Mavzu: psixologik tadqiqot usullarining tarixi va klassifikatsiyasi reja



Yüklə 65,75 Kb.
səhifə1/9
tarix24.10.2023
ölçüsü65,75 Kb.
#160145
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu psixologik tadqiqot usullarining tarixi va klassifikatsiy


Mavzu: psixologik tadqiqot usullarining tarixi va klassifikatsiyasi reja

MAVZU: PSIXOLOGIK TADQIQOT USULLARINING TARIXI VA KLASSIFIKATSIYASI
Reja:
1.Noeksperimental psixologik metodlar.
2.Noeksperimental metodlar, so‘rovnoma bilan uzviy bog‘liqligi.
3.Psixologik tajribalarda so‘rovnoma metodlari. Psixologik metodlarning mohiyati.
4.Psixologik tadqiqotning metodlari.
5.Psixologik metodlarning umumilmiy klassifikatsiyasi.
Tayanch tushunchalar: Noeksperimental psixologik metodlar. Noeksperimental metodlar, so‘rovnoma bilan uzviy bog‘liqligi. Psixologik tajribalarda so‘rovnoma metodlari. Psixologik metodlarning mohiyati. Psixologik tadqiqotning metodlari. Psixologik metodlarning umumilmiy klassifikatsiyasi.
Eksperimental psixologik metodlariga murojaat qilishdan oldin ularni umum-ilmiy pozitsiyalarini ko`rib chiqamiz. Barcha metodlar ma’lumotlar olish uchun ishlatiladi. Ular aktiv va passivlarga ajratilgan. Aktivlariga laboratoriya eksperimentlari va ularning modifikatsiyasi, kvazi-eksperiment kiradi. Passivlariga – kuzatish, kichik metod, faoliyat mahsuli analizi, o`lchash va korrelyatsion kuzatuvlar, ma’lumotlar yig‘ish metodi va h.k. Birinchi metodda kuzatuv, xodisa va jarayonlar bilan faol tanishtiradi.
Albatta ob’ektga ta’sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat ro`yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro`yxatni to`g‘ridan-to`g‘ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta’sir qilish jarayonida ham qo`llanilishi mumkin. Eksperiment jarayonida to`g‘ridan-to`g‘ri muloqot metodi orqali o`tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir. Uchinchi jarayon ham mavjuddir. Eksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish metodi» dan to`g‘ridan to`g‘ri kuzatuvchiga nisbatan qo`llaydi. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so`rov davomida esa unga hech qanday vazifa berilmaydi va u o`zini erkin tutadi. Asosiy mezonlar mavjud bo`lib bu quyidagilardan iboratdir:
Eksperimental kuzatuv, sistematik kuzatuv yoki korrelyatsion kuzatuv. Ularni xususiyati shundaki, kuzatuvchi korrelyatsion asosiy o`tish davrlari o`rtasida aloqalarni aniqlaydi. Buning uchun u sara kuzatuvchilarni tanlab, ular bilan ish olib borish ketma-ketligini rejalashtiriladi.
Tabiiy eksperiment va kuzatuvlar, suhbat, klinik metod, ayrim hollarni tushuntirish metodi va hokazolar. Bu metodlar inson xulq-atvorini xususiyatlarini yuzaga chiqaradi, empirik umumiyliklarga xizmat qiladi.

Yüklə 65,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin