Mavzu: Qadimgi olimpiya o‘yinlari. Reja



Yüklə 153,72 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü153,72 Kb.
#193553
1   2   3   4   5   6
7 Qadimgi olimpiya o‘yinlari.

Birinchi kun. Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lgan. Olimpiya bayramining boshlanishi to‘rt marotaba karnay chalinishi bilan bildirilgan. Musobaqa ishtirokchilari, murabbiylar va hakamlar Zevs xudosiga qasamyod aytganlar.
Tantanali ochilish marosimi davomida jangchi tomonidan qatnashuvchi atletlarning ismi, kasbi, kelgan shahri e’lon qilingan. Olimpiadaning birinchi kunida xudolarga qurbonliklar keltirilgan.
Ikkinchi kun. Yoshlar o‘rtasida yugurish, sakrash, disk va nayza uloqtirish, qo‘l jangi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan.
Uchinchi kun. Olimpiadaning eng katta kuni – katta yoshli atletlar o‘rtasida yugurish, sakrash, disk va nayza uloqtirish, kurash, qo‘l jangi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan.
To‘rtinchi kun. Eng nufuzli hisoblangan ot aravalarda poyga bo‘yicha hamda qurol aslaha bilan yugurish musobaqalari o‘tkazilgan.
Beshinchi kun. G‘oliblar e’lon qilingan, taqdirlash marosimi bo‘lgan. Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining g‘oliblari olimpionik deb nomlangan va ular sharafiga qo‘shiqlar aytilgan.
Qadimgi Olimpiya o‘yinlarga ellanodik - hakamlar rahbarlik qilgan. Ellanodiklar Elida fuqarolari orasidan o‘yinlar boshlanishidan bir yil oldin chek tashlash asosida 9 nafar kishidan 18 nafar kishigacha saylangan.
Ellanodiklarning vazifasi musobaqalar joyini tayyorlash, musobaqa ishtirokchilarini tanlash, musobaqalarning borishini kuzatib turish va musobaqa g‘oliblariga mukofotlar berishdan iborat bo‘lgan.
Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining dasturi ko‘p yillar mobaynida o‘zgarmagan va musobaqalarning eng qadimgi turi 1 stadiyga (stadiodrom) yugurishdan iborat bo‘lgan. Qadimgi 14-o‘yinlardan boshlab musobaqalar dasturiga 2 stadiyga yugurish - diaulos, 15-olimpiada o‘yinlaridan boshlab esa chidamliligini sinash uchun 24 stadiyga yugurish - dolixodrom kiritilgan.
Jadval 15
Qadimgi olimpiya o‘yinlariga yangi musobaqalarning kiritilish sanalari




Yüklə 153,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin