Mavzu: Psixologiyaning tadqiqot metodlari. Reja: psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o‘ziga xosligi. Psixologik tadqiqot metodlari: kuzatish, eksperiment, psixofiziologik metodlar, differensial metod


Psixologiyaning asosiy metodi bo‘lib



Yüklə 16,99 Kb.
səhifə3/6
tarix11.05.2023
ölçüsü16,99 Kb.
#111144
1   2   3   4   5   6
Mavzu Psixologiyaning tadqiqot metodlari-fayllar.org

Psixologiyaning asosiy metodi bo‘lib tajriba ( tajriba metodini 1910 yili rus psixologi A.F.Lazurskiy) hisoblanadi. Tajriba metodi tadqiq etilayotgan hodisalar, ijtimoiy yoki psixologik jarayonlar, qarashlar, qonuniyatlar, yangi bilimlarga erishishdagi xossalari o‘rtasida mavjud bo‘lgan sababiy-oqibat aloqalari haqida aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida qo‘llaniladi. Kuzatishdan farqli ravishda tajribada tasviriy ma’lumotdan tashqari, aloqalar, munosabatlar, jarayonlar haqida tushuncha beriladi.
Metodologik rejaga ko‘ra, tadqiqot ob’ektini tahlil qilish birinchi bosqich bo‘lib, ikkinchi bosqich – o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarning xususiyati yoki yo‘nalishi, mavjudligi haqidagi farazlarning shakllanishi, uchinchi bosqich – o‘zgaruvchilarni mustaqil va mustaqil bo‘lmagan turlariga ajratish hisoblanadi. Tajribadagi o‘zgaruvchilarni ajratish – ob’ektni dastlabki nazariy tahlil qilish natijasi. Tadqiqotchining ta’siri yo‘naltirilganlari nazoratdagilar va mustaqil o‘zgaruvchilar deb ataladi. Shundan so‘ng tajribaning metodik qismi boshlanadi. Tadqiqotning maqsadi aniqlanib, dasturi tayyorlangandan so‘ng esa ikki guruh – tajriba va nazorat guruhlari tuziladi.
Tajriba tadqiqotlarini olib borishda quyidagilarni bilish lozim.
Tajriba predmeti – o‘rganilayotgan ob’ekt xossalari va uning ijtimoiy faoliyati va hulq-atvorini belgilab beruvchi omillar tizimi o‘rtasidagi munosabatlar va aloqalar.
Tajribadagi o‘zgaruvchi – o‘rganilayotgan ob’ekt holatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita ta’sir etuvchi nazorat ostidagi va nazoratga olinmaydigan omillar. O‘zgaruvchilar tizimi tajribadagi vaziyatda etakchilik qiladi va bu vaziyat xuddi shu tizim orqali ta’riflanadi. Asosiy o‘zgaruvchilar mustaqil va bog‘langan bo‘lishi mumkin. Mustaqil o‘zgaruvchi – tadqiqotchi tomonidan o‘zgartiriladigan va tajriba guruhi faoliyatiga kiritiladigan omil. Bog‘langan o‘zgaruvchi – mustaqil o‘zgaruvchi ta’sirida o‘zgaradigan omil.
Tajribaviy vaziyat – tajriba o‘tkazilayotgan sharoitlar yig‘indisi. U dala va laboratoriya sharoitida o‘tkazilishi mumkin.
Tajriba ob’ektiijtimoiy guruh, jamoa, shaxs (tajriba ishtirokchilari). Tajribada ikki xil ob’ekt: nazorat va tajriba guruhlari ajratiladi. Ikki guruhning tuzilishi tafovutlarni aniqlashga va kutilgan o‘zgarishlar ro‘y bergani yoki bermagani haqida mulohaza yuritish imkonini beradi. Tajriba ishtirokchilarining soni, odatda, unchalik ko‘p bo‘lmaydi, aksariyat hollarda 10-15 kishidan oshmaydi.
Kengroq tarqalgan tajriba metodlarini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 16,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin