3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati va ahamiyati
Mamlakatimizda pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblarga to’ђri keladi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblar deganda korxona va tashkilotlar tomonidan tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operasiyalar bo’yicha bir – biriga bo’lgan talab va majburiyatlarini naqd pul ishlatmasdan pul mablaђlarini schyotdan – schyotga o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi.
Mamlakat iqtisodi rivojlanib borgan sari pul oborotida naqd pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ortib boradi.
Shu asosda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yil 27 – iyunda №60 son bilan tasdiklangan «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’ђrisida» Nizom qabul qilingan va unga 2002 yilni 12 yanvarida ayrim o’zgartirishlar kiritilgan.
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar va bank faoliyati to’ђrisidagi, O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’ђrisidagi Šonunlari va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston xududida naqd pulsiz hisob – kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Respublika makonida hisob – kitoblarni o’zluksiz bajarilishini ta’minlashga muljallangan.
4. Naqd pulsiz hisob – kitob tashkil etilishi va tamoyillari
Naqd pulsiz hisob – kitoblarni tashkil etish va amalga oshirishni banklar olib boradi. Maxsus banklar xalk xujaligi tarmoklari korxonalariga hisob – kitob xizmatini kursatadi. Markaziy bank bu hisob – kitoblarni yuritish bo’yicha tartib qoidalarni ishlab chiqadi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi unsurlarni o’z ichiga oladi:
1. Naqd pulsiz hisob – kitoblarni olib borish va amalga oshirishning asosiy tamoyillari;