Mavzu: Qadimgi olimpiya o‘yinlari. Reja



Yüklə 153,72 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü153,72 Kb.
#193553
1   2   3   4   5   6
7 Qadimgi olimpiya o‘yinlari.

O‘yin

Yil

Musobaqa turi

1

mil.av. 776 yil

1 stadiy (192 m 27 sm) stadiodrom

14

mil.av. 724 yil

Diaulos (2 stadiy)

15

mil.av. 720 yil

Dolixodrom (24 stadiy)

18

mil.av. 708 yil

Pentatlon ( beshkurash)

23

mil.av. 688 yil

Qo‘l jangi

25

mil.av. 680 yil

Ot aravalar poygasi

33

mil.av. 648 yil

Pankration va ot poygasi

37

mil.av. 632 yil

O‘g‘il bolalar uchun kurash va ot poygasi

38

mil.av. 628 yil

O‘g‘il bolalar uchun pentatlon

41

mil.av. 616 yil

O‘g‘il bolalar uchun qo‘l jangi

65

mil.av. 520 yil

Qurol-aslaha bilan yugurish

70

mil.av. 500 yil

Xachir qo‘shilgan aravalar poygasi

71

mil.av. 496 yil

Biyalarda poyga

84

mil.av. 444 yil

Xachir va biya poygalarining bekor qilinishi

93

mil.av. 408 yil

Ikkita ot qo‘shilgan aravalar poygasi

99

mil.av. 384 yil

To‘rtta toy qo‘shilgan aravalar poygasi

128

mil.av. 268 yil

Toylarda poyga

131

mil.av. 256 yil

Ikkita toy qo‘shilgan aravalar poygasi

145

mil.av. 200 yil

O‘g‘il bolalar uchun pankration

Qadimgi 18-Olimpiya o‘yinlardan boshlab dasturga pentatlon bo‘yicha musobaqalar kiritilgan. Pentatlon – yugurish, sakrash, disk va nayza uloqtirish, kurash mashqlaridan iborat bo‘lgan.


25-o‘yinlarda – ot aravalarda poyga, 33-o‘yinlarda – pankration (qo‘l jangi va kurash) musobaqalari dasturga kiritilgan (15-jadval).
Olimpiya shahrining sharqiy qismida o‘sha davrlarda ot aravalar poygasi o‘tkaziladigan ulkan gippodrom joylashgan va 730x336 metr kattalikda bo‘lgan. Bundan tashqari, bu yerda xususiy sport maktabi - gimnasiya, uning o‘rtasida 66x66 metr kattalikdagi palestra joylashgan. Gimnasiya yaqinida esa olimpiya o‘yinlari paytida atletlar yashaydigan “olimpiya qishlog‘i” bo‘lgan. Qadimgi olimpiya o‘yinlariga faqat ozod yunon fuqarolari qatnashishi huquqiga ega bo‘lganlar. O‘yinlarga qullar, ayollar, bolalar, xorijliklar, jinoyatchilar va qurollangan odamlar kiritilmagan. Miloddan avvalgi 632 yildan qadimgi 37-Olimpiya o‘yinlardan boshlab o‘yinlarda bolalar qatnashgan va ularning chiqishlari uchun alohida kun ajratilgan.
Qadimgi yunonlar Olimpiya o‘yinlari qahramonlari nomlarini Alfey daryosi yaqinida o‘rnatilgan marmar ustunlarga o‘yib yozishgan. Birinchi Olimpiya o‘yinlarining g‘olibi Elida shahridan oshpaz Koroibos to‘g‘risida ana shu marmar ustundagi yozuvlardan ma’lum bo‘lgan.
Qadimgi olimpiya o‘yinlari ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ular Qadimgi Gretsiyaning ko‘pgina shaharlarini birlashuviga, quldorlarning o‘zaro shartnomalar asosida tinchlik haqidagi kelishuvlariga, iqtisodiy jipslashuviga sabab bo‘lgan. Olimpiya o‘yinlari millatni birlashtiradigan va o‘zaro totuvlikka xizmat qiladigan umumyunon bayrami hisoblangan. Bu o‘yinlar polis quldorlarining harbiy qudratini ham namoyish qilgan.
Olimpiya o‘yinlari – Qadimgi Gretsiyaning eng mashhur va eng ommaviy musobaqalari hisoblanib, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Olimpiya o‘yinlari qadimdan eng e’zozlangan bayramlardan biri bo‘lgan. Qadimgi yunonlar insonning barkamol rivojlanishi aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy tarbiyadan iborat bo‘lishi kerak, deb hisoblaganlar.
Qadimgi Gretsiya davlatlarida ta’lim-tarbiya tizimi barcha to‘la huquqli fuqarolarga mo‘ljallangan edi. Tarbiya tizimi harbiy-jismoniy tayyorgarlik bilan cheklanib qolmasdan, har tomonlama tarbiya berilgan.
Olimpiya o‘yinlarining asosiy g‘oyasi inson barkamolligi, aqliy va jismoniy yetukligini namoyishi bo‘lgan. Shuning uchun ilk umumellin bayramlarida kuchlilik, chaqqonlik, epchillik bo‘yicha musobaqalar musiqa, she’riyat tanlovlariga ulanib ketgan. Olimpiadalarda jismoniy go‘zallikka aqliy salohiyat, musiqiy, badiiy, tasviriy iste’dod ruhi uyg‘un bo‘lgan.
Qadimgi yunon madaniyati va san’atining barcha ko‘zga ko‘ringan namoyandalari bevosita musobaqalar, tanlovlar ishtirokchilari, tomoshabin sifatida qatnashganlar. Mashhur tarixchi Gerodot Olimpiya shahriga Afinadan yayov kelgan. Matematik Pifagor umumellin sport musobaqalarida qo‘l jangi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan. Gippokrat kuchli kurashchi va mohir chavandoz edi. Faylasuf Platon mashhur Istmiya o‘yinlarida kurash bo‘yicha musobaqalarda g‘olib chiqqan. Olimpiadalarda shoirlar Sofokl va Evripid, yozuvchi Lukian, notiq Demosfen Olimpiya o‘yinlari doirasida o‘tkazilgan san’at, adabiyot, musiqa, me’morchilik bo‘yicha tanlovlarda ishtirok etganlar.
Qadimgi davrda olimpiya o‘yinlarining jamiyatdagi o‘rni va nufuzi juda yuqori bo‘lib, ular Qadimgi Gretsiyaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan (16-jadval).
Jadval 16

Yüklə 153,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin