miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) Izohlash metodlari Turli xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha xususiyatlarining tuzilishlari o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish) metodlar kiradi. Qiyosiy metod («ko‘ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko‘ra taqqoslashdan iborat. masalan, yoshi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o‘zaro solishtiriladi. Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko‘plab marta tekshirish. Kuzatish – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo‘lgan metod. Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo‘lib uning ob’ektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, tajribalarni qo‘llagan holda nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil:
standartlashtirilgan (belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o‘tkazilgan)
erkin (oldindan o‘rnatilgan chegaralarga ega bo‘lmagan),
kiritilgan (tadqiqotchi o‘zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi)
yashirin O‘tkazilish joyiga asosan kuzatishlar dala va laboratoriya kuzatishlariga bo‘linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa sun’iy, ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o‘tkaziladi.
Olib borish muntazamligiga ko‘ra kuzatishlar tizimli (ma’lum vaqt davomida ob’ektni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo‘yicha) va tizimsiz (noma’lum vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo‘ladi.
O‘rganilayotgan hodisaning o‘tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko‘lamiga ko‘ra kuzatishlar qisqa vaqtli (farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to‘ldirish uchun tadqiqotning boshlang‘ich bosqichida o‘tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar davomida keng ko‘lamli yoki murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi uzoq vaqtli kuzatishlarga bo‘linadi.
Kuzatish metodini qo‘llash uchun quyidagi shartlar qo‘yiladi:
kuzatuvchi sinaluvchi bilan juda ko‘p vaqt birga bo‘lishi kerak (kamida 2-3 oy davomida). Seanslar haftasiga 3-4 marta o‘tkazilishi kerak, ularning davomiyligi kuzatish maqsadidan kelib chiqib o‘rnatiladi;
- sinaluvchining hulq-atvori uning ko‘pgina ko‘rinishlari va turli vaziyatlarda har tomonlama baholanishi lozim;
- kuzatish jarayoni boshlanmasdan avval sinaluvchi hulq-atvorining qayd etiladigan xususiyatlari aniqlab olinishi, va xulq-atvorning bunday belgilari bilan tadqiqotchi bu metodni qo‘llagan holda baholamoqchi bo‘lgan psixologik xususiyatlar o‘rtasidagi aloqa oldindan o‘rnatilishi kerak;
tadqiqotchi avvaldan kuzatish olib borish mashqini olgan bo‘lishi zarur;
- muammoni xolisona hal etish maqsadida sinaluvchi va tadqiqotchi o‘rtasidagi rolli munosabatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
sinaluvchi bir vaqtning o‘zida kamida 10 ta ruhshunos kuzatuvida bo‘lishi va olingan baho har bir ruhshunos belgilagan balldan o‘rtachasini tashkil etgan bo‘lishi kerak.
O‘zini kuzatish metodi, yoki introspeksiya ( lot.dan – ichkariga qarayman) – insonning o‘zining shaxsiy psixik hodisalarini kuzatishi. Bu psixikani bilishning eng qadimiy va eng qulay vositasidir. Uning kashf etilishiga fransiyalik faylasuf Rene Dekartning fikricha, ong – alohida tuzilgan, moddiy va tarqoq bo‘lmagan substansiya bo‘lib, sub’ektning mulohaza yuritganida ichida qanday hodisalar ro‘y berishi haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita bilimlari to‘g‘risidagi dohiyona yorqin g‘oyalari turtki bo‘ldi. O‘ziga va ongiga nazar tashlash introspeksiyaning mohiyatini tashkil etadi.O‘zini kuzatish orqali ichki kechinmalar, sirli xayollar, xotiradan ko‘tarilgan tasvirlar, jamiyat qarashlariga zid istaklar va irodaviy jarayonlar ochib beriladi. Bunda o‘zini kuzatish bilan olimning o‘zi ham, uning mijozi – sinaluvchi ham mashg‘ul bo‘lishi mumkin.