Mavzu: pythonga kirish


Sonlarning turli sanoq sistemalarda tasvirlanishi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix19.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#100430
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu pythonga kirish python dasturlash tili

1.6. Sonlarning turli sanoq sistemalarda tasvirlanishi 
Odatda, sonli o‟zgaruvchilarni aniqlashda ularga qiymat o‟nlik sanoq sistemasida 
beriladi. O‟nlik sanoq sistemalardan tashqari Pythonda sonlarni ikkilik, sakkizlik va 
o‟n oltilik sanoq sistemalarida ham ifodalash mumkin. Sonni ikkilik sanoq sistemasida 
ifodalash uchun qiymat oldiga 0b, sakkizlikda 0o va o‟n oltilikda 0x belgilar jufligi 
qo‟yiladi. Masalan: 
son1 = 
5
son2 = 
0b110
# 6
son3 = 
0o11
# 9
son4 = 
0x1a
# 26
print
(son1,son2,son3,son4)
# 5 6 9 26
print
(son1 +son3)
# 14
Turli xil sanoq sistemalarda ifodalangan sonlar ustida bajarilgan amallar natijasi o‟nlik 
sanoq sonlarda ifodalaniladi. Shuning uchun yuqoridagi dasturda 
print
(son1 +son3) 
ifodaning natijasi 14 soni
o‟nlik sanoq sistemasida ekranga
chiqariladi. 


Bundan tashqari ixtiyoriy butun sonni ikkilik, sakkizlik va o‟n oltilik sanoq 
sistemalarida ifodalash mumkin. Masalan, quyidagi dasturda 15 sonining turli sanoq 
sistemalardagi ifodalanishi tasvirlangan: 
1 son = 
15 

print
(
"{0}"
.format(son))
# 15 

print
(
"{0:0b}"
.format(son))
# 1111 

print
(
"{0:07b}"
.format(son)) 
# 0001111 

print
(
"{0:0o}"
.format(son))
# 17 

print
(
"{0:0x}"
.format(son))
# f 
Yuqoridagi dasturning 4-satrida keltirilgan {0:07b} ifodadagi 7 soni yozuvida nechta 
raqam bo‟lishi kerakligini ifodalaydi. Shuning uchun 0001111 natija hosil qilingan. 
Sonni ifodalovchi qiymat, ko‟rsatilgan uzunlikda bo‟lmasa, u holda qiymat old qismi 
0 raqami bilan to‟ldiriladi (yuqorida 1111 qiymat old qismiga 000 raqamlar ketma-
ketligi qo‟yilgan). 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin