Mavzu: Qadimgi olimpiya o‘yinlari. Reja


Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining ijtimoiy-madaniy ahamiyati



Yüklə 153,72 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü153,72 Kb.
#193553
1   2   3   4   5   6
7 Qadimgi olimpiya o‘yinlari.

Qadimgi Olimpiya o‘yinlarining ijtimoiy-madaniy ahamiyati



Iqtisodiy ahamiyati

Olimpiya shahri savdo sotiq markaziga aylangan va polislararo shartnomalar tuzilgan.

Siyosiy ahamiyati

Ekexeyriya tufayli polislar o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar yaxshilangan.

Harbiy ahamiyati

Qadimgi o‘yinlarda davlatlar o‘z harbiy qudrati va jangchilarning harbiy-jismoniy tayyorgarligini namoyish qilganlar.

Madaniy ahamiyati

O‘yinlarning madaniy dasturida faylasuflar, matematik, tarixchi olimlar, shoir va yozuvchilar o‘z asarlari bilan qatnashganlar.

Qadimgi Gretsiyada jismoniy mashqlarning ikki xil usuli bo‘lgan: gimnastika - umumiy jismoniy tarbiya; agonistika – maxsus tayyorgarlik va musobaqalarda ishtirok etish.


Agonistika (agon – musobaqa) gimnastik o‘yinlar va musiqa musobaqalaridan (musiqa, raqs, she’riyat sohalari bo‘yicha) iborat bo‘lgan. Qadimgi davrda Nemeya o‘yinlari, Istmiya o‘yinlari, Pifiya o‘yinlari, Panafina o‘yinlari kabi musobaqalar keng tarqalgan edi.
Nemeya o‘yilari Zevs xudosiga bag‘ishlangan bo‘lib, ilk bor milloddan avvalgi 573 yilda Argolida shahrida o‘tkazilgan. Nemey o‘yinlari har ikki yilda bir marta – olimpiadaning ikkinchi yilida kuz faslida va to‘rtinchi yilida - qishda o‘tkazilgan. O‘yinlar dasturida yugurish, kurash, pentatlon va pankration bo‘lgan. G‘oliblar selderey barglari bilan taqdirlangan.
Pifiya o‘yinlari Delfa shahrida Apollon xudosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan. Apollon sozanda, raqqos va xofizlar raxnamosi bo‘lganligi uchun, dastlab o‘yinlar dasturiga musiqa musobaqalari kiritilgan.
Tarixiy ma’lumotlar asosida miloddan avvalgi 586 yilda yunon shaharlari o‘rtasidagi urushlar qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan ot arava poygalari ilk bor o‘tkazilganligi aniqlangan. Delfa shahridagi mahalliy bayramlar miloddan avvalgi 582 yildan boshlab umumyunon o‘yinlarga aylangan. Pifiya o‘yinlari g‘oliblari Apollon xudosiga bag‘ishlab ekilgan daraxtdan uzib olingan olmalar bilan taqdirlangan, keyinchalik esa lavr daraxti novdalaridan yasalgan gulchambar berilgan.

Yüklə 153,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin