Shuni alohida ta`kidlash kerakki, arifmetik amallar butun sonlar uchun qanday tartibda
bajarilsa, suzuvchan nuqtali haqiqiy sonlar uchun ham xuddi shunday bo‟ladi. Agarda
ifodada loaqal bitta haqiqiy son ishtirok qilsa natija haqiqiy turda ifodalanadi.
Yuqoridagi barcha arifmetik amallarni o‟zlashtirish amali (=) bilan birgalikda
(arifmetik amal va undan keyin “=” belgisi ketma-ket yoziladi) ishlatish mumkin.
Masalan: +=, -=, *=, /=, //=, %=, **=. Bunday hollarda ifodaning o‟ng tomonidagi
barcha amallar hisoblanib, chiqqan natija chap tomondagi o‟zgaruvchi natijasi bilan
mos arifmetik amal bajariladi va natija yana chap tomondagi o‟zgaruvchiga yuklanadi.
Masalan:
1
son =
2
2
son +=
3
# son = son + 3 amaliga teng kuchli, son=5 bo`ladi
3
print
(son)
# 5
4
5
son -=
1
6
print
(son)
# 4
7
8
son *=
4
9
print
(son)
# 16
10
11 son //=
2
12
print
(son)
# 8
13
14 son **=
2
15
print
(son)
# 64
Yuqoridagi misolda hisoblash natijalari kommentariyalarda ko‟rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: