Mavzu: Psixologiyaning tadqiqot metodlari. Reja: psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi. Psixologik tadqiqot metodlari: kuzatish, eksperiment, psixofiziologik metodlar, differensial metod

Testlar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Maqsadga ko‘ra, tanlash, ajratish, tasniflash teslariga bo‘linadi

Yüklə 16,99 Kb.
səhifə5/6
tarix11.05.2023
ölçüsü16,99 Kb.
#111144
1   2   3   4   5   6
Mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari-fayllar.org

Testlar bir necha mezonlarga ko‘ra tasniflanadi. Maqsadga ko‘ra, tanlash, ajratish, tasniflash teslariga bo‘linadi.
Mazmuniga ko‘ra,: a) umumiy qobiliyatlar uchun (intellektual va kreativ); b) maxsus qobiliyatlar: shaxs testlari, yutuqlarga erishish testlari, mezonli-yo‘naltirilgan testlarga ajratiladi.
Shakliga ko‘ra testlar individual va guruhli bo‘lib, quyidagi turlarga bo‘linadi:
- verbal va noverbal (taqdim etilgan vazifalarning shakliga ko‘ra);
- blankli testlar («qalam va qog‘ozli») – sinaluvchiga taqdim etilish shakliga ko‘ra;
- asbobli testlar (maxsus asboblar yordamida);
- kompyuter testlari.
Texnika usullari nuqtai nazaridan testlar to‘rt turga bo‘linadi: 1) ob’ektiv, ko‘pchilik hollarda asbobli, psixofiziologik sinovlar, masalan, emotsional holatni belgilab beruvchi teri-galvanik refleksini o‘lchash; 2) so‘rov metodikalari yoki sub’ektiv testlar, masalan, G. Ayzenk va R. Kettelning umumshaxsiy testlari; 3) «qalam va qog‘ozli» testlar, masalan, diqqatni tashhislash uchun – matndagi ma’lum harflarni o‘chirish yoki labirintdan eng yaqin chiqish yo‘lini chizish va boshqalar; 4) sinaluvchilar hulq-atvori ifodalanishini baholashga asoslangan testlar, masalan, shaxsning guruh tomonidan baholanishi metodikasi (SHGB).

Psixologik intervyuinsonning shaxsiy sifatlari, tasavvurlari, motivlari va boshqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan intervyu. Psixologik metod sifatida intervyu o‘tkazilishi uchun katta kuch va vaqt talab qilgani hisobiga, asosan, individual tadqiqot ishida, ya’ni, shifoxona amaliyotida, maslahat berishda, shaxsiy psixologik korreksiya jarayonida qo‘llaniladi.
Anketa – oldindan tuzilgan savollar tizimiga javoblar olish uchun so‘rovnoma varag‘idan iborat verbal kommunikatsiya asosida birlamchi ijtimoiy-psixologik axborot olishda qo‘llaniladigan metodik vosita.

Yüklə 16,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin