PV – keltirilgan (joriy) qiymat, yoki boshlang’ich summa;
i – foiz stavkasi, odatda foiz stavkalari yiliga hisoblanadi. Bu yerda 10% (yoki o’nlik ifodada 0,10);
t – foizlar hisoblanadigan yillar miqdori;
FV – t yildan keyingi bo’lajak qiymat.
Endi bu misoldagi bo’lajak qiymatni bosqichma-bosqich hisoblab chiqamiz. Birinchidan,birinchi yil tugagandan keyin pulingiz qancha bo’ladi? Siz mazkur moliyaviy operatsiya boshlangandagi 1000 dollar va unga qo’shimcha 100 dollar miqdorida foizlarga ega bo’lasiz (1000 dollarning 10% yoki 0,1 x 1000 dollar). Pullaringizning bo’lajak qiymati 1100 dollarga teng bo’ladi:
1) FV =1000 $ x 1,10 =1100 $. 2) FV =1000 $ x 1,1 x 1,1 =1210 $. 3) FV =1000 $ x 1,1 x 1,1 x 1,1 =1100 x1,13=1331 $ ………………………………………………………… 5) FV =1000 $ x 1,1 x 1,1 x 1,1x 1,1 x 1,1 =1100 x1,15=1610,51 $. Demak, bo’lajak qiymatini quyidagi formula bo’yicha bilish (hisoblash) mumkin:
FV =PV x (1+i)t
Bu yerda, Bo’lajak qiymat koeffitsienti = (1+i)t