishlash, ular bilan ishlash va natijalarning tahlili – keyingi bosqichdir. Odatda metodlarni qayta ishlash eksperimentni rejalashtirish bosqichida yoki undan oldin bo`lib o`tadi.
Eksperimental faraz statistika ko`rinishida keladi.
a) ikki va undan ortiq guruhlarning o`xshashligi;
b) mustaqil o`zgaruvchilarni ta’siri;
c) tobe va mustaqil o`zgaruvchilarni statistik aloqasi;
d) Potent o`zgaruvchilar tuzilishi. Ma’lumotlarni matematik qayta ishlash uchun standart paket programma mavjud. Bizga ma’lum va qulaylari: statistica, stadia, stadgrapnics, Sy Stat, SPSS, SAS, BMDP.
Barcha paketlar bo`linadi: 1. setlashgan paket,
2. umumfoydalanish paketi;
3. umum foydalanish uchun to`liq bo`lmagan paket.
Kuzatuvchilarga umumfoydalanish paketi maslaxat beriladi. Barcha programmalarni hujjatlar bilan to`ldiriladi. Eksperimentatorlarni aytishicha eng yaxshi variant bu SPSS paketidir.
Mulohaza va natijalar interpretatsiyasi kuzatuv siklini yakunlaydi. Eksperimental kuzatuvlarda faraz tasdiqlanadi yoki rad etiladi:
«Agar A unda B».
Kuzatuvchi o`z mulohazalarini bildiradi va nihoyat u o`z xulosasini tahlil qiladi.
Bu kuzatuvning oxirgi bosqichi hisoblanadi; qo`lyozma, risola, monografiya, ilmiy jurnal redaktsiyasiga xat tayyorlanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, eksperimental kuzatuv aniq sxema orqali o`tkaziladi. Uni o`tkazishning asosiy bosqichi; muammoning tuzilishi va farazni ko`tarib chiqarish, metodikaning tuzilishi, apparatura tanlash, sinaluvchilarni tanlash, o`zgaruvchilarni nazorat qilish rejasi, eksperiment o`tkazish, natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish, ilmiy hisobotga tayyorgarlik. Shundan so`ng kuzatuv yakun topgan hisoblanadi. Ilmiy faraz tasdiqlandimi yoki rad etildimi, natija jamoa fikriga tashlanadi.
Kuzatish metodining asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o`tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq-atvorlarini o`zgartirmaydi.
Kuzatishni bitta odam ustida ham va bir guruh shaxslar ustida ham olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog‘chasi guruhlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni o`rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni hulq-atvorning istalgan qiyofada emas, balki konkret tadqiqot vazifalari bilan bog‘liq holda namoyon bo`lishigina qiziqtiradi. Shuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik holatlarining o`ziga kerakli tarzda namoyon bo`lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka holda namoyon bo`lishini kuzatish va qayd qilish yetarli emas. Tadqikotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o`z hoxishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog‘liqligini tekshirib ko`rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo`llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya’ni tajriba yo`li bilan qo`lga kiritilgan faktlarning asosiy ko`pchiligi psixologiyada eksperimental yo`l bilan olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo`llab bo`lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va funktsiyalar ko`proq eksperiment yo`li bilan o`rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko`pgina qobiliyatlar) ham shu metodda o`rganiladi. Lekin harakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini hali eksperiment metodi bilan o`rganib bo`lmaydi.
Suhbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo`llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo`lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo`llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.